Aristotel shakllari (A, E, I, O) – Aristotel mantig‘ida ko‘rib chiqilgan mulohazaning to‘rtta turi - A shakli (umumiy tasdiq) : Barcha P – Q; E shakli (umumiy inkor) : Hech bir P – Q emas; I shakli (juz’iy tasdiq) : Ba’zi Ba’zi P – Q; O shakli (juz’iy inkor) : Ba’zi P – Q emas.
Mantiqiy bog‘lanish – mantiqiy bog‘lanishlar birlashmasi(∧), masalan, diz’yunksiya(∧) va inkor(¬) oddiy mulohazalardan murakkab mulohazalarni qurishga imkon beradi. Ular Jorj Bul mantig‘idan keyin Bul bog‘lovchilari sifatida ma’lum. Ingliz tilidagi kon’yunksiya so‘ziga o‘zbek tilida “va”, diz’yunksiyaga-“yoki”, inkorga-“emas” to‘g‘ri keladi.
To‘lalik – agar formal sistema qoidalari yordamida uning har bir xulosasi o‘z isbotini topgan bo‘lsa, u sistema tugal, to‘la hisoblanadi.
Xulosa – xulosa chiqarish tarkibida boshqa mulohazalar (asoslar) mantiqan kelib chiqadigan mulohaza
Shartli mulohaza – “agar... bo‘lsa,... unda...” tipidagi mulohaza, ya’ni o‘zining ikki qismi o‘rtasidagi muayyan shartli aloqani ifodalaydigan mulohaza. Tabiiy tildagi , masalan, ingliz tilidagi shartli ifodalarning hamasi ham chin-funksional aloqa bo‘lavermaydi.
Kon’yunksiya– ingliz tilida “va” ga mos keladigan Bul bog‘lovchisii. Shuningdek, FOL gapidagi bosh bog‘lovchi ∧ ham kon’yunksiya deb ataladi. Bunday gap faqat va faqat har bir kon’yunksiya chin bo‘lgandagina chin bo‘ladi.
Demak – shartli ifodaning natijasi, ya’ni,gapning ikkinchi tarkibiy elementi ( then gapi) hisoblanadi. P →Q da, Q-natija, P –antetsedentdir.
Ziddiyat ramzi ⊥ ⊥ramzi ziddiyat, ya’ni barcha holatlarda chin bo‘lmaydigan narsadir. Bunga misol qilib gap va uning inkori bog‘lamasini, S ∧ ¬S ni (⊥ ni shunchaki “ziddiyat” deb atasa bo‘ladi) keltirish mumkin.
Deduksiya – deduktiv argument xulosa (natija)ning asosdan kelib chiqishining mantiqiyligini, ya’ni asoslar chin bo‘lganda, xulosa (natija)ning ham chin bo‘lishi zarurligini ko‘rsatishga urinadi. Induktiv aogument xulosaning chin bo‘lishi kerakligini ko‘rsatishga urinmaydi, lekin uning chinligining ehtimolroq bo‘lishini ko‘rsatadi.
Diz’yunksiya – inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “yoki”ga to‘g‘ri keladigan mantiqiy bog‘lovchi ∨ dir. FOL gapida asosiy bog‘lovchi ∨ ham diz’yunksiya deb ataladi. Bunday mulohaza faqat va faqat dizyunktlardan biri chin bo‘lgandagina chin bo‘ladi.