I.Ayiruvchi xulosa chiqarish deb, har ikki asosi yoki asoslaridan biri ayiruvchi mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi.
Sof ayiruvchi xulosa chiqarish deb, har ikki asosi va xulosasi ayiruvchi mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi.
Masalan:
Tushunchalar hajmiga ko‘ra umumiy yoki yakka, yoki bo‘sh hajmli bo‘ladi.
Har bir umumiy tushuncha yo ayiruvchi, yoki to‘plovchi bo‘ladi. Demak, tushunchalar hajmiga ko‘ra yo ayiruvchi, yoki to‘plovchi, yoki yakka, yoki bo‘sh hajmli bo‘ladi.
Ayiruvchi-qat’iy xulosa chiqarishda xulosa asoslaridan biri ayiruvchi mulohaza bo‘lsa, boshqasi oddiy qat’iy mulohaza bo‘ladi. Bunday xulosa chiqarishning ikki modusi bor: tasdiqlab-inkor etuvchi: modus ponendo tollens va inkor etib tasdiqlovchi: modus tollendo ponens
Masalan:
Tushunchalar mazmuniga ko‘ra, konkret yoki abstrakt bo‘ladi.
Bu – konkret tushuncha. Demak, bu – abstrakt tushuncha emas.
Mulohazalar tuzilishiga ko‘ra oddiy yoki murakkab bo‘ladi.
Berilgan mulohaza oddiy mulohaza emas. Demak, berilgan mulohaza murakkab mulohazadir. Ularning formulasi quyidagi jadvalda keltirilgan:
Xulosa chiqarish shakli
Formulasi
sof ayiruvchi xulosa chiqarish
S - a Ú b Ú c
а - d Ú f
S - d Ú f Ú b Ú c
tasdiqlab-inkor etuvchi ayiruvchi-qat’iy xulosa chiqarish