O‘zbekiston milliy universiteti udk: 330. 34(575. 1)


  2.3.  Rivojlangan mamlakatlar energetika tarmog‘ini «Yashillashtirish»  tendensiyalari………………………………………………………



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/32
tarix01.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
5ea8732741db08f7ea37ab20e3f50317 yashil iqtisodiyot asosida barqaror iqtisodiy osishni taminlash xalqaro tajriba va milliy xususiyatlar

41 
2.3. 
Rivojlangan mamlakatlar energetika tarmog‘ini «Yashillashtirish» 
tendensiyalari……………………………………………………… 
 
48 
2-bob bo‘yicha xulosa………………………………………………… 57 
3-BOB. 
O‘ZBEKISTONDA 
«YASHIL 
IQTISODIYOT»NI 
RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI 
3.1. 
O‘zbekistonda «Yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirish asosida barqaror 
iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘llari va unga ta’sir etuvchi omillar... 
 
58 
3.2. 
O‘zbekistonda muqobil energiyadan foydalanish samaradorligi va 
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash istiqbollari…………………... 
 
69 
3-bob bo‘yicha xulosa………………………………………………… 82 
XULOSA……………………………………………………………………. 84 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………… 
87 
 
 
 



KIRISH 
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi va asoslanishi. 
Mamlakat iqtisodiyoti va eksporti tarkibida chuqur qayta ishlangan, yuqori 
qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ulushini jadal sur’atlarda oshirishga 
yo‘naltirilgan iqtisodiyotni yanada yuksaltirish O‘zbekistonda uzoq muddatli 
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2017-yil 14-
yanvardagi Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida 
“Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning 
yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada 
mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini 
ta’minlash - eng muhim ustuvor vazifamizdir” deb ta’kidlagan edilar.
1
Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun uning turli bo‘limlari, 
tarmoqlari va sohalari o‘rtasida o‘zaro mutanosiblikni ta’minlanmasligi 
mamlakatda iqtisodiy resurslardan samarasiz foydalanishga bu esa o‘z navbatida 
iqtisodiy inqirozlarni yuzaga kelishiga, ishsizlik va inflatsiya darajasining oshib 
ketishiga va aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatishiga sabab bo‘ladi. 
Ma’lumki, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda, iqtisodiyotda 
modernizatsiyalash jarayoni va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda
«Yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirishda energetika tarmog‘ida resurslardan 
tejamkorlik bilan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Energetika 
tarmog‘ida resurslar samaradorligiga erishish talabning o‘zgarishiga va yangi 
turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga xizmat qiladi. «Yashil energetika»ga 
o‘tish, innovatsion uskuna va texnologiyalarga talabni rag‘batlantiradi. Bu esa 
milliy iqtisodiyotga «Yashil» tamoyillarni tatbiq etish uchun muhim 
1
Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi 
bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga 
mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining 
kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017-yil 14-yanvar. - Toshkent: «O‘zbekiston», 2017. 8-b. 



hisoblanadi. O‘zbekistonda kremniy zahiralarining mavjudligi fotoelektrik 
batareyalarni ishlab chiqarish istiqbolini yaratadi. 
Yoqilg‘i-energetika resurslarining yetishmovchiligi va ularga bo‘lgan 
narxlarning o‘zgaruvchanligi sharoitida, mamlakatimiz aholisining hamda 
iqtisodiyotimiz 
asosiy 
tarmoqlarida 
energetika 
resurslaridan 
oqilona 
foydalanish, shuningdek, an'anaviy energiya manbalaridan muqobil energiya 
manbalariga o‘tishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. 
Yangi «Yashil» me’yor va standartlarga o‘tilishi iste’molchilarni iqtisodiy 
madaniyati va moliyaviy savodxonligini oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, 
yuqori energiya samaradorligiga ega bo‘lgan tovarlarga talabning ortishiga 
sabab bo‘ladi hamda talab va taklif tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib 
keladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin