O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Modernizm va o‘zbek adabiyoti. Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti 
bu yangilangan adabiyotdir. Zero, u ozod tafakkur mevasi o‘laroq 
maydonga  tusha  boshladi.  Ammo  u  yo‘q  yerda  paydo  bo‘lmadi. 
Cho‘lponning  XX  asr  avvalida  “bir  xil,  bir  xil...  ko‘ngil  yangilik 
qidiradir” deganidayoq yangilikka intilish tug‘ilib bo‘lgandi. Shu 


266
ma’noda, muayyan an’ana, tajriba bor edi. Demak, Istiqlol davri 
yangi o‘zbek asarlarining asosiylari, albatta, an’anadan uzilgan 
g‘uddalar emas, aksincha, o‘sha silsilaning davomi o‘laroq dunyoga 
keldilar, kelmoqdalar. Shu bilan birga, erkin badiiy tafakkur mah-
suli sifatida o‘zini (olam ichra olam, ya’ni bir butun tizim o‘laroq) 
namoyon  qilayotgani  kishini  behad  quvontiradi.  Bugun  yurtimiz 
ijodkori o‘z nuqtai nazarini, qadim Sharq adabiyotida bo‘lgani kabi, 
olami sug‘ro – mukarram Insonga, uning qalbiga qaratgan. Hamda 
botindagi murakkab jarayonlarni bayonchilik yo‘li bilangina emas 
(chunki bunday usul bor, bo‘ladi va bu g‘oyat tabiiydir), ayni pay-
tda, umuminsoniy va umumzamoniy mezonlarga suyangan holda 
Majoz vositasida ham qog‘ozga tushirmoqdalar, san’atga aylantir-
moqdalar. 
Biroq yo‘nalishlar haqida gap ketganda, masalaning nazariy ji-
hatiga oid bir gapni alohida ta’kidlab aytishga ehtiyoj tug‘iladi. U 
ham bo‘lsa, adabiyot, ayrim avangard oqimlar da’vo qilayotganidek, 
boshqotirma o‘yinlardangina iborat emas. To‘g‘ri, unda o‘yinlik xu-
susiyati bor, lekin “o‘yin” adabiyotning o‘nlab sifatlaridan bittasi, 
xolos. Chinakam adabiyot hamisha odamlar bilan birga bo‘ladi, 
odamlarning quvonchu tashvishini tarannum etadi va shu tarzda 
ularga yelkadosh, taqdirdosh, dildosh bo‘ladi, bo‘lishi kerak. 
Kecha – sho‘rolar zamonida adabiyotda shakl mazmun (g‘oya)ga 
qurbon qilinayozgan edi. Modernizmda esa, ko‘pincha, buning tes-
karisiga duch kelamiz: shakl ketidan quvilib, mazmun boy beriladi 
(yoki shunchalar chuqur berkitiladiki, natijada muallifning o‘zi ham 
qayta o‘qiganda o‘z asari mohiyatiga yetib borolmasligi mumkin). 
Aslida, har ikkovi o‘rtasidagi zargarona mutanosiblik hamda bun-
ing oqibatida kelib chiqadigan buzilmas muvozanat badiiy asarning 
yaroqliligi va zavq ila o‘qishliligini ta’min etadi. Bunday asarlarga 
davrlar va ulardagi o‘zgarishlar juda kam ta’sir qiladi. Mumtoz ad-
abiyot namunalari bir davr chegaralarini oshib o‘tib, barcha davrlar-
ga xizmat qiladi. Shuning uchun ham u mumtoz hisoblanadi. Tafak-
kur erkinligi bois, Istiqlol davri o‘zbek ijodkori ham xuddi shunday 


267
asarlar yozish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi. Endi ijodkorning ijod 
maydoni ikki daryo oralig‘i emas, balki ikki qutbdir.
Mo‘tadil iqlim, uyg‘un muhit bo‘lmasa, ko‘chirib keltirganingiz 
bilan ko‘chat tomir otmaydi. Shu ma’noda bugungi o‘zbek adabiy-
otidagi yangi izlanishlarni o‘tgan asrning birinchi yarmida Ovru-
pada tug‘ilgan modernistik oqimning g‘arib taqlidi deb bo‘lmaydi. 
Bir-biriga monand ijtimoiy-tarixiy davrlar o‘xshash kayfiyatli adabi-
yotlarni vujudga keltiradi. Chunonchi, dunyo folklorida qanchadan 
qancha bir-biriga mengzaydigan qahramonlar mavjud. Lekin bu, ular 
bir-birlaridan ko‘chirib olishgan, degan ma’noga kelmaydi. Ijodiy 
ta’sirlanishning yonida o‘sha millatlar o‘tmishidagi siyosiy-ijtimoiy-
madaniy  va  psixologik  muhit  o‘xshashligi  omilini  aslo  yodddan 
chiqarmaslik kerak. Zero, o‘xshash muhitlar o‘xshash adabiy qahra-
monlaru ularning bir-biriga monand kayfiyatlarini dunyoga keltira-
di. Demak, Ovrupaning modernistik adabiyoti bu Ovrupanikidir va 
bu adabiyot o‘z davrida o‘z vazifasini o‘tab, asosan o‘sha yerda qol-
di. O‘zbek adabiyotidagi yangi (modernnoma) adabiyot kayfiyatiga 
Ovrupa modern adabiyotining oz-moz ijodiy ta’siri (ko‘proq shakliy 
ma’noda) bor albatta, lekin u mohiyat-e’tibori bilan Sharq, xususan, 
o‘zbek  insoni  dunyoqarashidagi  ijtimoiy-psixologik  o‘zgarishlar 
negizida  tug‘ildi.  Shunga  ko‘ra,  yangi  (modern)  o‘zbek  adabiyoti 
milliy zaminda ildiz otgan bo‘lib, u Ovrupa modern adabiyotidan 
ko‘chirilgan nusxa yoki unga taqlid emas, deya qarash mumkin. 
XX asr o‘zbek adabiyoti “Yangi o‘zbek adabiyoti” deb nomlanadi. 
Chunki ham nasr, ham nazmda tubdan o‘zgarishlar yuz bergan, ilk 
dramatik asarlar vujudga kelgan va bu chinakamiga yangi hodisa, 
yangi  adabiyot  bo‘lgan  edi. Adabiy  shakllar  asosan  tashqaridan  – 
o‘zga xalqlar adabiyotlaridan qabul qilingani ham haqiqat: roman, 
drama va yangicha she’r shakllari shular jumlasidan. XX asr adog‘i 
va XXI asr boshi o‘zbek ijodkori badiiy-estetik tafakkur tarzidagi 
yangilanishlar  esa  bir  qadar  boshqacha  tabiatga  ega.  Bunda  shakl 
va mohiyatning o‘zi ichkaridan yorib chiqdi. Demak, tashqaridagi 
adabiyotga ergashishning hissasi o‘ta salmoqli bo‘lmagan. Shunga 


268
ko‘ra, uni tom ma’noda o‘zbek modern adabiyoti deyish ham biroz 
bahstalab bo‘lib, bu boradagi izlanishlarning asosiysi hali oldinda.
Xullas,  Istiqlol  davrida  yangilangan  badiiy  tafakkur  Erkin 
A’zamning  “Stupka”,  Xurshid  Do‘stmuhammadning  “Qichqiriq”, 
Nazar  Eshonqulning  “Bahouddinning  iti”,  Rahimjon  Rahmatning 
“Adashvoy”,  Isajon  Sultonning  “Suvdagi  kosa”,  Ulug‘bek  Ham-
damning “Bir piyola suv” kabi hikoyalarini berdi. Nomlari zikr etil-
gan  va  yana  Omon  Muxtor, Ahmad A’zam,  Olim  Otaxon,  Murod 
Karim kabi nosirlar, Bahrom Ro‘zimuhammad, Tursun Ali, Faxri-
yor, Aziz Said, Shermurod Subhon, Go‘zal Begim singari shoirlarn-
ing  izlanishlari  yangi  (modern)  o‘zbek  nasri  va  nazmining  o‘ziga 
xos namunalari hisoblanadi. 
Xullas, modernizm garchi “dunyo madaniyati markazida Ovrupa 
madaniyati (ovrupasentrizm) turadi”, desa-da, u bilan bog‘liq butun 
boshli qarashlar tizimi, bu tizim vujudga keltirgan san’atu adabiyot 
o‘rganilishi lozim. Chunki u bashariyatning ming yillar mobaynida 
bosib o‘tib kelayotgan falsafiy, badiiy-estetik tafakkur yo‘lining bit-
ta bosqichi sifatida o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin