O’zbekiston republikasi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə9/10
tarix02.03.2018
ölçüsü0,6 Mb.
#43688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Adabiyotlar ro’yxati:

1.Karimov I. A. O’zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.:

«O’zbekiston»1995.

2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikkka tahdid,

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997.

3.Gaffarov A.Z., Yugay A.X.Pedagogik amaliyot. Toshkent, 2002.

4.G`oziyev E.G`. Psixologiya(Yosh davrlari psixologiyasi). T., O`qituvchi,

1994.


6.Davletshin M.G., Do`stmuxamedova Sh.A., To`ychiyeva S.M., Mavlonov

M. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. T.: TDPU, 2004 y.

7.Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o’qituvchisi psixologiyasi.

Toshkent,1998.

8. Shcherbakov A.I. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan

praktikum. Toshkent, 1991.

9.Psixologiya. Qisqacha izohli lug’at. Toshkent, 1997.
Psixolog olimlar

Donil Borisovich El`konin 1904 yilda Poltova gubernyasida tug`ilgan.1984 yilda vafot etgan. U Leningrad pedagogika institutida ishlay boshlaydi. Vigotskiy bilan hamkorlikda bolalar o`yinlari muammolarini o`rganadi. U Vigotskiyning dunyoga mashhur ilmiy maktabi a`zolaridan biri sanaladi. El`konin ko`p yillar davomida eksperimental hamda nazariy ishlarini amalga oshirib, yosh va pedagogik psixologiya sohasida o`z maktabini yaratdi.
Oleg Konstantinovich Tixomirov 1933 yilda 4 aprelda Rossiyada tug`ilgan. MDU falsafa fakulteti, Psixologiya bo`limini (1956)va aspiranturasini (1959) tugatgan. Psixol.f.d.(1968), prof.(1971) MDU umumiy psixologiya kafedrasi mudiri(1990-2001)ilmiy qiziqishlari: umumiy psixologiya: 1970-80 yillarda ijodiy faoliyaning maqsadga muvofiqligi inson va kompyuter muloqoti muammosi ishlab chiqilib Tixomirov tomonidan yangi yo`nalish komptyuerlashirish psixologiyasiga asos solindi. Asosiy ilmiy ishlari :”Maktabgacha yoshdagi bolalar harakaini boshqarishda nuqning ahamiyati” 1959 “Aqliy faoliyat strukturasi” 1968.
Iivan Mixaylovich Sechenov.1829-yil Simbisk Tyopli qishlog`ida tug`ilib 1905-yilda

Moskvada vafot etgan.taniqli psixolog ba fiziolog .1851-yil Moskva universitetining meditsina fakultetiga o`qishga kirib alo baholarga tugatadi 1956-va 3yilmobaynida germaniyada tafsil oladi.U yerda nafaqat biologiya fanlari bilan balki fizika va analitik kimyo bilan ham shug`ullanadi.Germaniyada taxsil oladi. Germaniyada u D. I. Mendelev, A.P.Borodin, rassom A.I. Ivanovlar bilan tanishadi. Shu yillarda uNerv Markazlari fiziologiyasi, tatqiqotida hayvonlardagi ongsiz harakatlardan torib insonlardagi oliy idrok jarayonlarigacha bo`lgach turli nerv hodisalarini tahlil etadi.


Rubinshteyi Sergey Leonidovish 1889-yil tug`ulib 1960 yilda vafot etgan. Psixolog va filosof. U falsafa bo`yicha Marburg Germaniyada taxsil olgan. MDU professori 1942-yili MDU birinchi psixologiya kafedrasi mudiri. Qator yillar RSFSR PFAsida psixologiya institutini boshqargan . Ilmiy qiziqishlari . umumiy psixologiyan ing nazariyasi va metodologiyasi qobilyatlar psixologiyasi. Birinchilardan bo`lib psixologiyada markaziy bo`lgan faoliyati Yondashuv nazariyasi – ong va faoliyat birligi tamoyilini tuzgan 1922- 30-yillarda bu tamoyilni mustahkamlagan. Rubinshteyn umumiy psixologiya bo`yicha ko`pgina darsliklarning muallifi. Asosiy ilmiy ishlari . (ocnovi obshiy psixologii, (bitie i soznanie )1957 , ( prinspi i puti razvitya psixologiyee -
Ivan Petrovich pavlov. 14-sentyabr 1849-yili Rossiya , pyazan shaxrida tug`ilib, 27-fevral 1936-yilda vafot etgan. Rus fiziologi. Pavlov oliy nerv faoliyati (Onf) haqidagi Sechenovning g`oyalrini rivojlantiradi. Evalyutsion --bioloik mazmunga ega bo`lgan organizmning o`z-o`zini reflektor boshqarish haqidagi tasavvurlari Pavlov uchun ustuvor ahamiyatga ega bo`ldi. Odam va hayvon oliy nerv faoliyati orasidagi sifat farqlarini aniqlab, Pavlov ikkita signal sistemasi to`g`risidagi ta`limotni ilgari surdi. 1- (sensor) signallar, 2- (nutq) signallar bilan o`zaro bog`liqdir. Ovqat hazm qilish fiziologiyasi sohasidagi ishlari uchun 1904 yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Natalya Aleksandrovna Menchinskaya 1905 yilda tug`ilgan 1984 yilda vafot etgan. L.S.Vifotskiyning shogirdi sifatida o`qitish psixologiyasi bo`yicha iliy maktab yaratgan psixologlardan biri. Uzoq yillar psixologiya instituti direktor o`rinbosari sifatida faoliyat ko`rsatgan. Olimaning ilmiy yo`nalishi markazida o`qitish psixologiyasi, pedagogik psixologiya turadi. U o`zlashtirishi past bo`lgan o`quvchilar bilan ishlashning psixologik asoslarini ishlab chiqdi.

Aleksey Nikolayevich Leontev 1903 yilda Moskvada tug`ilgan. 1979 yilda vafot etgan.Psixolog , professor. Upsixologiya fanida yangi yo`nalish – faoliyatning umumpsixologik nazariyasini ilgari surdi.
Evgeniy Aleksandrovich Klimov 1930 yil 11 iyunda Vyatskiy Polyani qishlog`ida tug`ilgan.Psixolog , psixol.f.d.(1969), prof. (1970) mehnat psixologiyasi bo`yicha yirik mutaxasis, PFA akademigi. Klimov Qozon universiteti tarix- filologiya fakultetining rus-tili, mantiq va psixologiya bo`limlarini tugatgan. (1953) Ilmiy qiziqishlari : insonning mehnat subyekti sifatidagi individual, tipologik va kasbiy faoliyati xususiyatlari. “Nerv sistemasining tipologik xossalariga ko`ra faoliyatning individual uslubi” (1968)”Mehnat psixologiyasiga kirish”(1988).
Pyotr Yakovlevich Galperin 1902 yilda Tambovda tug`ilib, 1988 yilda Moskvada vafot etgan.Psixolog. Xarkov meditsina institutini tamomlagan(1926), psixologiya fanlari doktori (1965),MDU da dotsent(1943, professor(1966),MDU yosh psixologiyasi kafedrasi mudiri (1971))

Galperin umumiy, yosh va pedagogik psixologiya sohasida yeuk mutaxasis. U inson aqliy faoliyatining rejali, bosqichma- bosqich rivojlanishi nazariyasi orqali dunyo psixologlari orasida alohida o`ringa ega.


Lev Semyonovich Vigotskiy 1896 yilda Belorussiyada tug`ilib, 1934 yili Moskva shahrida vafot etgan. Ilmiy qiziqishlari: rivojlanish psixologiyasi, psixologiya falsafasi, nazariy psixologiyaL.S> Vigotskiy MDUga o`qishga kirib, meditsina hamda huquq bo`yicha ta`lim oladi. 1925 yili Vigotskiy o`zining “San`at psixologiyasi” bo`yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi.U keng miqyosda pedagogika, ilmiy psixologik maslahat va tadqiqot faoliyati bilan shug`ullanadi. Vigotskiy bolalar rivojlanishi nazariyasini talqin etadi. Umadaniy tarixiy yondashuv bilan o`sha davr talablarini birlashtirmoqchi bo`ladi. Vigotskiyning eng mihim ilmiy tadqiqotlaridan biri –bu “rivojlanishning yaqin zonasi”bo`lib hisoblanadi.
Karl Gustav Yung 26 iyul 1875 yili Shvedsariyada tug`ilib, 1961 yili vafot etgan. Ilmiy qiziqishlari: din muammolari, psixoanaliz, Kalkutta(1938),Garvard(1936, Ollohobod(1938) universitetlarining faxriy doktori, Bazel universitetining meditsina psixologiyasi professori. Asosiy ilmiy ishlari: “Ongsizlik psixologiyasi” 1912, “Psixologik tiplar” 1933 va boshq.)
Erik Erikson 1902 yilda tug`ilgan. Amerikalik psixolog, egopsixologiya namoyondasi.Psixoanaliz tezisiga shaxs va jamiyat antogonizmini qarama-qarshi qo`yib, shaxs hatti-harakatlarining biosotsial tabiati va adaptiv xarakterini ta`kidlagan. Erikson fikricha: jamiyat hayoti bilan bog`liq tarixiy burilishlar (urush, inqilob va boshq)va ommaviy nevrozlar bir-biri bilan shartlangan (bog`liq)dir. Shu munosabat bilan tashkil etiladigan terapevtik ishlar mijozga yo`qotilgan identiklik hissini qaytarishga qaratilishi lozim.
Uilyam Shtern 26 aprel 1871 yilda tug`ilgan.nemis psixologi . Berlin universitetida G. Ebbingauzdan tahsil olgan. U 1906 yilda berlin amaliy psixologiya institutiga asos soladi. U (Amaliy psixologiya jurnalini) nashr etishga kirishadi .Maskur jurnalda Shteyn psixotexnika konsepsiyasini rivojlntiradi. Biroq bolalarning psixik rivojlanishini o`rganish unda ko`proq qiziqish uyg`otadi.U1919-yilda ochilgan gamburg psixologiyasi institutining tashkilotchilaridan biridir. 1934-yilda Shteyn AQShga o`tadi va Dyuk universitetuti professori lavozimida umrining o`xirigacha ishlydi. Shteyn bola shaxsi rivoj;anishi o`zining tatqiqotlari markaziga qo`ygan dastlabgi psixologlardan biridir. Shaxsni yaxlit o`rganish, uning shakllanishi qonunyatlari Shteyn ishlab chiqqan Personalizm nazariyasining asosiy maqsadi edi.
Gustav Teodor Fexner 19-aprel 1801- yili Germaniya, Grocc - zarxenda tug`uldi.,18- noyabr 1887- yili Germaniya,Leyptsigda vafod etdi. Ilmiy qiziqishlari: ekspererntal psixologiya va san`at. Malumoti: - Leyptsig universitetutining meditsina darajasi 1822. Kasbiy faoliyati- Leyptsig universitetining fizika professori 1834-1849). Fexner o`z tatqiqotlari orqali nemis olimlari ichida eksperemental psixologiya asoslarini yaratdi uning asosiy ilmiy tatqiqotlari galvanik elementlar batareyasini tatqiq etishdan iborat edi. Ushbu ishda faoliyat ko`rsatyotgan davrda rang va tasvirni subektiv idrok etish mavzusidagi ishini e`lon qildi. Sezish intensivligi va fizik qo`zg`atuvchi intinsivligi orqasidagi logarifmik munosabatni Fexner 1850yili 22-oktabrda intuitiv tarzda, uyqusiz tunlardan birida ixtiro qildi. U bu qonunni “Veber qonuni” deb atadi. Biroq biz bilamizki bu qonun bu kunda “Fexner qonuni” deb atadi.
Zigmund Freyd. 6-may 1856-yil Moraviya Frayberda tug`ulgan, 23-sentabrda 1939-yili Anglya, Londonda vafod etgan. Ilmiy qiziqishlari – psixoanaliz, terapiya. Malumoti- magistr, Vena universiteti 1881. Kasbiy faoliyati- Vena universitetining hevrologiya professori (1902-1938) Vena psixoanolitik jamiyatining asoschisi- international Journal of psuchoanal usis Imagoning muharriri.. Z. Freyd1880-yillarda Venada tahsil olib vrachlik kasbini egallaydi. 1890-yildan boshlab to umrining oxirigacha 1939 yil psixoanaliz g`oyasi va ushbu yo`nalishdagi institutlarning rivojlanishida asosiy roll o`ynadi. Psixoanaliz- bu nazariya hamda ushbu nazariyaga asslangan metoddir. Freyd o`zining dastlabki eksperementlarini o`tkazganda (psixoanalitik metod assosida- suxbat orqali davolash maxsus o`rindiqda o`tgan respondentlarga o`zlarining erkin assotsiatsiyalarini bayon etish topshirilgan). uni kulgu shubxa va g`araz bilan qarshi olishgan. Freyd erkin assotsiatsiyalar va tush ko`rishlarni tahlil qilish tamoyillariga tayanuvchi o`zining psixaanalitik metodi yordamida ushbu haqiqatni ochganini e`lon qildi. Bularning barchasi uning nazariyasi asosini tashkil qildi va hozirgi vaqtda fan tomonidan tanqidiy baholanoqda.
German Rorshax. 1884-yili Shvetsariyada Tsyurixda tug`ildi. 2-aprel 1922-yili Shvetsariya Gerisauda vafod etdi. Ilmiy qiziqishlari:-psixadiagnostika, vizual proektiv testlashtirishning metodolagiyasi.. Malumoti- meditsina doktori. Kasbiy faoliyati – Gerisauda vrach psixiato, Shvetsariya psixoanalitik jamiyatining vetse- prezidendi 1919-1922- Rorshaxning yoshligida “kleks”(chizish, rasm solish) laqabi bor edi. Syurix universititida u Bleyler va Yunglardan ta`lim oladi. O`qish davrida ruhiy kasallarga qo`llangan assotsiativ so`zlar asosidagi Yung testlari va Freydning psixoanalitik konsepsiyasini tahlil qiladi. Shundan so`ng siyoh dog`lari bilan bog`liq eksperimentlarini boshlaydi.Keyinchalik Rorshax ushbu proekiv testlari orqali psixologiya tarixida qoldi.
Jan Piaje 9-avgust 1896 yili Nevshatel (Shvetsariya)da tug`ilib, 1980 yili Jenevada vafot etgan. Psixolog. Psixikaning davriy (stadial) rivojlanish kontseptsiyasini ilgari surgan. Dastlabki ishlarida bola tafakkurining o`ziga xos sifat xususiyatlarini tahlil qilib chiqqan. Bola tafakkurida magiya (so`z va ishoralarga tashqi predmetlarga ta`sir kuchi beriladi), animizm (predmetlar ong va irodaga bog`liq), artifitsiolizm(tashqi olam hodisalari insonlar tomonidan o`z maqsadlari uchun taeyorlangan deb hisoblanadi) singari xususiyatlar kuzatiladi. Boladagi egotsentrizm –ijtimoiylashuv orqali bartaraf etiladi. Asosiy ilmiy ishlari: “Bolaning nutq va tafakkuri” (1923) “Intellekt psixologiyasi” (1946).
Gabriel Tard 1843 yilda Frantsiyada tug`ilgan. Kriminalist va sotsiolog sifatida psixologik yo`nalish namoyondasi. Usud idoralari xodimi, statistik byuro boshlig`I vazifalarida ishlagan, so`ngra Parijdagi oliy o`quv yurtlarda dars bergan. Tardning sotsiologik qarashlari markazida taqlid fenoneni turadi. Uning fikricha barcha mavjudodning asosiy qonuni –butun olam yaralishi va davomiyligi anorganik tabiatda to`lqinsimon harakatlar orqali, organik olamda nasliy xususiyatlar orqali va jamiyat hayotida taqlid orqali amalga oshadi. Uningcha, jamiyatning o`zi- taqliddan iborat.
Jekob Levi Moreno 1889 yilda 6 may tug`ilib, 1974 yilda vafot etgan. Amerikalik psixiatr, ijtimoiy psixolog. Moreno fikricha, shaxsning ijtimoiy (farovonligi) muvaffaqiyati uning emosional aloqalardagi o`zaro simpatiya, bir-biriga intilish va bir-biridan yiroqlashishi bilan bog`liq shaxslararo munosabatlar tizimida tutgan o`rni bilan belgilanadi. Moreno ushbu psixologik fenomenlarni aniqlashga imkon beruvchi sosiometriya metodini ishlab chiqdi. Nazariy sosiometriyaning asosida ijtimoiy xayotning iqtisodiy, siyosiy, va xokazo turli qirralarni –insonlar o`rtasidagi munosabatlar, ulardagi bir – biriga nisbatan simpatiya yoki antipatiyani namoyon etishi orqali o`rganish yotadi. Sosiogramma –sosiometrik test yordamida kichik guruxlardagi shaxslararo munosabatlarni tadqiq etib, erishiladigan natijalarni qayta ishlashda ularning chizma tarzida ifodalanishidir.Psixodrama – guruxiy psixoterapiyaning bir turi bo`lib, unda ishtirokchilar aktyor va tomoshabinlar rolini navbatma – navbat ijro etishadi. Psixodramadagi voqealar ishirokchilar uchun muxim bo`lgan xayotiy voqealr asosida tashkil etilib, noadekvat emosional reaksiyalarni tuzatish maqsadida qo`llaniladi.
Kurt Levin 1980 yili tug`ilib, 1947 yili vafot egan. Nemis psixologi , psixologiyada shaxs va guruh nazariy konsepsiyasining muallifi, 1926 yildan 1933 yilgacha Berlin universitetining psixologiya va falsafa professori, 1933 yildan AQSh da vishlaydi va yashaydi. Kurt Levin maktabida amalga oshirilgan – to`xtatib qolingan harakatlarni eslash va qayta ishga tushirish, o`rnini almashtirish, kuchaytirish, frustratsiya va qiziqishlar darajasi borasidagi tadqiqotlar shaxs eksperimenal psixologiyasini rivojlantirishda muhim davrni tashkil etdi.
Vilyam Mak-daygall 22 iyun 1871 yili Angliya, Lankashir, Chaddertonda tug`ilib, 1938 yili AQSh, yuqori korolinada vafot etgan. Ilmiy qiziqishlari: klinik psixologiya, eksperimental psixologiya, psixoanaliz, gipnoz, nazariy psixologiya va psixologiya falsafasi. Ma`lumoti: Kembrij va Oksford universitetlarining gumanitar fanlar magistri. Kasbiy faoliyati: Oksford universitetining mental falsafa o`qituvchisi. Dyuk universitetining psixologiya kafedrasi mudiri. Mak-Daugall tasavvuriga ko`ra, psixologiyaning eng muhim vazifasi inson tabiatini barcha murakkabliklari orqali tushunishdir, bu uchun esa eksperiment- qudratli metod bo`lib hisoblanadi.
Abraham Harold Maslou 1 aprel 1908 yilda Nyu-Yorkda tug`ilib, 8 iyun 1970 yilda AQSh Koliforniya shtatining Menloparkida vafot etgan. Ilmiy qiziqishlari: abnormal psixologiya, motivatsiya, shaxs. Ma`lumoti: magistr(1931) Medisondagi Viskonsin universiteti falsafa doktori (1934) Kasbiy faoliyati: Kolumbiya pedagogika kolle jida E.L.Torndaykka ikki yil assistentlik qilganidan so`ng Maslou Bruklin kollejida o`qituvchilik faoliyatini boshlaydi va 1951 yilgacha shu vazifada qoladi.Maslou yuqori ehtiyojlarga katta urg`u beradi. Uningcha o`z-o`zini faollashtirish boshqa ehtiyojlar- bilish va tushunish, estetik ehtiyojlarni vujudga keltiradi. U o`z hayotini yuqori ehtiyojlar orqali tashkil etgan siymolar (Shveytsar, Enshteyn) faoliyatini bayon etadi.
Ernst Krechmer 8 oktyabrd 1888 yilda tug`ilib, 8 fevral 1964 yilda vafot etgan. Nemis psixiatri va psixologi, Tyubingen universitetining professori, Marburg (1926) va Tyubengen (1946) nevrologik klinikalarining direktori, ko`pgina ilmiy va meditsina tashkilotlarining faxriy a`zosi. Uning ishlari bir necha marta oliy Xalqaro mukofotlarga sazovor bo`lgan. Krechmer o`zining xarakterlar klassifikatsiyasi, shuningdek, meditsina psixologiyasi va psixoterapiya sohasidagi tadqiqotlari bilan ma`lumdir.

Kurs ishi mavzulari.

1 Yosh o`sishining turli bosqichlarida odamlar dunyosidagi social xodisalarning o`quvchilar tomonidan psixik aks ettirilishining dinamikasi.

2 O`quvchi psixik rivojlanishining turli yosh bosqichlarida bilim va tafakkur masalalarini xal qilish vaqtidagi nisbatlar muammolari.

3 O`quvchi psixik rivojlanishining turli yosh boswqichlarida mehnat extiyojlarini shakllantirishning psixik xususiyatlari.

4 O`quv faoliyati o`quvchi psixik rivojlanishning omili sifatida.

5 Maktabgacha yoshdagi bolaning o`z tengdoshini idrok etishi va unga baho berishi.

6 Maktabgacha yoshdagi bola xotirasining mahsuldorligiga motivlarning ta`siri.

7 Maktabgacha yoshdagi bolalarning o`z –o`ziga baho berishi va ularning qiziqish darajalari.

8 Turli temperamentdagi bolalarda o`z tengdoshlari bilan tez til topishib ketishinig namoyon bo`lishi.

9 Makabgacha yoshdagi xadiksirash va uyatchanlik odatlarini bartaraf qilish xamda ularda aktiv iroda sifatlarini tarbiyalash.

10 Insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallab olishi – aqliy rivojlanish va shaxs shakllanishining negizi.

11 Ontogenezda psixik rivojlanish dinamikasining tadbiq etilishi –xozirgi zamon yosh psixologiyasining actual muammosi.

12 Nutqni idrok etish va tushunish aqliy rivojlanish va maktab o`quvchisini tarbiyalash omili sifatida .

13 O`quvchilarning hamkorlikda amalga oshirgan o`quv faoliyatida shaxslararo munosabatlar qanday bo`lishini o`qituvchi tomondan oldindan aniqlab olishi – bu jamoa munosabatlarni shakllantirish jarayonini boshqarishning eng muhim shartidir.

14 Pedagogik muloqotning psixologik xususiyatlari o`quvchilarni tarbiyalash jarayonini boshqarish vositasi sifatida.

15 Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar emotsional reaksiyasining xususiyatlari .

16 Kichik maktab yoshdagi o`quvchilar axloqiy kategoriyalarini bilishning xususiyatlari.

17 Kichik maktab o`quvchilarning o`quv faoliyati va xulq atvorida axloqiy xususiyatlarning namoyon bo`lishi.

18 Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar tomonidan axloqiy hodisalarning baxolanishi.

19 Turli ijtimoiy nazorat sharoitida kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda axloqiy fazilatlarning namoyon bo`lish xususiyatlari.

20 Kichik yoshdagi o`quvchilarning ijtimoiy hodisalarni tushunishi va ularga nisbatan emotsional munosabat.

21 Kichik yoshdagi o`quvchilar tomonidan axloqiy hodisalarni tushunishda konkretlik va mavhumlikning roli.

22 Kichik yoshdagi o`quvchilarning o`qituvchini idrok etishining xususiyatlari.

23 Kichik yoshdagi o`quvchilarning o`zlashtirmaslik sabablarini psixologik jihatdan analiz qilish .24 Kichik maktab yoshida boholash va o`z –o`ziga baho berishning xususiyatlari.

25 Kichik yoshdagi o`quvchilarning o`quv faoliyati va xulq – atvorining motivlari.

26 Kichik yoshdagi o`quvchilarning jamoa ichidagi o`zaro munosabatlarining xususiyatlari.

27 Ta`limning turli bosqichlarida o`quvchilar o`quv faoliyatining motivlari va ularning bilimlarni o`zlashtirishga ko`rsatadigan ta`siri .

28 O`tilgan o`quv materiali mazmuningo`quvchi o`quv faoliyati tarkibiga ta`siri.

29 Odamlar dunyosida sodir bo`ladigan ijtimoiy hodisalarning o`quvchi tomonidan idrok etishi va tushunish dinamikasining o`sib borishi.

30 O`quv masalalarini o`quvchilar tomonidan xal qilish jarayonida bilim bilan tafakkurning o`zaro bir – biriga bog`liq ekanligi.

31 O`quvchining yosh jihatdan ulg`ayib borishidagi turli bosqichlarda o`quv faoliyati jarayonidagi shaxs kognitiv his – hayajon va sifatlarning o`zaro aloqadorligi.

Annotatsiya
Vatan istiqboli bugungi avlodning bilimdon, ma’naviy jihatdan barkamol insonlar bo’lib yetishishiga boglik. Bu o’rinda inson ruhiyati qonuniyatlari o’rganuvchi psixologiya fani alohida ahamiyat kasb etadi/. Insonni barkamol shaxs sifatida shakilantirishda psixologiya ilmi va uning amaliyotda to’g’ri yo’nalishga ega bo’lishi juda muhumdir. Ushbu o’quv uslubiy majmua ana shu tamoyillar zamirida pedagogika oily o’quv yurtlarida psixologiya fanlarini o’qitishning zamonaviy kontseptsiyasi hamda “ Psixologiya “fani dasturlari asosida yaratilgan.

Ma’lumki yosh davrlari va pedagogik psixologiya kursi psixologiya ilmining muhim tarmog’i sifatida, inson psixik jarayonlarining ontogenezdagi psixologik xususiyatlarini va odam shaxsining ta’lim – tarbiya sharoitida psixik tarraqiyotning xar bir davrida xos xususiyatlarini o’rganuvchi soxadir.

Pedagogik- psixologiya- ta’lim va tarraqiyotning o’zaro boglikni ,ta’limni tuzalishi, o’quvchilarning o’qish va bilish faoliyatini shaqillantirish hamda tarbiya psixologiyasining ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchi shaxsini barkamol inson sifatida shaqllantirish kabi muhim muammolarni tadqiq etadi.Bunda, o’quv tarbiya jarayonlarining o’ziga hos xususiyatlari, zamonaviy ta’lim-tarbiya nazariyasining vazifalari, uning etiopsixologik xususiyatlari hamda ular tomonidan yoritilgan shaxs taraqqiyotini boshqarish imkoniyatlarini o’rganiladi.

Uning muxim vazifalari – talabalarga psixologik-pedagogik vaziyatlarni samarali rejalashtira olishga, aqliy va shaxsiy taraqqiyot bilimlarini unumli egallashga , turli yosh davrlarida psixik tarraqiyot qonunlarini tug’ri anglab, psixotaxshis tadqqiqotlar olib borishga, o’quvchilarga individual yondasha bilishga, bola psixikasi taraqqiyotida turli noxush holatlarning oldini ola bilishga , ota-onalar, o’z hamqasblari va bolalar bilan madaniyatli muomalada bulishga , psixologik nazoqatni tug/ri shaqllantirish kabi muommalar ini ijobiy xal etishga qaratilgan.

Yosh davrlari va pedagogik psixologiya kursi umumiy psixologiya,falsafa,pedagogika, yosh fiziologiyasi va boshqa fanlar bilan uzviy bog’likdir. Uni o’rganish jarayonida kompyuter texnikasi, aqliy taraqqiyot testlari va boshqa usullardan keng foydaniladi.

Mazkur metodik qullanma ijodiy gurux tomonidan yaratilgan bo’lib , unda psixologiya fanlari doktori, professor M.G.Davletshin- X bob, psixologiya fanlari nomzodi SH.Do’stmuhamedova-III. IV, V.VI, VII boblar, psixologiya fanlari nomzodi S. Tuychieva – VII va IX boblarni nashrga tayyorlashgan.

Ushbu metodik qullanmaning ilk bor nashr etilayotganligi bois, ijodiy gurux a’zolari mazkur qullanma yuzasidan o’zlarining taklif va muloxazalarini bildirilgan barcha mushtariylarga o’z minnatdorchiligini izxor etib , quydagi nashriyotga yunalishini istab qoladi.
Foydali maslahatlar.

Odamlarga yoqish uchun eslatmalar.


    1. Odamlarga yoqish uchun suhbatni salomlashishdan boshlang.

1 «Sen» so`zini ishlatmang. Doimo, kim bo`lishidan qat`iy nazar «siz»lab gaplashing.

2 Suhbat davomida suhbatdoshingizni ismini ayting. Sharqona qo`shimchalar («oy», «bek», «jon», «xon»...)ni qo`shsangiz yanada yaxshiroq.



    1. So`zlashganda o`zingizning emas, suhbatdoshingizning qiziqi- shiga ko`proq, e’tibor bering.

    2. Xar qanday so`zni, gapni buyruq;ohangida emas, iltimos ohan- gida ayting.

    3. Suhbatdoshingizning ijtimoiy o`rnini e’tiborga olib gapiring.

So`zlashganda suhbatdoshingizning mijozi (temperamenti)ni e’tiborga olib gaplashing.

Suhbat davomida hissiyotga berilib, mimika, pantomimika ishlatib (me’yorida) gaplashing.



    1. Gaplashganda «joy», «o`rin», «vaqt», «yosh» tushunchalarini e’tiborga oling.

So`zlashganda qisqa, aniq, ravshan gapirishga o`rganing.

Gaplashganda suhbatdoshingizga qarab gapiring va tinglashni biling.



    1. Suhbatdoshingizning gapini bo`lmang. Birdaniga bir necha kishi bilan gaplashmang.

Suhbatni ijobiy hissiyot bilan boshlab, shu bilan tugating.

Muloyim, o`rtacha ovozda ayrim so`zlarga urg`u berib gapirishni o`rganing.

Xulosa qilib aytganda, sizga qanday gapirishlarini istasangiz siz odamlarga shunday gapiring. Odamlarga yoqishingizga omad yor bo`lsin.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin