O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   156
jaxon adabiyati songisi

naturalizm
(“natura” lot. – tabiat) asr oxiri 
va XX asrning boshlaridagi adabiy jarayonga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. 
Naturalizm negizida Ogyust Kont, Ippolit Ten, Gerbert Spenserning 
pozitivizm (pozitivizm falsafasida: hamma haqiqiy, pozitiv bilimlar 
aniq fanlarning mahsulidir, falsafa esa bunday bilimlarni bera ol-
maydi, shuning uchun uning keragi yo‘q, degan g‘oyaga asoslangan 
sub’ektiv idealistik oqim) falsafasi va estetikasi yotadi. Kont pozi
-
tivizm falsafasi yordamida fan yutuqlarini o‘rganishga, uni hamma 
narsadan yuqori qo‘yishga intilgan va faktlarga suyangan holda ijod-
kor oldida turgan asosiy masala faqat voqealarni qayd etishdan ibo-
rat, deb ko‘rsatgan. Uning “ijtimoiy hodisa insoniy hodisa sifatida, 
fiziologik hodisa qatoriga qo‘shilishi kerak” degan tezisi, fiziologik 
omilni ustun qilib qo‘yadi. Ippolit Tenning “irq, muhit va vaqt” tez
-
isi ham Kont ta’limotiga asoslangan. Kont pozitivizmi zamonninng 
tarixiy, badiiy-estetik qarashlariga, ayniqsa, naturalizm adabiyotiga 
katta ta’sir ko‘rsatdi. Fransiyada aka-uka Edmon (1822–1896) va 
Jyul (1830–1870) Gonkurlar, E.Zolya, K.Gyuisman singari vakillari 
bo‘lgan ushbu adabiy yo‘nalish keyinchalik Germaniya, Angliya, 
AQShda keng tarqaldi. Zolyaning fikricha, yozuvchi kuzatuvchi, 
ya’ni tajribachidir. San’atkor asosiy diqqat e’tiborini turmush qan-
day bo‘lsa, uni o‘sha holatda berishga, ya’ni olim sifatida dalillarni 
o‘rganish va ularni tasvirlashga, ayniqsa, inson xulq-atvorini pa
-
tologiya bilan bog‘liq holda tadqiq etishga qaratishi kerak. Gonkur
-
larning “Jermini Lyaserte”, “Aka-uka Zemganno”, Zolyaning “Tu
-
zoq”, “Hamal” romanlarida naturalizm estetikasi o‘z amaliy ifoda-
sini topdi.
Naturalistlar tabiat qonuniyatlarini insonlar jamiyatiga tatbiq 
etib, insonlar va boshqa tirik organizmlar o‘rtasida hech qanday farq 
yo‘q, degan g‘oyani ilgari surdilar. Hayotda hamma yashash uchun 
kurash olib boradi, shunday ekan, hayvonlar o‘rtasidagi tabiiy tan-
lash qonuniyatiga insonlar ham bo‘ysunadilar. Naturalistlar inson
-
ning shakllanishida muhit va irsiyatning ta’siri katta deb bilib, inson 
hayot oqimiga qarshi turishga ojiz, degan xulosaga keladilar. Pozi
-


216
tivistlar adabiyot, san’at, ijtimoiy fanlar, matematika, fizika, kimyo, 
biologiya kabi aniq fanlardan farqlanmaydi, shuning uchun ularni 
o‘rganishda bir xil mezonlardan, ya’ni ilmiy uslub, tajribalardan 
foydalanish zarur, degan fikrda bo‘lganlar. Emil Zolya (1840–1902) 
adabiyotda naturalizm nazariyasini ishlab chiqdi (“Eksperimental 
roman”, 1879). 
Neoromantizm
vakillari jamiyat qonun-qoidalarini, uning rivo-
jlanish yo‘llarini rad etdilar. Bu yo‘nalish, asosan, Angliya va Ger
-
maniyada tarqaldi. Angliyada Stivenson, Konrad, Xaggard, Konon-
Doyl, Chesterton va Germaniyadan Gofmanstal, Gauptman, Gaze
-
kklever singari adiblar ushbu yo‘nalishning yirik namoyondalari 
sanaladi. Neoromantiklar zamonaviy jamiyat qadriyatlarini rad etar 
ekan, o‘z o‘quvchilarini uzoq o‘tmishga yoki sivilizatsiya ta’siridan 
yiroq ekzotik o‘lkalarga(Afrika, Osiyo, Janubiy Amerika) olib bora
-
dilar. Ularning favqulotda kuchli, romantik qahramonlarini yorqin, 
bo‘yoqlarga boy, g‘aroyib sayohatlar bilan to‘la dunyoda faoliyat 
ko‘rsatadi.
XIX asr so‘nggi choragida bo‘y ko‘rsatgan yana bir adabiy oqim 
estetizm bo‘lib, uning yorqin namoyandasi ingliz yozuvchisi 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin