OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI АXBOROT TEXNOLOGIYALАRI VА KOMMUNIKАTSIYALАRINI RIVOJLАNTIRISH VАZIRLIGI
MUXАMMАD АL-XORАZMIY NOMIDАGI
TOSHKENT АXBOROT TEXNOLOGIYALАRI UNIVERSITETI
“Аxborot xavfsizligi” kafedrasi
“Threat intelligence texnologiyalari” fanidan amaliy mashgʼulotlarini bajarish bo’yicha
USLUBIY KO’RSATMA
5330300- “Аxborot xavfsizligi” yoʼnalishi bakalavr talabalari uchun
Toshkent – 2022
Uslubiy koʼrsatmada korxonalar, tashkilotlar va turli kompaniyalardagi axborot xavfsizligiga tahdidlarning turlari va xususiyatlari, tahdidlarni aniqlash tizimlarini o’rganish va tahlil qilish, internetdagi antivirus xizmatidan foydalanib, fayllarni viruslardan onlayn tekshirish, elektron pochta mijozlari, IDS va IPS tizimlaridan foydalanish va sozlash, kompyuter tarmoqlarida sniffer dasturlaridan foydalanish kabi masalalar yoritilgan.
Har bir amaliy ish materialini birlashtirishga yordam beradigan oʼz-oʼzini tekshirish uchun topshiriqlar va savollar bilan birga keladi.
Tuzuvchilar:
G’ulomov Sh.R Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU “Аxborot xavfsizligi” kafedrasi, dotsent, PhD
Shamshiyeva B.M. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU “Аxborot xavfsizligi” kafedrasi katta oʼqituvchisi
Usmanbaev D.Sh Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU “Аxborot xavfsizligi” kafedrasi assistenti
Shukurov O.P Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU “Аxborot xavfsizligi” kafedrasi o’qituvchi-stajyori
Taqrizchilar:
Nasrullayev N.B. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU Nurafshon filiali direktori v.b. dosent, PhD.
Samarov X.K Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU «Аxborot xavfsizligi» kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti, 2022 y.
KIRISH
Uslubiy koʼrsatma tizimga kirish xuquqi darajasida kompyuter tarmoqlariga uyushtiriladigan tahdidlar, ma’lumotlarni tahdidlardan himoya qilish, kirishni aniqlash tizimlaridan foydalanish va operatsion tizim fayllarini shifrlash boʼyicha bilimlarni rivojlantirishga yordam beradi. Natijada talabalar tahdidlarni aniqlash tizimlarini o’rganish va tahlil qilish, internetdagi antivirus xizmatidan foydalanib, fayllarni viruslardan onlayn tekshirish, elektron pochta mijozlari, IDS va IPS tizimlaridan foydalanish va sozlash, kompyuter tarmoqlarida sniffer dasturlaridan foydalanish boʼyicha koʼnikmalarga ega boʼladilar.
“Threat intelligence texnologiyalari” kursi ixtisoslik boʼyicha fan boʼlib, 4-oʼquv yilida oʼqitiladi. Ushbu kursni oʼrganish uchun "Kiberxavfsizlik asoslari", "Tarmoq xavfsizligi" va "Maʼlumotlar bazasi xavfsizligi" kabi axborot xavfsizligi bilan bogʼliq fanlar boʼyicha bilim va koʼnikmalar talab etiladi.
Oʼquv predmetining maqsadi talabalarga axborotlarga bo‘ladigan tahdidni faol tarzda aniqlash, uni ma’lum bir tashkilotga nisbatan amalga oshirishning mumkin bo‘lgan ssenariylarini baholash va bashorat qilish, mavjud zaifliklarni oldindan bartaraf etish va tezkor himoya choralarini taklif qilishga qodir bo‘lgan vositalar va texnologiyalarini hamda tajovuzkorning usullariga yetarli darajada qarshi turish ko‘nikmalarini o‘rgatishdan iboratdir.
Uslubiy koʼrsatma amaliy ishlarning mavzusi, ishning maqsadi, amaliy ishlarning tartibi, amaliy ishlar uchun topshiriqlar va nazorat savollari kabi tarkibiy qismlardan iborat.
Oʼquv semestri davomida talabalar amaliy ishlar koʼrsatmalariga asosan topshiriqlarni bajarish va yozma hisobotlarni topshirishlari shart. Amaliy ish mavzusidan qatʼi nazar, har bir ish quyidagi tarkibiy qismlardan iborat boʼlishi kerak:
1. Sarlavha (titul) qismi
2. Ishning mavzusi va maqsadi.
3. Asosiy qism.
4. Xavfsizlik savollariga javoblar
5. Adabiyot
Dostları ilə paylaş: |