Bob bo`yicha xulosa...............................................................68
XULOSA…………………………………………….………70
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………...73
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Dunyoda oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy faolligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish, ularning ijtimoiy tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlashga doir yangi pedagogik-psixologik vositalarni ishlab chiqish, ijtimoiy-madaniy va kommunikativ faoliyatni samarali tashkil etish malakalarini rivojlantirishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ijtimoiy faollikni rivojlantirishning asosiy omillari sifatida talabalarda axloqiy-estetik dunyoqarash va siyosiy ijtimoiylashuvni qaror toptirish alohida e’tirof qaratilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy faollikning psixologik jihatlari, shaxslararo munosabatga kirishi, harakter xususiyatlari,temperamenti,pedagogik kasbiy va kommunikativ tayyorgarligining ma’naviy-madaniy asoslari, taraqqiyot g‘oyalariga ongli munosabati, texnokratik fikrlashini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. Respublikamizda oliy ta’lim mazmuni va kadrlar tayyorlash jarayonlarini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish uchun psixologik ishlarga muhim yo‘nalish sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga talabalarning bo‘lajak kasbiy faoliyatning ijtimoiy ahamiyatini to‘liq anglanishiga erishish, ijtimoiy talab va majburiyatlarga mas’uliyatni munosabatni qaror toptirishning psixologik jihatlarini takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.Talabalarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, ijtimoiy faollikni rivojlantirishning psixologik jihatlarini takomillashtirish ishlari bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning BMT bosh Assambleyasi 2017 yil 19 sentyabrdagi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida: “Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi “virusi” tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz”, – degan fikrlari talabalarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida bir qator aniq vazifa va chora-tadbirlarni belgilashga asos bo‘ladi. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, yaratilayotgan imkoniyatlar ularning o‘z ustida ishlashi, tinmay izlanish olib borishi va yangiliklarni tez o‘zlashtirishi hamda zamon talablari darajasida bilim olishlari uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi. Ma’lumki, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida oddiydan-murakkabga, eskilikdan-yangilikka qarab harakat qiluvchi, yangicha fikrlaydigan, ijodiy tafakkur va qobiliyatga ega bo‘lgan ijtimoiy faol yoshlarni, mutaxassislarni tarbiyalashga alohida yondashilmoqda. Bunday vazifalar o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi, rivojlantirish orqali ularda ijtimoiy faollikni shakllantirish va rivojlantirish muhim sanalib, bunda motivlashtirish yoki motivatsiya o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Insonning qobiliyati bevosita motivlashgan mexanizmlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning muhitini belgilaydi va dinamik ma’naviy ta’sir etish munosabatini o‘zida aks ettiradi. Motiv bilan munosabatlari psixik faollikning bevosita bajarilishi negizi hisoblangan faoliyat orqali namoyon bo‘ladi. Demak, ijtimoiy faollik – faollikning yuksak shakli sifatida qaralgan. “Ijtimoiy faollik atamasi ijtimoiy munosabatlarning muayyan tizimida insonlarning intensiv faoliyatini belgilash uchun qanday bo‘lsa, uni amalga oshirishga qobiliyatni belgilash uchun ham shunday ishlatiladi. Shunday qobiliyat bo‘la turib, ijtimoiy faollik murakkab, integral fazilat sifatida mavjud. U qandaydir alohida xususiyatni, balki hayotiy faoliyat xususiyatlarining butun majmuini ifodalaydi”. Talabalarning ijtimoiy faolligi ular o‘qiydigan, ishlaydigan, hayot tajribasini egallaydigan ta’lim jamoalarining ijtimoiy faolligi bilan bog‘liq. Ijtimoiy faol talaba va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash jamiyatimizda milliy istiqlol g‘oyasi asosida olib borilayotganligi bilan demokratik va milliy xususiyat kasb etadi.. Jamoada inson omiliga e’tibor kuchaytirilmoqda, mehr-muruvvat, ijtimoiy himoya, sofdillik, haqqoniylik va adolat kabi insoniy fazilatlarga asoslangan ma’naviy-ruhiy muhit yaratilmoqda.
Ijtimoiy faollik murakkab jarayon bo‘lib, insonda birdaniga vujudga kelmaydi. O’sib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy faollik ruhida tarbiyalash bugungi kundagi dolzarb vazifalardan hisoblanadi [59].
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida – “Jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish vazifalari”belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF5106-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur belgilab olingan vazifalar muayyan darajada xizmat qiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, yoshlarimizni o‘zgalar fikrini mustaqil tahlil qila oladigan, o‘z fikriga ega, Vatanimiz kelajagi uchun foydali bo‘lgan amallarni bajaradigan qilib tarbiyalash oldimizda turgan dolzarb vazifalardan biri desak, xato bo‘lmaydi. Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirzyoev o‘z fikrlarida “Yoshlarning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan so‘zlari dasturi amal bo‘lib xizmat qilmoqda [ 103].