bo‘lgan xilma-xil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli
36
jadvallar ko‘rinishida tayyorlanadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar ishlab
chiqarish va moliyaviy faoliyat, xodim (shtat)lar soni, topshiriqlarning
bajarilishi, moddiy-tovar boyliklarining saqlanishi, mеhnat intizomining ahvoli
haqida va boshqa xilma-xil masalalar to‘g‘risida hozirlanadi.
Bunday ma’lumotlarga matn mazmunini ochuvchi sarlavha qo‘yilishi
lozim. Masalan: «Kontrakt to‘lov asosida tahsil olayotgan talabalar soni
haqida» kabi. Sarlavhadan so‘ng (ba’zan uning tarkibida) xabarga oid sana
ko‘rsatiladi. Masalan: «2009- yil 1-oktabrdagi holatga ko‘ra» kabi.
S h a x s i y m a ‘ l u m o t n o m a - muassasalar tomonidan
fuqarolarning turmushi va ish faoliyatidagi aksar voqеa-hodisalar va holatlarni
tasdiqlab bеradigan hamda talab qilingan joylarga ko‘rsatiladigan rasmiy
hujjatdir. Shaxsiy ma’lumotnomalar quyidagilarga berilishi mumkin:
- muassasa xodimga uning qayеrda, kim bo‘lib va qancha maosh olib ishlashi
haqida;
- o‘quvchi va talabaga esa qayеrda o‘qishi haqida;
- fuqarolik holatlari hujjatlarini qayd qilish (FHHQ - ZAGS);
- notarial idoralari hamda fuqarolar yig‘inlari raislari shaxsning tug‘ilganligi
yoki vafot etganligi to‘g‘risida nikoh bo‘lganligi yoki ajralganligi haqida
(hujjatlar yo‘qolganda);
- tuman va shahar ijtimoiy ta’minot bo‘limi shaxsning nogironligi,
nafaqasining miqdori, avtomobilga ega emasligi haqida;
- shifoxonalar kishining sog‘lig‘i (kasal emasligi) haqida;
- mahalla qo‘mita yig‘inlari yoki uy-joy boshqarmalari shaxsning yashash joyi,
egallab turgan uy-joyining maydoni yoki oila a’zolarining soni haqida
ma’lumotnomalar bеradi.
Shaxsiy ma’lumotnomalar muassasa, idoralar tomonidan fuqarolarning
oilaviy yoki ish faoliyatidagi holatlarni tasdiqlovchi hujjat sanaladi. Xizmat
ma’lumotnomalaridan farqli ravishda shaxsiy ma’lumotnomalarda ular
yo‘llangan idora yoki shaxs nomi ko‘rsatilmaydi. Buning o‘rniga matn so‘ngida
37
ma’lumotnomaning qayerga berilganligi yoziladi. Masalan: «Uy-joydan
foydalanish boshqarmasiga taqdim etish uchun berildi» kabi. Asosiy matnda
shaxs haqida barcha ma’lumotlar aniq nisbatdagi hozirgi-kelasi zamon fe’l
shakli orqali ifodalanishi lozim (Ishlaydi, yashaydi, o‘qiydi kabi).
Dostları ilə paylaş: