Neoromantizm vakillari jamiyat qonun-qoidalarini, uning rivo-
jlanish yo‘llarini rad etdilar. Bu yo‘nalish, asosan, Angliya va Ger-
maniyada tarqaldi. Angliyada Stivenson, Konrad, Xaggard, Konon-
Doyl, Chesterton va Germaniyadan Gofmanstal, Gauptman, Gaze-
kklever singari adiblar ushbu yo‘nalishning yirik namoyondalari
sanaladi. Neoromantiklar zamonaviy jamiyat qadriyatlarini rad etar
ekan, o‘z o‘quvchilarini uzoq o‘tmishga yoki sivilizatsiya ta’siridan
yiroq ekzotik o‘lkalarga(Afrika, Osiyo, Janubiy Amerika) olib bora-
dilar. Ularning favqulotda kuchli, romantik qahramonlarini yorqin,
bo‘yoqlarga boy, g‘aroyib sayohatlar bilan to‘la dunyoda faoliyat
ko‘rsatadi.
XIX asr so‘nggi choragida bo‘y ko‘rsatgan yana bir adabiy oqim
estetizm bo‘lib, uning yorqin namoyandasi ingliz yozuvchisi Oskar