138
adabiyotning quyi turlariga kiritib keldi. Lafontenning klas sitsizm
estetikasining adabiy me’yorlari doirasidan chiqib,
original asar
yaratishdagi mahoratini «O‘tinchi va o‘lim» ma salida yaqqol ko‘rish
mumkin. Lafonten antik davr masalchisi Ezopdagi bir syujetdan foy
-
dalangan. (Og‘ir mehnat va turmush mashaqqatidan tinkasi qurigan
o‘tinchi dehqon bu dunyo bilan xayrlashmoq maqsadida o‘z oldiga
Azroilni chaqiradi. Azroil o‘tinchidan nimani istashini so‘raganda,
undan qo‘rqib ketgan dehqon bir bog‘lam o‘tinni ko‘rsatib, uni
yelkasiga olib qo‘yishni iltimos qiladi).
Lafonten bu masalda oddiy insonning mashaqqatlarni yengish uc
-
hun zo‘r ishonch bilan yashashini ochiq-oydin tasvirlaydi. Dehqon-
ning qashshoqlanishiga sabab bo‘lgan
ij timoiy illatlar, o‘rab olgan
muhitning yaramasligini ifodalash bu masalning asosiy g‘oyasini
tashkil etadi.
Yozuvchining dastlabki kitobida aristokratiyaning mag‘rurligini
masxara qilgan «Dub va qamish», burjuaziyaning qo‘rqoqligini
ko‘rsatgan «Kalamushlar kengashi», saroy tekinxo‘rlarini qoralagan
«Pashsha bilan chumoli», adolatsiz sudni tanqid qilgan «Maymun
-
lar sudida tulkiga qarshi shikoyat bilan chiquvchi bo‘ ri», masallari
diqqatga sazovordir. Ijtimoiy ziddiyatlar inson tabiatida azaldan ma-
vjud bo‘lgan kamchiliklar deb ko‘rsatiladi (“Bo‘ri bilan qo‘zichoq”).
«Yirtqich hayvonlar o‘lati» masalida ham yomonlik va zulm man
-
bai-saroy, qirol va uning yordamchilari qoralanadi.
Ularning hayoti
zo‘ravonlikka, kambag‘allarni eksplu tatsiya qilishga asoslangan,
shuning uchun hukmdorlardan yaxshilik,
shafqat kutish mumkin
emas, degan xulosa masalning asosiy g‘oyasini ifodalaydi.
Shoirning ikkinchi to‘plamiga kirgan masallarida sotsi al satira ke
-
skinlashadi. Pul hukmronligi va uning halokatli ta’sirini («Etikdo‘z
va ulgurji savdogar»), sudning sotqinligini («Mushuk, laycha va
quyon») qirollik hukumati va din ahllarining yovuzliklarini («Ar
-
slon, bo‘ri va tul ki», «Ona arslonni ko‘mish marosimi», «Ruhoniy
va murda») masallarida katta badiiy kuch bilan aks ettiradi.
Lafontenning dastlabki masallari tasviriga xos kinoya va kuzatu
-
vchilik o‘rnini, endi, 70-yillarning oxiriga ke lib, konkret sotsial sat
-
139
irik va realistik tasvir egallaydi. Hayvonlarning allegorik figurasi
o‘rniga inson obrazi paydo bo‘ladi. («Dunaylik dehqon», «Savdogar,
dvoryan, cho‘pon va shoh o‘g‘li»).
Lafonten antik dunyo, o‘rta asrlar va Uyg‘onish davri masalchilik
traditsiyalarini o‘rganib, ularga favqulodda rea listik xarakter va sat-
irik ruh kiritadi, bu janrni yangi badiiy yuksaklikka ko‘taradi. Uning
masallari soddaligi va o‘z davri ijtimoiy
hayotini keng qamrab olishi,
mehnatkash omma manfaatlarini qizg‘in himoya qilib chiqishi bilan
qimmatlidir. XVII asr fransuz adabiyoti va, xususan, masalchilik jan
-
rining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Xullas, klassitsizm XVII asr G‘arbiy Ovrupa madaniyatining
muhim bosqichi sifatida jahon adabiyoti tarixida o‘z o‘rniga ega.
Mazkur yo‘nalish doirasida ijod qilgan
yozuvchilar asarlarining ak-
sariyati hozirgi kunda ham g‘oyaviy mazmun va badiiy qimmatini
saqlab kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: