O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə145/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Ibn Sinoning mantiqiy ta’limoti
Abu Ali Ibn Sino (980-1037 y.y.) ilm olamida Shayx ur-Rais degan unvonga sazovor bo‘lgan. U Buhoro yaqinidagi Afshona shahri tug‘ilgan.u juda yoshligidan falsafa va tibbiyotni o‘rgangan. Bu sohalarga oid qomusiy asarlar yozgan. Uning ko‘plab asarlari lotin tiliga o‘girilgan va Yevropa olimlari tomonidan chuqur o‘rganilan. N.Resharning ta’kidlashicha, u Aristotelning mantiqqa oid ta’limotini yangi g‘oyalar bilay boyitgan201.

Ilmiy faoliyati sohasi nihoyatda keng bo‘lgan: tibbiyot, arifmetika, geometriya, mexanika, kimyo, fizika, falsafa, mantiq, diniy ilmlar, arab tili va grammatikasi, she’riyat.



Ibn Sinoning falsafiy dunyoqarashi

Ibn Sino 280 dan ortiq asarlar muallifidir.Bu asarlar ilmning turli sohalariga oid bo‘lib, ulardan 150 dan ortig‘i falsafa va mantiq masalalariga bag‘ishlangan. Bular orasida falsafa va mantiq fanining barcha masalalarini izchil ravishda o‘z ichiga olgan asari “Kitob ash-shifo” dir. “Kitob ash-shifo”ning mantiqqa oid qismi 9 bo‘lakdan iborat bo‘lib, ularning nomlanishi va tartibi Forobiyniki kabidir. Mutafakkirning bu asari mantiq sohasidagi barcha ilmlar asosida vujudga kelgan bo‘lib, unda mantiqqa oid masalalar to‘liq qamrab olingan. Ibn Sinoning “Ishorat va tanbehot”, “An-Najot”, “Donishnoma”, “Hikmati mashriqiya” asarlarida ham falsafa va mantiqqa oid masalalar bayon etiladi202. Mutafakkir mantiq ilmini barcha ilmlarning muqaddimasi, ularni egallashning zarur sharti sifatida talqin etadi.



Mantiq ilmining predmeti haqida. Ibn Sino, asosan, Aristotel va Forobiyning mantiqiy ta’limotlarini davom ettirgan bo‘lsa-da, ko‘p masalalarda mustaqil yo‘l tutadi. Ibn Sino mantiq fanini: “Ma’lum bilimlardan noma’lum bilimlarni keltirib chiqaruvchi, ularni bir-biridan farq qiluvchi, chin va xato bilimlar, ularning turlarini o‘rganuvchi fan yoki nazariy san’atdir”203, - deb ta’riflaydi. Mutafakkir mantiq ilmi obyektiv olamni bilish uchun xizmat qiladi, bilish esa real predmetlarni, avvalo, sezgilar orqali aks ettirishga, so‘ng aqliy, mavhum tafakkurlashga asoslanadi, - deb ta’kidlaydi.
Ibn Sino falsafa, bilish nazariyasi va mantiq muammolarini aralashtirib yubormaydi, ularni alohida-alohida bayon qiladi. Bu jihatdan Ibn Sinoning mantiq fani haqidagi ta’limoti Aristotel yaratgan mantiq faniga nisbatan juda ko‘p yangi ma’lumotlarni beradi. Uning mantiqiy masalalarni o‘rganishda turli belgi (simvol)lardan foydalanishi ham mutafakkirning yutug‘i hisoblanadi.
Ibn Sinoning mantiqiy ta’limotida tafakkur shakllari bo‘lgan tushuncha, mulohaza, xulosa chiqarish, ularning tuzilishi, turlari, shuningdek, isbotlash masalalari keng va har tomonlama tahlil etilgan.
Ibn Sino mantiqiy ta’limotini xulosa chiqarish va isbotlashning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan tushuncha va mulohazaning tabiatini aniqlashdan boshlagan.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin