Prosper Merime (1803–1870) – fransuz tanqidiy realizmining
yorqin namoyandalaridan biri bo‘lib, uning ijodi romantizm harakati
bilan hamohang rivojlandi. Bo‘lajak yozuvchi Parij shahrida, badav-
lat oilada tavallud topdi. Litseyni tugatgach, Parij universitetining
huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi.
Yosh Merimening qiziqish doirasi va estetik qarashlari erta shak-
llandi. U yoshligidan katta qiziqish bilan Shekspir va Bayron asar-
larini asliyatda o‘qidi. Stendal ijodi yosh Merime dunyoqarashining
shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘n olti yoshida do‘sti Jak Lui
Amper (buyuk fizik olimning o‘g‘li) bilan hamkorlikda ingliz pre-
dromantizmining vakili D.Makfersonning “Ossianning qo‘shig‘i”
asarini tarjima qildi.
196
Prosper Merimening birinchi nashr qilingan asari – “Klara Gusel
teatri” (1825) to‘plami bo‘lib, u san’atning yangi tamoyillarini joriy
qilib, klassitsizm qonun-qoidalariga qarshi qaratilgan. U adabiyotga
dramaturg sifatida kirib keldi va klassitsizm san’atining tayanchi
bo‘lgan teatrga daxl qildi. “Klara Gusel teatri” – yozuvchi erkin ijod
qilishi, turg‘un bo‘lib qolgan qoidalarga rioya qilmasligi mumkin-
ligini isbotlab berdi
P.Merimega dramaturgiyaning yangi turini yaratishda Uyg‘onish
davri ispan teatri yordam berdi. “Ispanlar Daniyada” pyesasin-
ing muqaddimasida personajlardan biri sifatida tasvirlangan Klara
Gusel klassitsizmga istehzoli tavsif berib, “Pyesa haqida fikr yurit-
ganda, ba’zilar suiqasd uyushtirish uchun, ba’zilar qotilning qo‘lida
halok bo‘lish uchun, yana birlari kimningdir murdasi yonida o‘z jo-
niga qasd qilish uchun voqealar bir kunda sodir bo‘lyaptimi, barcha
ishtirokchilar bitta joyda paydo bo‘lyaptimi, bularni bilish juda ham
muhim emas”, – deydi. Shuning uchun to‘plamga kiritilgan pyesala-
rda hech qanday birliklarga rioya qilinmagan, ularda na besh aktli
kompozitsiyalar, va na ierarxiyaga rioya qilinadi. Pyesalarning erkin
kompozitsion qurilishi klassitsizm dramalaridagi izchillikni buzdi;
pyesalar she’rda emas, nasrda yozildi; personajlar mavhum ab-
strakt nasihatgo‘ylik bilan shug‘ullanmay, tom ma’noda harakatda
bo‘ldilar; komediyalarning syujeti taqdir o‘yini bilan emas, balki in-
soniy his-tuyg‘ular, ular taqdirlarining to‘qnashuvi bilan belgilandi.
1827-yili chop etilgan “Gyuzla, yoki Dalmatsiya, Bosniya, Xor-
vatiya va Gersegovinada yozib olingan illiriy qo‘shiqlari to‘plami”da
slavyan xalqlari hayoti haqqoniy yoritib berilgan. Bu kitob muallif-
dan qunt bilan ishlashni, filologiya, tarix va etnografiyaga oid bilim-
larni talab qildi. To‘plamga kiritilgan prozaik qo‘shiqlar katta shuh-
rat qozondi. Ularning muallifi slavyan xalqlari ekaniga, Mitskevich
va Pushkinlar ham ishonishdi (aslida qo‘shiqlarni Merimening o‘zi
yozgan edi).
Tarix sinovlaridan mardonavor o‘tgan xalq mavzusiga yozuvchi
“Jakeriya” (1828) dramatik solnomasida ham murojaat qildi. Drama
197
syujetiga 1358-yilgi dehqonlar qo‘zg‘aloni asos bo‘ldi. Drama shun-
day qurilganki, unda bir vaqtning o‘zida klassitsizm qoidalari bilan
bahs-munozarani ham payqash mumkin (hodisalar joyi ko‘p marta
o‘zgartiriladi: chuqur jarlik, gotika zali, qishloq maydoni, o‘rmon
chetidagi yo‘llar, isyonchilarning ichkari hovlisi va h.k. va zamon
va harakat birligining yo‘qligi, shuningdek zodagonlar oilasidan
bo‘lgan ideal qahramonning bo‘lmasligi).
Dramada romantik pyesalarda bo‘lgani kabi, o‘zining ichki va
tashqi erki uchun kurashuvchi ideal qahramon yo‘q. Uni na de-
hqonlar va na oqsuyaklar orasidan topib bo‘lmaydi. Merimening
dehqonlari – ijtimoiy munosabatlarda o‘z o‘rnini anglashga qodir
bo‘lmagan johil odamlar. Albatta ular orasida ham jasur va oliyjanob
odamlar topiladi, masalan, o‘z singlisining o‘limi uchun qasd olgan
Reno, feodal Apremon garovga olgan begunoh odamlarni jazola-
masligi uchun ixtiyoriy ravishda taslim bo‘ladi.
Merime “Karl IX saltanatining yilnomasi”(1829) romanida yana
bir bor fransuz milliy tarixidagi muhim davrga murojaat qiladi.
Yozuvchi o‘zining asosiy vazifasi o‘tmish davr kishilarining xu-
susiy hayotini ko‘rsatish, “bu davrning xulq-atvori, urf-odatlarini
haqqoniy, ishonarli qilib tasvirlashda”, deb hisoblaydi. Uning fikri-
cha, Varfolomey tunida sodir etilgan dahshatli fojeaning ildizlarini,
avvalo, diniy mutaassiblik ruhida tarbiyalangan parijliklarning aql
yo‘nalishidan qidirish kerak. Muallifning ushbu konsepsiyasi asar
personajlarini realistik tasvirlash, tarixiy manbani tanlash, roman-
ning kompozitsion qurilishini belgilaydi.
O‘z novellalarida Merime murakkab vazifani hal qiladi: birgina
voqea orqali butun xalqning tarixini, o‘zga davrlarni ko‘rsatish. Un-
ing “Mateo Falkone” (1829) hikoyasi novellestik mahoratning shoh
asari hisoblanadi. Novellaning markaziy voqeasi – sotqinlik qilgan
o‘g‘ilning ota tomonidan o‘ldirilishi. Fortunatoga otasi tomonidan
chiqarilgan hukm, Mateoning oila sha’ni haqidagi tasavvurining
bo‘rttirib ko‘rsatilshi emas. Novellaning boshqa qahramonlari ham
axloq qoidalarini shunday tushunishadi. Hattoki, qattiq qayg‘uga
198
tushgan Fortunatoning onasi Juzeppa ham erini haq ekaniga is-
honadi. Hikoyaning prozaik ohangi, korsikaliklarning urf-odatlari,
irodali va jasur qahramonning fojeadan oldingi hayoti – bularning
hammasi o‘ziga xos ma’naviy muhitni yaratadi. Korsikaliklar hayo-
tiga bag‘ishlangan “Kolomba” (1840) novellasida ham o‘z o‘lkasi
va uning odatlari bilan aloqani uzmagan odamlar uchun vendetta
(Korsika orolida qonga qon bilan o‘ch olish) bo‘lishi muqarrar va
tabiiy tuyuladi.
Sevish va nafratlanishni biluvchi, kuchli va irodali (Kolomba,
Mateo Falkone) qahramonlar Merimega yaqin. U ularning shafqa-
tsizligi, nodonligi, tiyiqsizligi, sho‘rtumshuqligini ko‘rsatishi
mumkin, biroq qoralamaydi. O‘zlarini madaniyatdan bahramand
bo‘lganmiz, deb hisoblaydigan qahramonlar esa, aksincha, joziba-
sini yo‘qotganday. “Tamango” (1829) novellasida ikki dunyo, ikki
qahramon – qora tanli jangchi Tamango va kapitan Ledu qarama-
qarshi qo‘yiladi. Mohiyatan har ikkisi ham bir xil vazifa – “qora da-
raxtni” sotish bilan shug‘ullanadi, biroq ularning obrazlari struktura
jihatdan bir-biriga mos kelmaydi. Tamango o‘z qabiladoshlariga
nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lsa-da, ular orasida qad-
imdan shakllangan urf-odatga mos keladi. Leduning xuddi shunday
faoliyati esa axloq-odob doirasida “yuz chandon ortiqroq darajada
jinoyatkorona”, chunki uning shafqatsizligi zamirida faqatgina mod-
diy manfaat yotadi. Kapitan Ledu haqida gapirganda, Merimening
sokin hikoya qilish ohangida achchiq kinoya seziladi. Axir aynan
kapitan qora tanlilar uchun birinchi bo‘lib qo‘lkishan va zanjirlarn-
ing yangi sistemasini qo‘llaydi, u palubalar orasidagi xonalarni faqa-
tgina bir maqsadda – qullarni ko‘proq joylashtirish uchun qayta jiho-
zlaydi. Ledu boshqargan kemaning romantik nomlanishi (“Umid”),
uning insonparvarlik haqidagi balandparvoz safsatasi uning portret
chizgilariga yakun yasaydi. Ovrupa madaniyati “shak-shubhasiz
ustunlikka” erishdi, chunki u qora tanlilarga bo‘yinbog‘ taqishni
o‘rganib oldi, deb qayd qiladi Merime.
199
Zodagonlarning ma’naviy qashshoq hayotiga bag‘ishlangan no-
vellalar orasida “Qo‘shaloq xato (1833)” va “Arsena Giyo” (1844)
alohida ajralib turadi. So‘nggi novellada zodagon ayolga buzuq ayol-
ni qarama-qarshi qo‘yishga jur’at qiladi va Arsenaning ma’naviy af-
zalligini ko‘rsatadi.
1830-yilgi inqilobdan keyin Merimening badiiy ijodga bo‘lgan
qiziqishi birmuncha so‘nadi. Bu davrda u asosan tarix, arxeologiya,
san’atshunoslikka oid asarlar yaratadi. 1848-yil inqilobidan keyin
esa, deyarli hech narsa yozmaydi. O‘limidan bir yil oldingina uning
“Lokis” novellasi chop etildi. .
Yangi davr realizmining xususiyatlari atoqli yozuvchi G.Flober
Dostları ilə paylaş: |