O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/100
tarix20.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#125637
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

o‘sish xavfini tug‘dirmoqda.
Tobora o‘sib borayotgan bunday muammolar bugungi kunda global
inqiroz keltirib chiqarayotgan chuqur jarayonlarni faqat eski vosita va
prinsiplarni tuzatish bilan hal etib bo‘lmasligidan darak bermoqda va
avvalambor moliya va bank tizimining yangi tuzilmasini, uni nazorat qilish va
tartibga solish mexanizmlarini ko‘p tomonlama asosda ishlab chiqishni
taqozo etmoqda.
Ana shunday murakkab sharoitda 2013-yil va yaqin kelajakda hamon
davom etayotgan global inqirozning barcha xavf-xatar va oqibatlarining
O‘zbekiston iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’sirini hisobga olish alohida
prinsipial ahamiyat kasb etadi.
Bugungi vaziyat o‘tgan yillar mobaynida inqirozga qarshi kurashish
borasida to‘plagan tajribamizga suyanib, mamlakatimizni rivojlantirish, isloh
etish va yangilash bo‘yicha erishgan sur’atlarni boy bermaslik uchun mavjud
resurs va imkoniyatlarni safarbar etishni talab qilmoqda.
Ana shu vazifadan kelib chiqqan holda, 2013-yilda izchil yuqori o‘sish
sur’atlarini, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va iqtisodiyotimiz


27
raqobatdoshligini oshirish eng muhim ustuvor yo‘nalishimizga aylanishi
darkor.
Joriy yilda mamlakatimiz iqtisodiyotini 8 foizga, sanoatni 8,4 foizga,
qishloq xo‘jaligini 6 foizga, asosiy kapitalga kiritilgan investsiyalar hajmini 11
foizga, xizmat ko‘rsatish sohasini qariyb 16 foizga oshirish va yalpi ichki
mahsulotda uning ulushi 53 foizgacha o‘sishini ta’minlash maqsadi
qo`yilmoqda”
*
Xulosa
Institutlar jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida muhim rol o`ynab
kelgan. Ular jamiyatda qarorlar qabul qilish, insonlar va iqtisodiyot
ishtirokchilarining o`zaro munosabatlarini belgilovchi normalardan tarkib topgan
rasmiy va norasmiy qoidalar hisoblanadi. rasmiy qoidalar mamlakat
konstitutsiyasida, qonunlarda, ma’muriy va boshqa hujjatlarda o`z aksini topadi.
Norasmiy normalar esa urf-odat, an’analar va shu kabi boshqa hayot tarzi orqali
yuzaga kelgan qoidalarda ifodalanadi.
Jamiyat rivojlanishi bilan mavjud institutlar va ular negizini tashkil etuvchi
rasmiy va norasmiy qoidalar ham o`zgarib boradi, takomillashadi. Bunday
o`zgarishlarni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sharoitlar belgilab beradi.
Institutlar o`zaro muvofiqlashtirilgan tarzda ishlashi, davlat tizimi
faoliyatining samaradorligiga katta ta’sir ko`rsatadi. Institutlar faoliyati aksariyat
hollarda normalarga bog`liqdir. Norma tushunchasi tartibni saqlash funksiyasiga
ega bo`lib, u o`zaro hamkorliklik tizimida majburiy xatti-harakat bajarilishini talab
etadi. Normalar hamkorlik strategiyasi, qoida, xususan, normaning o`zi kabi
shakllarga ega. Ratsionallikning to`liq, to`liqsiz, tartibotli, asoslangan, harakat
normasi kabi shakllari mavjud. Ijtimoiy tanlash nazariyasida normalarga oqilona
tanlash natijasi sifatida qaraladi. Kelishuvlar iqtisodida esa normalar oqilona xatti-
harakatning omili sifatida tahlil qilinadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin