O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Futurizm (lot.futurum – kelajak) – yyyetakchi avangard oqim-
lardan biri bo‘lib, Italiya va Rossiyada rivojlandi. Uning tamoyilla-
rini italiyalik yozuvchi F.Marinetti (1876–1944) shaxsiyatparastlik, 
isyon  ruhi  bilan  sug‘orilgan  “Futurizm  manifesti”  (1909)da  aso-
sladi. Uning tezislari orasida quyidagilar ham bor edi: “Kurashsiz 
go‘zallik yo‘q. Tajovuzkorliksiz durdona yo‘q”; “Biz muzeylar, ku-
tubxonalarni vayron qilmoqchi, nasihatguylik, feminism (ayollarn-
ing teng huquqli bo‘lishi uchun kurashish), va boshqa tubanliklarga 
qarshi kurashmoqchimiz”.
Marinetti texnika yangiliklari, mashinalar, motorlar kabi urbanis-
tik sivilizatsiyaning ajralmas qismlarini kuylovchi “kelajakning din-
amik adabiyoti” kelganini e’lon qildi. U o‘zining bir qator manifest-
larida  (1909–1915)  futuristik  stilistikaga  oid  asosiy  talabni  ishlab 
chiqdi, bu: an’anaviy sintaksisni tubdan o‘zgartirish va deyarli to‘liq 
otlardan iborat bo‘lgan, fe’l va sifatlardan esa juda kam foydalanuv-
chi o‘ziga xos “telegraf tilidan” foydalanish. 
“Qisqacha aytilsa, futurizm namoyandalari jamiyatdagi taraqqi-
yot tendensiyalaridan kelib chiqqan holda, uning ertasini, ertangi 
inson va insoniy munosabatlarni o‘zlaricha tasavvur qiladilar va 
shunga mos adabiyotni yaratish da’vosi bilan maydonga chiqadilar. 
Ya’ni futurizm asrlar davomida shakllangan an’anaviy madaniyatga 
ilmiy-texnik taraqqiyot va urbanizatsiyalashuv davri madaniyatini 


224
qarshi qo‘yadi. Kelajak haqidagi tasavvur esa mazkur jarayonlar bi-
lan bog‘liq holda kishilar dunyoqarashi, axloqi, turmush tarzi va shu 
kabilarda yuz berayotgan o‘zgarishlarni mutlaqlashtirish asosida 
amalga oshiradi.”
27
Rossiyada futurizm deyarli mustaqil shakllandi va V.Xlebnikov, 
D.Burlyuk, V.Kamenskiy, A.Kruchenix  va V.Mayakovskiy  ijodida 
namoyon bo‘ldi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin