O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156
jaxon adabiyati songisi

ing 
vakillari;
b) B.Shou ijtimoiy dramalari.
3. Modernizm. Modernizm tarixi va taraqqiyot bosqichlari, 
yo‘nalishlari:
a) M.Prust. Vaqt haqidagi doston; 
b) Modernizm va Kafka ijodi;
s) J.P.Sartr va ekzistensializm.
4. A.Kamyu va absurd falsafasi.
5. A.de Sent –Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asari.
Tayanch so‘z va iboralar: 
O.Kont, I.Ten: pozitivizm falsafasi
;
 
E.Zolya: aka-uka Gonkurlar, dekadent, naturalizm, impressionizm, 
simvolizm, ijtimoiy drama, modernizm, F.Kafka, J.P.Sartr: ekzisten
-
sializm; A.Kamyu: absurd falsafasi; Sent –Ekzyuperi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida
 
bir qancha G‘arbiy Ovrupa 
mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yangi iqtisodiy, siyosiy 
o‘zgarishlarni boshidan o‘tkazdi. Monopolistik birlashmalar paydo 
bo‘la boshladi. Angliya, Fransiya, Germaniya va AQSh davlatlari 
Afrika, Osiyo va Tinch okeani havzasida bosqinchilik urush siyo
-
satini olib bordi. Moliyaviy kapital salmog‘i ortib bordi. Yyyetakchi 
kapitalistik davlatlar o‘rtasidagi raqobat va ziddiyatlar oxir-oqibat 


214
Birinchi jahon urushiga olib keldi. Shu bilan birga bu davr sinfiy 
ziddiyatlarning kuchayishi, ishchilar harakatining jonlanishi, kasaba 
uyushmalarni tashkil etishga bo‘lgan harakatlar bilan xarakterlanadi.
XX asr boshlaridagi adabiy jarayonlar ham murakkab sharoitda 
rivojlandi. Ko‘plab G‘arb mamlakatlari adabiyotida XIX asr oxiri 
XX asr boshlarida
 
tanqidiy realizm
 
asosiy yo‘nalishlardan biri edi. 
Ushbu yo‘nalish taraqqiyoti mamlakatlarning o‘ziga xos rivojlanish 
yo‘li, milliy xususiyatlari bilan belgilanadi. Fransiya, Angliya kabi 
mamlakatlarda tanqidiy realizm XIX asr adabiyotidagi klassik real
-
izm an’analarini davom ettirgan bo‘lsa, bir qator mamlakatlar, jum-
ladan, AQSh va Lotin Amerikasi adabiyotida u romantizm negizida 
shakllandi. Realist yozuvchilar ijodida ijtimoiy tengsizlik, mavjud 
tuzumni tanqid qilish va ziyolilarning jamiyatdagi o‘rni masalalari 
asosiy o‘ringa ko‘tarildi. Ular o‘ziga xos tasvir usullaridan unumli 
foydalandilar. Masalan, Haynrix Mann ijodida hajv-grotesk kuchli 
bo‘lsa, Marten dyu Gar, Tomas Mann asarlarida chuqur psixologik 
tasvir, Bernard Shou va Anatol Fransda esa kinoya, piching bo‘rtib 
turadi. Tanqidiy realistlar ijtimoiy-psixologik roman, ijtimoiy-psix
-
ologik drama, ilmiy-fantastik, ijtimoiy-utopik, tarixiy roman, drama 
janrlarida barakali ijod qildilar.
Realistik adabiyot o‘zida yangi, murakkab unsurlarni mujassa-
mlashtirdi. Siyosiy g‘oyalar T.Drayzer, E.Sinkler, B.Brext asarlari 
ijobiy qahramonlarining qiyofasi va badiiy tuzilmasiga o‘z ta’sirini 
o‘tkazgan bo‘lsa, D.Dos Passos ijodida shakliy o‘zgartirishga qara
-
tilgan intilishlarning natijalari namoyon bo‘ldi. G.Xauptman asar
-
larida simvolizm, neoromantizm va realizm unsurlari uyg‘unlashib 
ketgan bo‘lsa, S.Sveyg, L.Feyxtvangerlarga Z.Freyd falsafasi katta 
ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘plab ijodkorlar ichki monologlardan keng foy
-
dalana boshlagan bo‘lsa, ba’zilari bir asarda turli vaqt qatlamlarini 
mujassamlashtirdilar, ong oqimini qo‘lladilar.
She’riyatda poetik lug‘atni yangilash borasida izlanishlar davom 
ettirildi, psixologizm yanada chuqurlashtirildi, she’rga nasr unsurla
-
rini olib kirish jarayoni namoyon bo‘ldi. XIX asrning 60–70-yillarida 


215
Fransiyada paydo bo‘lgan 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin