Fransiya o‘rta asrlar adabiyoti. Zamonaviy Fransiya hududida
qadimda kelt xalqlari guruhiga mansub bo‘lgan gall qabilalari is-
tiqomat qilgan bo‘lib, ular keyinchalik rimliklar tomonidan bosib
olingan. V asrga kelib german qabilalaridan bo‘lgan franklar gall
yerlarini bosib olganlar va tez orada ular mahalliy xalqlarning
ta’sirida assimilyatsiyaga uchraganlar.
Uzoq vaqt mobaynida hozirgi Fransiya hududi Frank davlati
tarkibida bo‘lgan. Buyuk Karl (768–814) qirolligi davrida mamlakat
har tomonlama rivojlanib qudratli davlatga aylangan. Karlning va-
fotidan keyin mazkur davlat parchalanib ketishi natijasida (843-yil)
Reyn daryosining g‘arbiy hududida Fransiya davlati shakllana bosh-
lagan. Buyuk Karlning nabirasi “taqirbosh” laqabli Karl bu davlat-
ning birinchi qiroli hisoblanadi.
Aynan IX asrda fransuz tili shakllana boshladi. Agar kato-
lik cherkovining tili lotin tili bo‘lsa, oddiy xalq “roman” tilida
so‘zlashgan. Bu tilning shakllanishiga gallar va german qabilalar-
ining ta’siri bo‘lgan bo‘lsa-da, uning asosini “vulgar lotin”i tashkil
etdi. Asrning boshlaridayoq (813-yil) Tur ibodatxonasidagi diniy
va’zlar xalqqa tushunarli bo‘lishi uchun roman tilida o‘qila bosh-
langan edi.
Bizgacha o‘rta asrlar adabiyotidan epik dostonlar, kichik hajmda-
gi lirik she’rlar, roman va diniy mavzudagi dramalar, latifaga yaqin
turuvchi hikoya – fabliolar yetib kelgan.