O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Xans Kristan Andersen (1805–1875)



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Xans Kristan Andersen (1805–1875). Buyuk  ertakchi  Odens 
shahrida, etikdo‘z oilasida dunyoga keldi. 1819-yili Kopengagenga 
keladi. 1822-yili Andersen qadimgi skandinav syujeti asosida yozil-
gan, «Elflar qo‘shig‘i» asarlarini teatrga olib keldi. Katta qiyinchilik, 
muhtojlikda avval gimnaziyani, keyin esa universitetni tamomladi.
Andersen Kopengagenga kelishidan oldinroq she’rlar yoza bosh-
lagan. Dramatik asarlardan 1 aktli «To‘ng‘ich» satirik pyesasi shuh-
rat qozondi. Andersen 6 ta romanning muallifi hisoblanadi. Uning 
«Improvizator», «Faqat skripkachi» romanlari mashhur bo‘ldi. An-
dersen romanlari Daniya romantizmi uchun katta ahamiyat kasb eta-
di. Uning romanlarini V.Skott va V.Gyugo asarlariga qiyoslashadi. 
Lekin yozuvchiga umumjahon miqyosida shuhrat keltirgan asar-
lari – uning ertaklari bo‘ldi. U 1835-yildan ertaklar yoza boshlagan. 
Adabiy  ertaklardan  ko‘ra  xalq  ertaklariga  yaqin  turuvchi  bu  asar-
lar xalq orasida mashhur bo‘ldi. 1835–1841-yillarda Andersenning 
«Bolalarga  atalgan  ertaklar»  to‘plami  nashr  etildi.  Bu  to‘plamdan 
«Chaqmoqtosh», «Kichkina Klyaus va katta Klyaus», «Yo‘ldosh», 
«Yovvoyi oqqushlar», «Cho‘chqaboqar» kabi ertaklar o‘rin oldi. Bu 
ertaklar  xalq  ertaklari  asosida  yozilgan.  Ushbu  to‘plamda  boshqa 
xalqlar  asarlari  asosida  yozilgan  badiiy  ijod  namunalari  (asarlar) 
ham  keltirilgan.  «Qirmizi  bo‘ta  Elfi»  (Italiya  qo‘shig‘i  asosida), 
«Uchar  sandiq»  («1001  kecha»  asosida)  kabi  ertaklar  ham  kiritil-
gan. Shunigdek bu to‘plamga Andersenning o‘zi to‘qigan «Kichkina 
Idaning gullari», «Dyumchaxon», «Suv parisi», «Baxt kovushlari», 
«Jannat bog‘i», «Ole Lukoye» ertaklari ham kiritilgan. 


175
Andersenning ertaklari o‘quvchilar va adabiyot tanqidchilarining 
e’tiborini o‘ziga tortadi. Bolalarga atalgan bu ertaklar o‘ziga xos edi. 
Andersen  bolalarga  o‘z  tengiga  murojaat  qilganday  munosabatda 
bo‘lib, pand-nasihat qilmas edi. Bu ertaklarda yaxshilik faol kura-
shadi, inson tabiatidagi haqiqat, chin sifatlar namoyon bo‘ladi.
Andesenning  eng  go‘zal,  yorqin  ertaklaridan  biri  «Suv  parisi» 
ertagidir. Suv parisining insonga javobsiz sevgisi haqida yozuvchi 
ilgari ham yozgan edi. («Samse orolidan kelgan suv parisi») 
Bu ertakda Andersen insonning go‘zal ruhiy olamini nafaqat hay-
ajonli syujet orqali, balki qahramonning ruhiy olamini chuqur ochib 
beruvchi psixologizm orqali tasvirlaydi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin