Ayiruvchi-qat’iy xulosa chiqarishning ko‘rinishlari
Ifigura Hamma A—V
Hamma V-- S yoki D Hamma A-- S yoki D
II figura Hamma A—V
Hech bir V-- S yoki D emas Hech bir A-- S yoki D emas
III figura Hamma A—V
Hamma A-- S yoki D Hamma V-- S yoki D
IV figura Hamma A—V
Hamma S –A yoki hamma D--A Hamma V-- S yoki D
Shartli-qat’iy xulosa chiqarish Nasiriddin Tusiy implikativ va qat’iy mulohazalardan tashkil topgan, ya’ni shartli-qat’iy xulosa chiqarishda qat’iy mulohaza katta yoki kichik asos bo‘lib keladi deb ko‘rsatadi. Bunday xulosa chiqarish 4 ko‘rinishga ega bo‘lib, ularning har biri sillogizmning figuralari shaklini oladi. Bunda xulosaning chinligi shartli mulohazaning haqiqatda zaruriyligi bilan belgilanadi.
Shartli-qat’iy xulosa chiqarishning ko‘rinishlari:
Qat’iy mulohaza katta asos va implikativ mulohazaning konsekventi bo‘lib keladi. Masalan:
Tong otdi.
Agar Quyosh chiqqan bo‘lsa, unda tong otadi. Demak, Quyosh chiqqan.
2. Qat’iy mulohaza kichik asos va implikativ mulohazaning antetsedenti bo‘lib keladi. Masalan:
Agar Quyosh chiqqan bo‘lsa, unda tong otadi.
Quyosh chiqdi. Demak, tong otadi.
3. Qat’iy mulohaza katta asos va implikativ mulohazaning antetsedenti bo‘lib keladi. Masalan:
Quyosh chiqdi.
Agar Quyosh chiqqan bo‘lsa, unda tong otadi Demak, tong otadi.
4. Qat’iy mulohaza kichik asos va implikativ mulohazaning konsekventi bo‘lib keladi. Masalan:
Agar Quyosh chiqqan bo‘lsa, unda tong otadi