Faxriddin Roziy boshlang‘ich bilimlar haqida. Faxriddin Roziy xulosa asoslari sifatida qo‘llaniladigan bilimlarning 5 turini ta’riflab bergan:
Dastlabki prinsiplar-aksiomalar.
Kuzatish natijalari.
Og‘zaki bilimlar.
Tasdiqlangan faktlar.
Faraz.
Aytish mumkinki, mutafakkirning boshlang‘ich bilimlar to‘g‘risidagi qarashlari Farobiy qarsahlariga o‘xshashdir. Faxriddin Roziy ratsionalist bo‘lgan, hissiy bilishga nisbatan aqliy bilishni ustun qo‘ygan. Shu sababdan uning xulosa chiqarish nazariyasi deduktiv xarakterga egadir.
Faxriddin Roziyning ratsionalizm xurfikrlikning o‘ziga xos namoyon bo‘lishi ekanligini e’tiborga olgan holda uning mantiqiy ta’limoti o‘z davrida izchil va to‘liq bo‘lganligini e’tirof etish zarur.
Takrorlash uchun savollar 1.Faxriddin Roziy mantiqqa oid qanday asarlar yozgan?
2. Mantiq faniga qanday ta’rif bergan?
3. Modal mulohazaning qanday turlarini ko‘rsatgan?
4. Boshlang‘ich bilimlarning qanday turlarini ko‘rsatgan?
5. Xulosa chiqarishning qanday turlarini ko‘rsatgan?
Nasriddin Tusiyning mantiqiy ta’limoti Xoja Abu Ja’far Muhammad ibn Muhammad ibn Xasan Nasriddin Tusiy (1201-1274y.y.) Xurosondagi Tus shahri tug‘ilgan. Otasi shahardagi ilmli, diniy lavozimdagi kishilardan bo‘lgan.O‘g‘liga o‘zi boshlang‘ich ta’limni o‘rgatgan. Nasiriddin Tusiyning uchta o‘g‘li bo‘lgan. Katta o‘g‘li-Sadriddin Ali Marog‘a rasadxonasining rahbari bo‘lgan. O‘rtanchasi-Asiliddin Xasan matematik, shoir, davlat arbobi bo‘lgan. Kichik o‘g‘li –Faxriddin Axmad ham matematik olim bo‘lgan.
Nasiriddin Tusiy ustozlarining silsilasi quyidagicha: Farididdin Domodiy – Sadriddin Saraxsi—Afzaliddin Giloniy – Abu Alabbos Lavkari – Bahmanyor – Ibn Sino, Qutpiddin Misriy, Ibn Yunus Miriy.
Mutafakkir arifmetika, geometriya, algebra, astronomiya, mexanika, kimyo, fizika, falsafa, mantiq, diniy ilmlar, arab tili va grammatikasi, she’riyat kabi sohalar bilan shug‘ullangan.
Falsafa va mantiqqa oid qarashlari “Axloqi Nosiriy”, “Sharxul Ishorat”, “Asos ul iqtibos” (Bilimlarni egallash asoslari) kabi asarlarida bayon qilingan.218