I.Shartli xulosa chiqarish deb har ikki asosi yoki asoslaridan biri shartli mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi. Ular sof shartli va shartli-qat’iy turlarga bo‘linadi.
Sof shartli xulosa chiqarish deb, har ikki asosi va xulosasi shartli mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi. Uning formulasi quyidagicha:
p→q
q→r
p→r
p→q
р→q
q
ёки [(p → q) (q → r)] →(p → r)
ёки [(p → q) ( р → q)] → q
Masalan:
Agar fikr isbotlangan bo‘lsa, unda u chin bo‘ladi.
Agar fikr chin bo‘lsa, unda uni rad etib bo‘lmaydi. Agar fikr isbotlangan bo‘lsa, unda uni rad etib bo‘lmaydi. Agar havo yaxshi bo‘lsa, konsertga boramiz.
Shartli-qat’iy xulosa chiqarish deb, katta asosi shartli mulohaza, kichik asosi oddiy qat’iy mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi. Bunday xulosa chiqarishning ikkita to‘g‘ri (aniq xulosa beradigan) modusi mavjud: