262
tahlil qiladi. Vaqt me’yorlariga rioya qilinmaydi, tilda yangilikka
e’tibor qaratiladi, chunonchi, punktuatsiya, grammatika va b.larda
erkin harakat qilinadi. Aloqasi bo‘lmagan rasmlar matnga kirib qo-
ladi, sahifalar bo‘sh tashlab ketiladi va h.k...
Antiromanga misol sifatida V.V.Nabokov “Rangsiz olov” deb
nomlangan 999 misradan iborat dostonini keltirish mumkin. Doston
ko‘plab adabiy allyuziyalar bilan to‘ldirilgan. Yoki Xulio Kortasarn-
ing “Mumtozlik o‘yini” romani alohida strukturasi
bilan ajralib tura-
di. Muallif so‘zboshisida kitobda “ko‘p kitob” borligi bayon qilina-
di. Ya’ni kamida ikki xil o‘qish kerakligi uqtiriladi. Birinchisi oddiy
o‘qish bo‘lib, bunga romanning ikki dastlabki qismi kiradi: “U to-
mondan” va “Bu tomondan”. Ikkinchisi, maxsus o‘qish hisoblanib,
bunda yana qo‘shimcha ravishda romanning “Narigi tomonlardan”
deyilgan qismlarni o‘qish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: