220
bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan «Mustaqil teatr» bilan
bog‘liq. Ushbu teatrda Ibsen, Chexov, Gorkiy singari dramaturglarn-
ing mashhur asarlari sahnalashtirildi. B.Shou
yaratgan dastlabki py-
esalar
«Yoqimsiz pyesalar» nomi bilan ataluvchi turkumni tashkil
etadi. Bunga «Bevaning hujralari» (1892), «Sansolarlik» (1893),
«Uorren xonimning kasbi»(1893–94) pyesalari kiradi. Ularda katta
boylikka ega, tinch hayot kechiruvchi, sirtdan ancha insofli va sa-
lobatli ko‘rinsa ham, aslida boylik to‘plashga hirs qo‘ygan, insoniy
his-tuyg‘ulardan mahrum kishilarning tipik obrazlari namoyon buladi.
«Uorren xonimning kasbi» pyesasida kambag‘al kishilarning fo-
jiali hayotini ai’anaviy boylikka hirs qo‘ygan mulkdorlarning ish-
larida ochiq ko‘rsatiladi. Uorren sobiq fohisha bo‘lib, ushbu «kasb»
orqali anchagina boyigan ayol. U Ovrupaning katta shaharlari –
Berlin, Bryussel, Budapeshtda xotin-qizlar saqlanadigan bir qancha
maxsus uylarni boshqaradi. Uorren xonim o‘z opalarining qisma-
tini o‘ziga ravo ko‘rmaydi. Opalarining biri 12 soatlab ishlab, oxir-
oqibat, salomatligi yomonlashib hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, ik-
kinchisi ham kichik chinovnikka turmushga
chiqqanligiga qaramay,
muhtojlikda yashab vafot etgan edi.
«Yoqimsiz pyesalar”da Shouning sahna asarini o‘qishga
mo‘ljallangan pyesaga aylantirish tendensiyasi ko‘zga tashlana
boshlaydi. Asarga nafaqat holatni ko‘rsatuvchi, balki qahramonlarga
xarakteristika beruvchi katta-katta remarkalar kiritiladi. Shou pyesal-
arining ikkinchi turkumi «Yoqimtoy pyesalar» bo‘lib, unga «Qurol
va inson» (1894), «Kandida» (1895), «Taqdir bandasi» ( 1898) ko-
mediyalari kiradi. Bu asarlarda satirik tasvir uslubi o‘zgaradi. «Yo-
qimsiz pyesalar»da muallif ijtimoiy tuzumning jirkanch tomonlarini
ochiq-oydin tasvirlagan va birinchi navbatda ijtimoiy muammolarga
murojaat etgan bo‘lsa, «Yoqimtoy pyesalar»da asosiy e’tiborni axlo-
qiy masalalarga qaratadi.
«Qurol va inson» pyesasida urush haqidagi soxta qarashlar, ro-
mantik xayollar, shovinistlarning targ‘ibotlari ta’sirida inglizlarda
tug‘ilgan urushqoqlik kayfiyatlari tanqid qilinadi.
221
1897–1899-yillarda 3 ta pyesadan iborat «Puritanbop pyesalar»
yaratildi.
1914–1918-yillari Shou ijodida qarama-qarshiliklar, izlanishlar
davri bo‘ldi. Bu yillarda u Fabian ta’limoti, idealistik falsafasining
«hayotiy qudrat» konsepsiyasi tarafdori bo‘ldi. («Inson va komil in-
son» pyesasi, 1903) 1912-yilda yaratilgan «Pigmalion» komediya-
sida B.Shou demokratik qarashlari o‘z ifodasini topdi.
Birinchi jahon
urushi davrida yaratilgan eng yetuk asar «Yurak-
larni tilka-pora etguvchi xonadon» pyesasi bo‘lib, u 1919-yilda
nashr etildi. Asarda urush arafasidagi Angliya hayotining keng
manzarasi aks ettirildi. Ijtimoiy tanqid pyesada Angliya ziyolilari
vakillari bo‘lgan qahramonlar ruhiy olamini chuqur tahlil qilish bi-
lan uyg‘unlashib ketgan. Sobiq, dengizchi
Shotoverning kema shak-
lida qurilgan uyi. Angliya jamiyatining ramzi sifatida tasvirlangan
bo‘lib, bu uy, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarni kutayotgan
yo‘lovchilarni yodga soladi.
Pyesada aniq, syujet chizig‘i ko‘zga tashlanmaydi. Muallifni aso-
san qahramonlarning kayfiyati, atrof-olamni qanday qabul qilishlari
qiziqtiradi.
Ularda aniq bir maqsad, harakat va,
eng asosiysi, idealn-
ing o‘zi yo‘q. Shuning uchun asar finali ham ramziy xarakterga ega:
urush boshlandi, dushman samolyotlari bomba tashlamoqda, kapi-
tan Shotover xonadonining a’zolari uchuvchilarni
jalb qilish maqsa-
dida barcha xonalardagi chiroqlarni yoqib qo‘yishadi. Ellining «Bu
uyga o‘t quying!»-degan xitobi qalblari majruh kishilar bilan to‘la
xonadonlarda istiqomat qiluvchi barcha insonlarga tegishlidir.
20–30-yillarda yaratilgan asarlar orasida “Avliyo Janna” (1923),
“Olma ortilgan arava” (1929), “Achchiq, lekin haqiqat” (1932) py-
esalari alohida o‘rin tutadi. B.Shou mumtoz teatr an’analarini boyit-
gan novator sifatida adabiyot tarixidan joy oldi.
Dostları ilə paylaş: