O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Mutazilitlar ta’limotining g‘oyaviy asoslari, ratsionalistik mohiyati



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə132/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Mutazilitlar ta’limotining g‘oyaviy asoslari, ratsionalistik mohiyati
Ilk o‘rta asrlar davrida ijod qilgan mutafakkirlarning dunyoqarashi qadimgi yunon faylasuflarinikidan farq qilgan. Qadimgi yunon ijtimoiy hayotida hech qanday g‘oyaviy-ma’naviy, jumladan, diniy qarashlar falsafiy tafakkur bilan raqobatga bemalol kirisha olmagan, unga nisbatan muxoliflik qila olmagan. Shuning uchun inson va jamiyatga biroz bo‘lsa-da o‘z ta’sirini saqlab qolishga umidvor g‘oyaviy oqim, xohlaydimi yoki yo‘qmi, bundan qat’iy nazar falsafiy tarzda fikrlashi, falsafiy tafakkur qonun-qoidalariga amal qilishi shart edi.
Ilk o‘rta asrlar davri musulmon Sharqining ijtimoiy hayotiga nazar tashlasak, tubdan farq qiladigan manzaraning guvohi bo‘lamiz. Bunday jamiyatda falsafiy tafakkur jamiyat a’zolari axloqiy-ma’naviy, intellektual ideallarini mustaqil ravishda shakllantirish maqomiga ega emas edi. Iymon dalillari bilan aql dalillari o‘rtasidagi aloqani ishlab chiqmasdan turib, uning qabul qilinishi mumkin emas edi. Musulmon jamoasi uchun iymon dalillarining asosiy ekanligini ta’minlay olmaydigan hech qanday qaror qabul qilinmas edi159,
Abu Xayyan at-Tauxidining “Suhbatlar”ida ham yuqoridagi fikr ta’kidlanadi. Suhbat Abu Sulaymon al-Mantiqiy as-Sijistoniy nomidan yuritiladi. Unda falsafiy tafakkurning jamiyatdagi mavqei xususida shunday deyiladi: “...din asoslari haqidagi bahsda, e’tiqod xususida hech kim faylasuflarga murojaat qilmaydi....Falsafa bilan shug‘ullanishni xohlovchilar diniy ta’limotlardan e’tiborlarini chetga qaratadilar, iymon yo‘lini tanlaganlar esa falsafaga qaramaydilar”160.
Haqiqatan ham, arab xalifaligida, VIII asrda turli aqidaviy masalalar bo‘yicha ko‘plab o‘zaro tortishuv va nizolar bo‘lgan. Aqidaviy ixtiloflar sababli kalom ilmi shakllanib rivojlangan. Kalom ilmi bilan mashg‘ul bo‘lgan ulamolar “mutakallim” deb atalgan. Mutakallimlar aqidaviy masalalarni yechishda naqliy dalillar bilan bir qatorda, o‘z tafakkurlari, ya’ni aql-idroklariga ham suya’ni b ish to‘tganlar. Dastlab, ulamolar kalom ilmiga sovuq munosabatda bo‘lishgan, ularning bunday munosabatlari kalom tarafdorlaridan ajralib chiqqan mutaziliylarga qarshi qaratilgan edi161.
O‘sha davrda, dastlab, kalom ilmi deganda, mu’taziliya ta’limoti tushunilgan.
Aytish mumkinki, musulmon jamoasi uchun iymon dalillari aql dalillariga nisbatan ustun bo‘lgan bu davrda, falsafaning jamiyatga bo‘lgan ta’siri, ma’naviy tashabbusi ma’lum darajada chegaralangan edi. Falsafiy tafakkurda iymon dalillari bilan aql dalilla­ri o‘rtasidagi aloqani ishlab chiqish asosiy vazifalardan bo‘lib qoldi, diniy-falsafiy ta’limotlarda ilgari surilgan g‘oyalar, prinsiplarni mantiqiy isbotlash muhim ahamiyat kasb etdi. Mantiq ilmidan boshqa bilimlarni egallash, asoslash va tasniflash uchun vosita sifatida foydalanishga keng e’tibor berildi162. Bu davrda mantiq ilmiga bo‘lgan munosabat falsafaga bo‘lgan munosabat kabi bir muncha murakkab edi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin