ROOT
A komutator
B komutator
Loyihalashgan port-P01
Loyihalashgan port-P02
Loyihalashgan port-P01
Broadcast yo nalishi
Root port- P03
root port-P06
bloklangan port-P05
4.2-rasm. STP protokolidagi port turlari
Rapid Spanning Tree Protocol (RSTP).
Rapid STP (RSTP)
STPni ishlashini sezilarli darajada yaxshilaydi. Avvalo, portlarni yonish
vaqtining pasayishi va yuqori barqarorlikni qayd etish lozim. Bunga
40
katta darajada Cisco Systems tomonidan STPning kengaytmasi sifatida
ishlatilgan gʻoyalar tufayli erishildi. RSTP IEEE 802.1w standartida
tavsiflangan (keyinchalik 802.1D-2004 ga kiritilgan).
Per-VLAN Spanning Tree Protocol (PVSTP).
Per-VLAN STP
(PVSTP), nomidan koʻrinib turibdiki, VLANlardan foydalanish uchun
STP funksiyasini kengaytiradi. Ushbu protokol doirasida har bir
VLANda alohida STP nusxasi ishlaydi. Dastlab, PVST protokoli faqat
ISL magistrallari orqali ishlagan, keyin PVST + versiyasi ishlab
chiqilgan boʻlib, bu juda keng tarqalgan 802.1Q magistrallari orqali
ishlashga imkon berdi. PVST + va RSTP xususiyatlarini birlashtirgan
dasturlar mavjud, chunki bu kengaytmalar protokolning mustaqil
qismlariga ta'sir qiladi, natijada (Cisco terminologiyasida) Rapid PVST
+ paydo boʻldi. PVST + STP bilan mos keladi va hatto koʻp tarmoqli
freymlardan foydalangan holda PVST + yoki Rapid PVST + ni qoʻllab-
quvvatlamaydigan komutatorlar orqali "aloqa" qiladi. Biroq, Cisco
Systems
bir
xil
tarmoqdagi
turli
ishlab
chiqaruvchilarning
komutatorlarini aralashtirmaslikni tavsiya qiladi, chunki har xil STP
dasturlari va oʻzgarishlari oʻrtasida moslik muammolari paydo
boʻlmaydi.
Multiple Spanning Tree Protocol (MSTP) IEEE 802.1s
standartida tavsiflangan va keyinchalik IEEE 802.1Q-2003 bilan
qo`shimchalar kiritilgan. MSTP protokoli bir nechta STP protokoli
nusxasini qo`llab-quvvatlash maqsadida IEEE 802.1w (RSTP)
standartini takomillashtirilgan ko`rinishi. U tarmoqni tezroq ishlashini,
VLAN sozlangan tarmoqda yuklamani balanslash imkoniyatini
ta’minlaydi. 802.1s MSTP standartiga qo`shimcha 802.1Q standartida
qo`shimcha kiritilgan.
Kanallarni agregatsiyalash
(ingilizcha link aggregation) – bir
nechta fizik kanalni bitta mantiqiy kanalga birlashtirish imkonini
beradigan texnologiya. Agregatsiya kanal fizik kanal bo`ylab mantiqiy
kanalda trafiklarni taqsimlash va bitta yoki bir nechta jismoniy
kanallarni bitta mantiqiy kanalda ichki rad etilish holati sodir
bo`lganda zaxiralash imkonini beradi. Bunday texnologiya kanal
o`tkazish qobilyatini va ishonchligini oshirish imkonini beradi.
Tarmoq topologiyasi 4.3-rasmda keltirilgan
|