181
Valter Skott
(1771–1832) tarixiy roman otasi sifatida Ovrupa ro
-
mantizm adabiyotida muhim o‘rin tutadi. Shotlandiyada tug‘ilib voy-
aga yetgan bo‘lajak yozuvchi Makfersonning “Ossian qo‘shiqlari”
ta’sirida xalqning qadimiy rivoyat va balladalarini to‘plash va qayta
ishlash bilan shug‘ullangan. Keyinchalik o‘zi ham balladalar yoza
boshlagan.
1805-yilda nashr etilgan “So‘nggi menestrel qo‘shig‘i” liro-epik
dostoni uning nomini mashhur qildi.
XVI-XVII asr Shotlandiya tarixiga oid mazkur asardan so‘ng
“Marmion” (1808), “Ko‘l parisi” (1810) dostonlari paydo bo‘ldi.
“Ko‘l parisi” da Shotlandiya tabiati manzaralari mahorat bilan tas
-
virlanadi. Ana shu asar tasvirida Shotlandiyaning go‘zal manzaralar
-
ini tomosha qilish uchun keladigan sayyohlar soni keskin oshadi.
Bundan keyingi dostonlari u qadar shuhrat qozonmaydi. Chunki bu
davrda ingliz she’riyatiga noyob iste’dod – Bayron kirib kelgan edi.
1814-yili adabiyotdagi birinchi tarixiy roman “Ueverli” paydo
bo‘ldi. Nashrdan so‘ng katta qiziqishga sabab bo‘lgan asar muallifi
1827-yilgacha kitobxonlar uchun noma’lum (roman “Ueverli mual
-
lifi” degan taxallus bilan chop etilgan edi) bo‘lib qoladi.
V.Skott tarixiy jarayonlarni emas, kitobxon uchun qiziq va dol
-
zarb bo‘lgan davr va voqealarni tasvirlashni maqsad qilib qo‘yadi.
Yozuvchining muhim badiiy kashfiyoti qahramon taqdirini tasvir
-
lanayotgan davr xususiyatlari bilan uyg‘un
holda tasvirlagani bilan
belgilanadi. Asar so‘ngso‘zida muallif asosiy maqsadi “Vatanimizda
yo‘qolib borayotgan axloqiy qadriyatlarni aks ettirish bo‘lganligini
ta’kidlaydi. Shotlandiya tarixi mavzusi “Puritanlar” (1816), “Rob
Roy” (1818) romanlarida ham davom ettirildi”.
1820-yili “Ayvengo” romani paydo bo‘ladi. O‘z davrida kat
-
ta muvaffaqiyat qozongan asar hozirgacha V.Skottning eng ko‘p
o‘qiladigan romani hisoblanadi. Asarda Angliyaning XII asrdagi
tarixiga murojaat qilingan. Romanning 1930-yilgi nashrga yozilgan
kirish so‘zini adabiyotda tarixiylikning mohiyati bo‘yicha yozu-
vchining dasturi sifatida qabul qilish mumkin.
182
Asardagi asosiy voqealar – norman va sakslar o‘rtasidagi
to‘qnashuvlar fonida Ravekka, Ayvengo,
Robin Gud singari eng
yaxshi insoniy fazilatlar sohibi bo‘lgan qahramonlar tasviriga keng
o‘rin ajratilgan. Asarda nafaqat tarixiy-qahramonlik muhitini aks et
-
tirish, balki muhabbat, ezgulik, sadoqat, fidoyilik singari azaliy, hech
qachon eskirmaydigan insoniy fazilatlarni yoritib berish muhimdir.
San’at asari mavzusi sifatiga XVIII asr oxirida predromantik
oqim vakillari murojaat etganlar. Ular, asosan, o‘rta asrlar tarixiga
murojaat qilganlar. Romantiklar ana shu
davrni sirli va jozibador
muhit sifatida ma’rifatparvarlarning “aqlga muvofiq” jamiyatiga
qarshi qo‘yadilar. Romantiklar V.Skottgacha tarixni mufassal yori
-
tishga urinmaganlar, o‘tmish hozirgi davr haqidagi g‘oya va mu-
lohazalarni bayon etish uchun fon vazifasini o‘tagan edi. Shuning
uchun ham tarixiy ziddiyatlarni tasvirlash
birinchi navbatdagi vazifa
sifatida ko‘rilmagan. V.Skott Shekspirning tarixiy xronikalaridan
o‘rgangan holda muallif o‘tmish va hozirgi kunni bog‘lovchi zanjir
bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi.
Shotland yozuvchisining tarixiy romanlari adabiyotda hodisa
bo‘lib qolmay, uning tarixida yangi sahifani ham ochdi. V.Skott
ta’sirida XIX asr davomida tarixiy roman janri taraqqiy etdi. Un
-
ing ijodiy tajribasidan foydalangan izdoshlari orasida V.Gyugo, A.de
Myusse singari romantizm vakillaridan tashqari F.Stendal, O.de
Balzak, P.Merime, Ch.Dikkens, U.Tekkerey singari realizm namo
-
yandalari ham bor. V.Skott ijodi Rossiyada
tarixiy nasrning shak
-
llanishida (A.S.Pushkinning “Kapitan qizi”, N.V.Gogolning “Taras
Bulba asarlari”) muhim o‘rin tutgan.
Dostları ilə paylaş: