6
O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanish
holati, rivojlanish tendensiyalari va muammolari aniqlandi, milliy iqtisodiyotda
tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirgan holda barqaror iqtisodiy o‘sishni
ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. O‘zbekistonda «Yashil
iqtisodiyot» asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash sohalarini
investitsiyalash jarayonining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va uning ta’lim
tizimidagi istiqboldagi yo‘nalishlari ularga mos boshqaruv tizimini yaratish
yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar tahlili. A. O‘lmasov va A.
Vaxobovning e’tirof etishicha: «Iqtisodiy o‘sish iqtisodiyotning rivojlanishi,
ya’ni hayotiy ne’matlar bo‘lgan tovarlar va xizmatlar
ishlab chiqarilishining
ko‘payib borishidir»
2
. A.SH. Bekmurodov va U.V. G‘afurovning fikricha,
«Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon
boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda
sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi»
3
.
Iqtisodchi A. Mo‘minovning qarashicha: Iqtisodiy o‘sish deganda bevosita yalpi
ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining
ortishi tushuniladi. Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash
bo‘lsa, u holda YaIM hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi
4
.
Adabiyotlarda «Barqaror iqtisodiy o‘sish» tushunchasiga ham ta’riflar
berilgan.
Xususan,
«Barqaror iqtisodiy o‘sish»
tushunchasi milliy
iqtisodiyotning shunday bir holatini ifodalashi kerakki, unda salbiy yoki nolga
teng bo‘lishi mumkin bo‘lgan real o‘zgaruvchan mezon va ko‘rsatkichlar
uzluksiz mutanosib sur’atda o‘sishi lozim
5
. «Yashil iqtisodiyot»ni rivojlanishini
jadallashtirish mamlakatdagi ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarni isloh etish va
2
O‘lmasov A., Vaxobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. -T.:
Iqtisod-moliya, 2014.
3
Bekmurodov A.Sh., G‘afurov U.V. O‘zbekiston iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda islohotlarni
chuqurlashtirishning Yangi va yuksak bosqichi yo‘lida. -T.: Iqtisodiyot, 2008. – 126 b.
4
Mo‘minov A. «Iqtisodiy o‘sish va uning omillari nimalardan iborat» //O‘zbekiston ovozi. 20.05.2016 y.
5
Словарь современной экономической теории Макмиллана – М.,1997.с. 471.
7
tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonlarini tadqiq etishda muhim
ilmiy–amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb muammolardan hisoblanadi.
«Yashil iqtisodiyot» asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning
nazariy–amaliy jihatlari mahalliy iqtisodchi–olimlar Vaxabov A.V., Xajibakiyev
Sh.X.,
6
Maxmudov N.M, Hakimov H.A.,
7
Djo‘rayeva S.Q.,
8
Bozorov E.Q.,
Xatamov O.Q., Avliyaqulov A.,
9
Isayev F.I., Qurbanov Z.N.lar
10
tadqiq
etishgan.
«Yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirishning nazariy – amaliy jihatlari xorijlik
iqtisodchi – olimlar William Hynes,
Shannon Wang
11
, Erik Solheim, Patricia
Espinosa, Nils Stieglitz
12
,
Molly Scott Cato
13
, Ralf Fueсks
14
, Boris Porfiriev
15
,
Cameron Allen va Stuart Clouth
16
,
Patrick ten Brink,
17
Roland W.Chalons-
Browne
18
, Reza Ardakanian, Dirk Jaeger
19
tomonidan tadqiq etilgan.
Muqobil energetikadan foydalanishning nazariy va amaliy jihatdan MDH
vakillari T.V. Zaxarova
20
, Valentin Pchelintsev,
Tatyana Kruglikova, Irina
Jivotovskaya, Tatyana Chernomorova,
21
Tkachenko Aleksandr Aleksandrovich
22
va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: