O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


IV. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə56/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

IV. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish
Bunda oddiy qat’iy mulohazalarning o‘zaro munosabatlarini (qarang: mantiqiy kvadrat) e’tiborga olgan holda mulohazalardan birining chin yoki xatoligi haqida xulosa chiqariladi. Bu xulosalar mulohazalar o‘rtasidagi zidlik, qarama-qarshilik, qisman moslik va bo‘ysunish munosabatlariga asoslanadi. Bu munosabatlarning tahliliga ko‘ra, xulosa chin bo‘lgan quyidagi holatlarni ko‘rsatish mumkin.
1. Asos mulohaza va xulosa chin bo‘lgan : A→I, E→0.
2. Asos mulohaza xato va xulosa chin bo‘lgan:I→O, O→I. Masalan: A. Hamma talabalar sport bilan shuqullanadilar. I. Ba’zi talabalar sport bilan shuqullanadilar .

Takrorlash uchun savollar:
1. Tafakkurning boshqa shakllari bilan xulosa chiqarish qanday bog‘langan?
2. Xulosa chiqarishning qanday turlari bor?
3. Bevosita xulosa chiqarish qanday amalga oshiriladi?
4. Deduktiv xulosa chiqarishning o‘ziga xos xususiyati nimada?

Oddiy qat’iy sillogizm

Deduktiv xulosa chiqarish, aslida, sillogizm shaklida bo‘ladi. “Sillogizm” so‘zi qo‘shib hisoblash, degan ma’noni anglatadi. Bu termin mantiq fanida deduktiv xulosa chiqarishning ko‘proq ishlatiladigan turi hisoblangan oddiy qat’iy sillogizmni ifodalashda qo‘llaniladi.



Sillogizm o‘zaro mantiqiy bog‘langan ikki qat’iy mulohazadan uchinchi – yangi qat’iy mulohaza zaruriy tarzda kelib chiqadi. Bunda dastlabki mulohazalardan biri, albatta, yo umumiy tasdiq yoki umumiy inkor mulohaza bo‘ladi. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo‘ladi. Masalan, quyidagi mulohazalar berilgan bo‘lsin:
Hech bir xasis saxiy emas.
Ba’zi boylar xasisdir.
Bu mulohazalardan zaruriy ravishda – Ba’zi boylar saxiy emas, degan uchinchi mulohaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi oddiy qat’iy mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qat’iy sillogizm deyiladi.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin