5-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing. Rasm asosida suhbatlashing.
Buyuk ipak yo‘li degan nom qayerdan paydo bo‘lgan?
Miloddan avvalgi II asrda paydo bo‘lgan bu yo‘lga ipak yo‘li degan nom
1877-yilda nemis geografi F. Rixtgofen tomonidan berilgan.
Buyuk yo‘lning uzunligi necha kilometr bo‘lgan?
Buyuk ipak yo‘li 12 ming kilometrgacha uzunlikda bo‘lgan. Bu yo‘ldan Hindistondan Markaziy Osiyo hududlariga ip gazlama va paxta chigiti olib ke- lingan. Xitoydan guruch keltirilgan. Osiyodan Xitoyga uzum, yong‘oq, anor va boshqa dehqonchilik mahsulotlari tashilgan. Xitoyga Farg‘ona otlaridan, beda urug‘idan olib ketilgan.
Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati nimada?
Bu yo‘l orqali Sharq va G‘arb xalqlarining madaniy aloqalari va sav- do ayirboshlash ishlari olib borilgan. O‘zaro hamkorlik va madaniyatlar boyib borgan.
Markaziy Osiyo xalqlari Buyuk ipak yo‘li tufayli Sharq va G‘arb mam- lakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bo‘lganlar. G‘arb mamlakat- lari xalqlari esa Markaziy Osiyo xalqlarining yuqori darajada rivojlangan madaniyatini o‘zlari uchun kashf qildilar. Markaziy Osiyo aholisi Xitoy shoyisini qadrlasa, Xitoyda Osiyo gilamlari, jun gazlamalari, hunarmand- chilik buyumlariga talab katta bo‘lgan.
6-topshiriq. Matnni o‘qing va savollarga javob bering.
mashq. Berilgan so‘zlarni quyidagicha ajratib yozing.
Kitobiy uslub:
So‘zlashuv uslubi:
Janjal, to‘polon, mojaro, g‘alva, g‘avg‘o, mashmasha, iste’mol qilmoq, tot- moq, yemoq, tanovul qilmoq, olmoq, tushirmoq, umrbod, toabad, hijron, ayri- liq, valdiramoq, gapirmoq, aloqador, taalluqli, tegishli, ayol, xotin, aylanmoq, sayr etmoq, avvalgi, oldingi, ilgarigi, burungi, adabiy, mangu, umrbod, avay- lamoq, ayamoq, ehtiyotlamoq, e’zozlamoq, ardoqlamoq.
mashq. Gaplarni o‘qing. Badiiy uslubga xos bo‘lgan so‘zlarni to-
ping.
Ilk bahor. Daraxtlar uyg‘onib kurtak yoza boshladi. 2. Havo sof va salqin. 3. Fitrat, Cho‘lpon, Qodiriy kabi ijodkorlarning nomi hamisha barhayot-
dir. 4. Bobodehqon yerga baraka urug‘ini ekish bilan band. 5. Hushyor bo‘lish har bir fuqaroning Vatan oldidagi muqaddas burchidir. 6. Onaga – eng ulug‘ zotga ehtirom chinakam insoniylik sanaladi.
7-topshiriq. Hikmatni o‘qing va savollarga javob bering. Mashhur donishmand Buzurgmehrdan: «Insof nima»? deb so‘radilar.
Insof odam o‘ziga nimani ravo ko‘rsa, boshqa kishiga ham shuni ravo ko‘rishidir, deb javob berdi Buzurgmehr.
Eng yaxshi odam kim?
Aqlli odam.
Qanday kishini aqlli odam desak bo‘ladi?
Aqlli odam o‘ylamasdan biror ishga kirishmaydi.
Bilimni qanday narsa bezaydi? Shijoatni-chi, saxiylikni-chi?
Bilimni to‘g‘rilik, shijoatni afv qilishlik, saxiylikni ochiq yuzlilik va shi- rinso‘zlik bezaydi.
Insonning hayotda eng muhim orzu-tilagi nimalardan iborat?
Sihat-salomatlik, farovon turmush va xotirjamlik.
8-topshiriq. Maqollarni o‘qing va mazmunini izohlang.
1. Yaxshi topib gapiradi, yomon qopib gapiradi. 2. O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. 3. Ko‘pni ko‘rgan ko‘p biladi. 4. Ona bilan bola – gul bilan lola.
Uyga vazifa. O‘zingiz yoqtirgan kitobdan badiiy uslubga xos bo‘lgan gaplarga misollar yozib keling.
dars
Adabiy o‘qish
Dostları ilə paylaş: |