O`zbekiston davlatchiligi tarixi


-mavzu. Sovetlar andozasi asosida TASSR. XXSR va BXSR larning tashkil



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/76
tarix08.11.2023
ölçüsü3,75 Mb.
#131350
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76
O`zbekiston davlatchiligi tarixi fanidan majmua 2022

18-mavzu. Sovetlar andozasi asosida TASSR. XXSR va BXSR larning tashkil
topishi.
Reja
1. Turkiston Avtonom Sovet Respublikasining tashkil topishi
2. Xiva xonligining ag‘darilishi. Xorazm Xalq Sovet Respublikasining tashkil topishi
3. Buxoro amirligining ag‘darilishi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi.
Tayanch so‘z va iboralar.
Turkiston Respublikasi, o‘lka konferensiyasi,
Turkiston konstitutsiyasi, Milliy ishlar xalq komissarligi, “Sovet avtonomiyasi”,
Turkiston KP, Turkkomissiya, Turkiston Respublikasi to‘g‘risidagi nizom, Musbyuro,
“Idorai mashrutiya”, Amudaryo bo‘limi, Favqulodda komissiya, Muvaqqat inqilobiy
hukumat, XNK, Butunxorazm sovetlari, BXSR, “YOsh buxoroliklar”, demokratik
kuchlar, Xalq Nozirlar SHo‘rosi, muvaqqat harbiy-siyosiy bitim, Buxoro
Konstitutsiyasi, BSSR.
Turkistonda hokimiyatning faqat ishchilar va evropalik millat vakillari qo‘lida
bo‘lib qolishi o‘lkadagi barcha demokratik kuchlarning hukumatga bo‘lgan
ishonchsizligini kuchaytirib yubordi. Bunga qarshi Markazdagi bolsheviklar hukumati
chekka o‘lkalar, shu jumladan Turkistonda ham “sovetcha asosdagi avtonomiya”
o‘rnatishga qattiq kirishdi. Bu vazifani amalga oshirish uchun Moskvadan ko‘plab
partiya va sovet xodimlari Turkistonga jo‘natildi. Jumladan, P.A. Kobozev O‘rta
Osiyoning favqulodda komissari qilib yuborildi.
1918 yil 20aprel-1may kunlari Toshkentda Turkiston o‘lkasi Sovetlarining V
s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda “proletar demokratiyasi”ga tegishli tamoyillari bo‘yicha
tanlab olingan 251 deputat (shundan 120 tasi tub millat vakillari) ishtirok etdi. S’ezd
kun tartibidagi asosiy masala Turkistonda Sovet mafkurasiga asoslangan bolshevikcha
avtonomiya yaratish bo‘ldi.


133
Sovetlarning V o‘lka s’ezdi o‘zining markaziy hokimiyatga tobeligini ochiq
namoyon etib, Moskvaga sovet Rossiyasi siyosiy rahbariyatining “barcha inqilobiy
shiorlari hayotga qat’iy tadbiq etilishi” ta’kidlanib telegramma jo‘natdi. Bunga
javoban V.I.Lenin va I.Stalin zudlik bilan javob telegrammasi yo‘lladilar. Unda
quyidagi so‘zlar bor edi: “...sovnarkom sizning sovetlar asosidagi o‘lkangiz
avtonomiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz siz boshlagan ishlarni yoqlaymiz va butun
o‘lkani sovetlar tarmog‘i bilan qoplaysiz, mavjud sovetlar bilan to‘liq aloqada bo‘lasiz
deb to‘liq ishonamiz”.
S’ezd delegatlari Lenin va Stalinning ko‘rsatmalari asosida 1918 yil 30 aprelda
“Rossiya Sovet Federatsiyasi Turkiston Sovet avtonom respublikasi” haqida
Nizomni qabul qildi. Ushbu Nizomda Turkistonda davlat qurilishi asoslari, uning
hududi, oliy qonunchilik va ijroiya organlari, mahalliy organlar tuzilishi, vazifalari va
ularning sovet Rossiyasi bilan o‘zaro munosabatlari belgilab berildi. Ushbu Nizom
Turkistonda avtonom respublika tuzilganligini qayd etib, unga muvofiq, Buxoro va
Xivadan tashqari, Turkiston o‘lkasining geografik chegaralaridagi butun hudud
Rossiya sovet federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi deb e’lon qilindi.
“Nizom”da Turkiston Respublikasi avtonom ravishda boshqarilib, “o‘z xatti-
harakatlarini Rossiya
Sovet Federatsiyasi markaziy hukumati
bilan
muvofiqlashtiradi”, deb qayd etildi. S’ezdda “markaziy hukumat bilan o‘zaro
munosabatlarni belgilash uchun” besh kishidan iborat komissiya tashkil etish va
Moskvaga yuborishga qaror qilindi.
S’ezd sovet Turkistonining qonun chiqaruvchi oliy organi - Markaziy Ijroiya
Komiteti (Tur SIK)ni sayladi. 36 kishidan iborat bu komitetning yarmi bolsheviklar,
yarmi so‘l eserlar (18 tadan) edi. Ushbu komitet sovetlar s’ezdlari oralig‘idagi davrda
o‘lkada oliy hokimiyat vazifalarini bajaruvchi oliy qonunchilik organi bo‘ldi.
Turkiston
MIK raisi
qilib Markazdan
hukumatning favqulodda komissari
P.A.Kobozev (hamrais qilib A.Salkin) saylandi. SHuningdek, Turkiston XKS tarkibiga
16 kishi (9 ta bolshevik va 7 ta so‘l eser) kiritildi. Mahalliy millat vakillaridan to‘rt
kishi – S.Jo‘raboev, S.YUsupov, SH.Ostonboev va S.Azimboevlar Turkiston MIKga
saylanib, S.Tursunxo‘jaev sog‘liqni saqlash xalq komissari
sifatida hukumat
tarkibiga kiritildilar.
1918 yil 17-25 iyunda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan
Turkiston
bolsheviklarining
o‘lka
konferensiyasi
Turkiston
kommunist-bolshevik-lar
Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin