Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga – predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini uzgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo‘lib, u avvalo o’sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o’zgarishlar qilish orqali, bilimlar zaxirasi va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yo’naltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat shaxsni o’rab turgan tashqi muxit va undagi narsa va hodisalarni o’zgartirishga qaratilgan faoliyat bo’lsa, ichki faoliyat – birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi. Dastlab predmetli tashqi faoliyat ro’y beradi, tajriba orttirib borilgan sari sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonga aylanib boradi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik ishida uzicha gapirishga urganib, o’ylaydigan, mulohaza yuritadigan, o’z oldiga maqsad va rejalar qo’yadigan bo‘lib boradi.
Aqliy harakatlar-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli – tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: pertseptiv-ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to’g’risida yaxlit obraz shakllanadi; mnemik faoliyat – narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog’lik murakkab faoliyat turi; fikrlash faoliyati - aql, faxm – farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat; imajitiv – («image»-obraz so’zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.
Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tutishi, egalagan mavqei ham sababsiz, o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs hulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «motiv» va «motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi. «Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushnchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya – inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?» degan savollarga javob qidirish- motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi. Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‘zini tutishi sabablarini o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa bo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: a) ichki sabablar, ya’ni hatti-harakat egasining sub‘ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar va hakozolar); b) tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimullardir.
2.1. Jahon psixologiyasi fanida xulq-atvor, muomala va faoliyat muvaffaqiyatini ta'minlovchi omillarning eng muhimi tariqasida insonning emotsional hayoti yotishi aksariyat nazariyotchi psixologlar tomonidan ta'kidlab o’tiladi. Bu talqinning haqqoniyligiga hech qanday e'tirozlar bo’lishi mumkin emas. Chunki, mazkur omil eksperimental psixologiyaning mustaqil soha sifatida vujudga kelishidan e'tiboran ustuvor, dalil taqozo qilmaydigan atribut singari tadqiqot predmeti mohiyatiga singib ketgan. Shuni alohida ta'kidlab o’tish lozimki, inson muomalasining, xulq-atvorining kechishi, faoliyatining muvaffaqiyatli, sermahsul yakunlanishi ko’p jishatdan shaxsning emosional holatlariga "emosional ton, kayfiyat, stress, affekt va hokazo", izoshlanishi murakkab bo’lgan ruhiy kechinmalarga, yuksak his-tuyg’ularga bog’liq. O’yin, mehnat, o’qish, muomala va boshqa faoliyat turlarining muvaffaqiyatli kechishi, shaxslararo munosabatlarda xulq-atvorning namoyon bo’lishi ijobiy psixologik holat sifatida baholansa, emotsiya va Hissiyotning barqaror, maqsadga yo’nalgan tarzda hukm surishi ehtimoli e'tirof etiladi. His-tuyg’ularning mustahkamligi, barqarorligi, mukammalligi sifatlarning mavjudligi ularning dinamik stereotiplar tipiga aylanganligidan dalolat beradi, faoliyat va xulqning shaxs tomonidan ongli ravishda boshqarish uslubi shakllanganligini bildiradi. Tabiatning tarkibiy qismlari va jamiyatning a'zolari bilan turli shakldagi, har shil xususiyatli munosabatga kirishi, ular bilan muomala qilish maromlarini davriy "muvaqqat tarzda" o’zgarishni vujudga keltiradi. Ana shu o’zgarish tufayli muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omad va omadsizlik, optimizm va pessimizm, romantika va realiya, simpatiya va antipatiya, progress va regress, jo’shqinlik va tushkinlik, faollik va sustlik kabi birinchisi ijobiy (pozitiv), ikkinchisi esa salbiy (negativ) ruhiy hodisa kelib chiqadi. Faoliyat va xulqning amaliyotida bir tekis kechishini ta'minlovchi emotsional holat barqarorligining buzilishi unga qiyos qilingan muvaffaqiyatning birlamchi omili to’g’risidagi ilmiy ma'lumotlarning shubha ostida qoldiradi. Binobarin, jamiki narsaning boshlang’ich asosi, manbai emotsiya degan g’oyani, uning qiymatini umumiy fonda birmuncha qadrsizlantiradi, lekin ikkinchi, ustuvor va yetakchi, umumiy va xususiy ob'ektiv va sub'ektiv, muhim va nomuhim mezonlar, alomatlar, o’lchamlar yordami bilan basholanishi ushbu psixologik masala moshiyatini oqilona talqin qilish zaruriyatini vujudga keltiradi. Xolbuki shunday ekan, ularning mohiyatini, keltirib chiqaruvchi sabablarni, harakatlantiruvchi kuchlarini muayyan dalillarga asoslanib tashlil qilish muammosi maydonga keladi. Inson faoliyati va xulqining muayyan qonuniyatlarga asoslangan holda amalga oshishi ham ob'ektiv, ham sub'ektiv shart- sharoitlarga bog’liq. Tabiiy omillarni keltirib chiqaruvchi ob'ektiv (tashqi) shart-sharoitlarga bog’liq. Tabiiy omillarni keltirib chiqaruvchi ob'ektiv (tashqi) shart-sharoitlar, ya'ni mikro va makro muhit, moddiy borliq, yordamchi vositalarning mavjudligi, ularning yuksak talablarga javob bera olish imkoniyati, tashqi qo’zg’atuvchilarning bezararligi, vaqt va fazoviy o’lchovlarning muvofiqligi, mutanosibligi kabilardan tarkib topadi. Xulq va faoliyatning namoyon bo’lishi uchun tabiiy shart -sharoitlar tizimi yaxlit holda ishtirok etishi, ularning muvaffaqiyatini ta'minlovchi omillar majmuasi tariqasida xizmat qilishi mumkin. Tabiiy shart-sharoitlardagi to’kislikdan tashqari ayrim yetishmovchiliklar va uzilishlarning sodir bo’lishi nuqsonlarni keltirib chiqaradi, buning oqibatida ruhiy kechinmalar faolligi, ildamligi, maqsadga yo’nalganligi buziladi.Tabiiy shart-sharoitlar muhit ta'sirida inson ruhiy olamida bir qator keskin ham sifat, ham miqdor o’zgarishlari vujudga keladi, ular yangilanishlar, yangi fazilatlar, xislatlar tug’ilishida namoyon bo’ladi. Shuni ta'kidlab o’tish joizki, tabiiy mushitning tarkibiy qismi bo’lmish geografik mushit bu borada muhim rol o’ynaydi, ko’pincha u, birinchidan, biologik hartlangan shaxs sifatlariga ta'sir etib, fenotiplarni genotiplarga aylantiradi (shududiy mushit, relef, stixiya kutilishi: zilzila, qor ko’chkisi, dovul, suv toshqini, oyoq yetmas qirli tog’lar va hokazo). Ikkinchidan,ontogenezda shaxs xarakterologik xususiyatlarining tabiiy ravishda shakllanishga ta'sir o’tkazadi, shuning bilan birga mikro muhit bilan genlar, irsiy belgilar, alomatlar o’rtasida uyg’unlikni ta'minlab turuvchi mexanizm vazifasini bajaradi. Ob'ektiv (tabiiy) shart-haroitlardan tashqari, inson omili bilan uzviy bog’liqligi sub'ektiv (shaxsga oid, uning qiyofasiga bog’liq) hart-haroitlar muomalaning, faoliyatning, xulqning ijtimoiy turmushda samarali amalga oHishini uzluksiz ravishda ta'minlab turadi. Sub'ektiv hart-haroitlarning qatoriga shaxsning barqarorligi, xarakterning mustashkamligi, eshtiyoj, motiv, maslak, saloshiyatining puxtaligi, o’zini o’zi boshqarish uslubining qat'iy ravishda shakllanganligi, biologik hartlangan xislatlar esa o’zaro uyg’unlashganligi kabilar kiradi. Odatda ob'ektiv (tabiiy) va sub'ektiv (shaxsga oid) hart-haroitlardagi o’zgarishlar tufayli ijobiy (pozitiv) yoki salbiy (negativ) xususiyatli psixologik holatlar, hodisalar, xislatlar, kechinmalar ustuvorligi yuzaga kelib, moddiy asos funksiyasini bajaruvchi oliy nerv faoliyatini, markaziy nerv sistemasining ritmikasini, ishchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Buning oqibatida faoliyat, xulq va muomala amalga oshirishda odatiy sa'i-harakatlar, operasiyalar, maromlar buzila boshlaydi, favqulodda asabiylik, ruhiy nuqsoniylik, qonuniyatdan chetga og’ishlik, noxush kechinmalar shokimligi yetakchilik qiladi. Xuddi shu sababdan, faoliyat, xulq va muomalaning muvaffaqiyati shubsha ostida qolishi mumkin, chunki mashsuldorlik, sobitqadamlilik, maqsadga yo’nalganlik sifatlarining dominantligi yo’qoladi, natijada ushalmagan ezgu niyatlar armon tariqasida yuksak his-tuyg’ular sifatida davriy shukm surishda davom etaveradi. Psixik rivojlanish va bu o’zgarishlarga sabab bo’ladigan kuchlar o’rtasidagi munosabat qonunlarini o’rganish - yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim va dolzarb muam’adlaridan biridir. Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir. Zero, uning o’ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o’quvchi shaxsiga pedagogik jihatdan ta`sir ko’rsatishning zarur shartidir.
2.2. Inson - biosotsial mavjudotdir. Uning birligi, bir tomondan, kishining psixik, tug’ma ravishda tashkil topgan -xususiyatlari (masalan, ko’rish yoki eshitish sezgilarining, shuningdek, oliy nerv tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari), ikkinchi tomondan esa faoliyatning ongli sub`ekti va ijtimoiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatada uning xulq-atvor (masalan, axloqiy odatlar) xususiyatlarida namoyon bo’ladi. Xo’sh, odam psixikasi va xatti-harakatlarida namoyon bo’ladigan bu xususiyatlarni nimalar sirasiga kiritish mumkin? Inson psixikasining tabiati biologikmi yoki inqilobiy xarakterga egami? Inson shaxsining tarkib topishi va psixik rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillarning muammosi o’z mohiyati jihatidan goyaviy xarakterga ega. Shu bois, bu masalani hal qilishda bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan turli oqimlar, yo’nalishlar maydonga kelgan. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishda maydonga kelgan birinchi oqim biogenetk kontseptsiya, nazariya bo’lsa, ikkinchi oqim sotsiogenetik kontseptsiyadir. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishga intiluvchi biogenetik oqim XIX asrning ikkinchi yarmida maydonga kelgan.
Bola psixik xususiyatlarining tug’ma tabiati haqidagi ta`limot shu vaqtga qadar aksariyat psixologiya maktablarining asosini tashkil etib kelmoqda. Mazkur ta`limot inson psixikasining barcha umumiy va individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, uning biologik tuzilishiga tenglashtirilgandir, psixik rivojlanish esa, irsiy yo’l bilan azaldan belgilanib, inson organizmiga joylashtirilgan shu xususiyatlarning maromiga etilish jarayonidan iborat deb ta`kidlaydi. Ma`lumki, nasliy xususiyatlar tug’ma yo’l bilan nasldan naslga tayyor holda beriladi, biroq shunday bo’lishiga qaramay, bu oqim namoyandalari inson shaxsi va uning barcha xususiyatlari ichki qonunlar» asosida, ya`ni nasliy xususiyatlar negizida maydonga keladigan narsa, biologik omillarga bog’liqdir, deb ta`kidlaydilar. Biogenetik ta`limot inson qobiliyatlarining rivojlanish darajasi (chunonchi, imkoniyatlarning chegarasi, uning eng yuksak nuqtasi) taqdir tomonidan belgilanib quyilganligini, o’quvchi imkoniyatlari va qobiliyatlarini maxsus testlar yordamida aniqlab, undan so’ng ta`lim jarayonini uning irsiyat tomonidan belgilangan taraqqiyot darajasiga moslashtirish, ularning aqliy istet’dod darajalariga qarab turli mavqedagi maktablarda tahsil olishi zarur deb ta`kidlashadi. Chunonchi, bu yo’inalish tarafdorlaridan, amerikalik psixolog E.Torndayk o’quvchilarning «tabiiy kuchlari» va «tug’ma mayllar»ini psixik rivojlanishning etakchi omili qilib ko’rsatib, muhitning, ta`lim-tarbiyaning ta`siri - ikkinchi darajalidir, deb aytadi. Avstraliyalik psixolog K.Byuler bolalarning faqat aqliy taraqqiyotigina emas, balki axloqiy rivojlanishi ham nasliy tomondan belgilangandir, deb ta`kidlaydi. Amerikalik pedagog va psixolog Dj D’yui - inson tabiatini o’zgartirib bo’lmaydi, odam irsiyat vositasida hosil qilgan ehtiyojlari va psixik xususiyatlari bilan tug’iladi. Bu ehtiyojlar va psixik xususiyatlar tarbiya jarayonida namoyon bo’lib, ba`zida o’zgarishi, tarbiyaning esa miqdorini belgilab beruvchi mezondir, deb hisoblaydi. Venalik vrach-psixolog Z.Freyd mazkur oqim namoyandasi sifatida shaxsning faolligini, uni harakatga keltiruvchi kuchlarni quyidagi tarzda tushuntirishga intiladi. Odam o’zining qadimiy hayvon tariqasidagi avlod-ajdodlaridan nasliy yo’l bilan o’tgan instinktiv mayllarning namoyon bo’lishi tufayli faoldir. Z.Freydning fikriga ko’ra, instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo’ladi. Z.Freyd, shaxsning faolligini dastavval jinsiy mayllar bilan bog’laydi. Biroq instinktiv mayllar jamiyatda xuddi hayvonot olamidagidek erkin namoyon bo’lavermaydi, jamiyatdagi jamoa hayoti odamni, undagi mavjud instinktiv mayllarni (ya`ni, jinsiy mayllarni) juda ko’p jihatdan cheklab qo’yadi. Oqibatda odam o’zining ko’p instinktlari va mayllarini bosishga, tormozlashga majbur bo’ladi. Uning ta`limotiga ko’ra, tormozlangan instinkt va mayllar yo’qolib ketmaydi, balki bizga noma`lum bo’lgan ongsizlik darajasiga o’tkazilib yuboriladi. Ongsizlik darajasidagi bunday instinktlar va mayllar har turli komplekslar»da birlashadilar, go’yo inson shaxsi faolligining haqiqiy sababi ayni shu «komplekslar» ning namoyon bo’lishidir. Z. Freydning ta`limotidan, uning ochiqdan-ochiq biologizatorlik targ’ibotchisi ekanligini, inson shaxsining faolligini jinsiy mayllardan iborat ekanligi haqidagi nazariyasi ilmiy asosga ega emasligini e`tirof etish mumkin. Bunday ta`limotlardan, xususan din homiylari keng foydalanib, insonning taqdiri ana shu ilmlar bilan chambarchas bog’liqdir, deb ta`kidlashadi.
Inson shaxsining tarkib topishini o’rganish davomida yuzaga kelgan yana bir ta`limot - sotsiogenetik kontseptsiya qobiliyaglarning taraqqiyotini, faqat, tevarak-atrofdagi muhitning ta`siri bilan tushuntiradi. Bu yo’nalish o’z zamonasi uchun ilg’or hisoblangan. XVIII asr frantsuz olimi K.Gel’vetsiy ta`limotidan boshlangan. K.Gel’vetsiyning ta`limotiga ko’ra, barcha odamlar aqliy va axloqiy rivojlanishi uchun tug’ilishdanoq mutlaqo bir xil tabiiy imkoniyatga ega bo’ladilar, Shuning uchun odamlarning psixik xususiyatlaridagi farq, faqatgina muhit va tarbiyaning turlicha ta`sir qilishi bilan vujudga keladi, deb tushuntiriladi. Bu nazariya odamlarning psixik, ruhiy, oqibatda ijtimoiy tengsizlikni ularning tug’ma xususiyatlari degan ta`limotga qarshi qaratilgan edi. Bu nazariyaning xorijiy mamlakatlardagi hozirgi turli namoyandalari psixikaning rivojlanishida ijtimoiy mushitning goyat darajada muhim roli borligini e`tirof etadilar.
Inson shaxsining tarkib topishini o’rganish davomida yuzaga kelgan sotsiogenetik kontseptsiya fanda eksperimentlarning rivojlanishi bilan bog’liqdir. Ma`lumki, XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlarida tabiiy fanlar jadal sur`atlar bilan rivojlana boshladi. O’sha paytda hammaning diqqat-e`tibori mo’jizakor tajribaga qaratilgan edi. Bu hodisa inson shaxsining tarkib topishi masalasiga ham ta`sir qilmay qolmadi. Sotsiogenetik kontseptsiya namoyandalari insonning butun taraqqiyoti, shu jumladan, shaxsiy xususiyatlarning tarkib topishi, asosan, tajribaga bog’liqdir. Bu nazariyada shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlarni jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish usullari, atrofidagi odamlar bilan o’zaro munosabat vositalari asosida tushuntiriladi. Bu ta`limotga ko’ra inson biologik tur sifatida tug’ilib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta`siri ostida shaxsga aylanadi. Chunonchi, Angliyalik olim Djon Lokk dunyoga kelgan yangi chaqaloq bolaning ruhini «top-toza taxtaga» o’xshatadi. Uning fikricha, bolaning «top-toza taxta» tarzidagi ruhiga nimalarni yozish mutlaqo katta odamlar ixtiyorlaridadir. Shuning uchun bolaning qanday odam bo’lib etishishi, ya`ni unda qanday shaxsiy fazilatlarning tarkib topishi bola hayotdan oladigan tajribaga, o’zgalar bilan muloqot jarayonida oladigan hayotiy tushuncha va tasavvurlariga bog’liqdir, deb ta`kidlaydi. Har ikkala yo’nalishning namoyandalari, o’z manfaatlarining tashqi jihatdan bir-biriga qarama-qarshi bo’lishiga qaramay, insonning psixik xususiyatlarini yo nasliy, yo biologik omillar ta`siri ostida, yoki o’zgarmas muhit ta`sirida avvaldan belgilangan va o’zgarmas narsa, deb e`tirof etadilar.
2.3. Ma`lumki, odam shaxs sifatida muntazam, qandaydir faoliyatda tarkib topib boradi, rivojlanadi, uning faolligi namoyon bo’ladi. Agarda hayvonlar tevarak-atrofdagi tashqi muhitga passiv moslashib, hayot faoliyatlarida tabiatdagi, ya`ni tashqi muhitdagi tayyor narsalardan foydalansalar, odam esa tevarak-atrofidagi tashqi muhitga faol ta`sir ko’rsatib, uni o’z irodasiga bo’ysundiradi hamda o’zgartirib, o’z ehtiyojlarini qondirishga xizmat qildiradi. Kuzatishlar jarayonida shu narsa ma`lum bo’ldiki, odamdagi tug’ma, irsiy mexanizmlari uning psixik rivojlanishiga ta`sir ko’rsatadiyu, biroq uning mazmunini ham, shaxsiy fazilatlarini ham belgilab bera olmaydi. Ta`kidlash zarurki, muhit ham bola psixikasini rivojlantirishda muayyan rol o’ynaydi. Faqat, buning uchun bolani o’qitayotgan kishilarning ta`siri natijasida bola ana shu muhitni faol ravishda o’rganib olishi, tabiiydir. Mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlari miyani ilgarilab aks ettirish imkoniyati va hali amalga oshirilmagan harakatning natijasi inson psixikasida qay tarzda in`ikos etilishi kuchli qiziqish uyg`otadi. Bu hodisani izohlashning yagona yo`li u ham bo`lsa borliqning muhim xususiyati hisoblanmish qonuniyatning mavjudligidir. Borliqdagi qariyb (neosfera hisobga olinmaganda) barcha narsalar, munosabatlar, xususiyatlar, shart-sharoitlar, tuzilmalar bir-biri bilan doimiy bog`liqlikka ega bo`lib, muayyan qonuniyat asosida harakatlanadi, bir holatdan ikkinchisiga o`tadi. Shuning uchun idishdagi suv qaynatilsa bug`ga aylanadi, harorat pasaysa, u muzlaydi, havo isiganida esa muz eriy boshlaydi, bahor ketidan yoz keladi, narsalar ishqalansa qiziydi va hokazo. Xuddi shu bois obyekt bilan hodisa o`rtasidagi o`zgarmas, barqaror munosabatlar, obyektning muhim xususiyatlari hodisaning qonuniyati deyiladi. Ularda o`zgarmas xususiyatlar va qonuniyatlarning mavjudligi o`zgarishlarni oldindan payqash, harakatlarni muvofiq yo`naltirish imkonini vujudga keltiradi. Tashqi, yaqqol faoliyat favquloddagi davrda ichki timsoliy (psixik) faoliyat tarzida his yetiladi. Obyektlarga yo`naltirilgan yaqqol harakatlar ularning muhim xususiyatlariga mo`ljallangan timsoliy jarayon bilan almashtiriladi. Xuddi shu sababdan tashqi, yaqqol harakatdan, ichki, timsoliy harakatga mana shu tarzda o`tish jarayoni interiorizatsiya (ichki tarzga aylanish) deb ataladi. Interiorizatsiya muammosi rus olimlari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari tomonidan turli jabhalarda tadqiqot qilingan. Interiorizatsiya sharofati bilan inson psixikasi muayyan vaqt oralig`ida uning idrok maydonida yo`q narsalarning timsoli (obrazi)dan foydalanish qurbiga ega bo`ldi. Shu narsa ma`lumki, bunday o`zgarishlarning muhim quroli bo`lib so`z, o`zgarish vositasi sifatida nutqiy faoliyat xizmat qiladi. Shuning uchun so`zlarni to`g`ri ishlatishga odatlanish favqulodda buyumlarning muhim xususiyatlarini axborotidan foydalanishning usullarini o`zlashtirish demakdir.
Inson faoliyati murakkab va o`ziga xos jarayon bo`lib, shunchaki ehtiyojlarni qondirishdan iborat emas, balki ko`pincha jamiyatning maqsadi va talablari bilan belgilanadi. Xuddi shu boisdan qo`yilgan maqsadning anglanilganligi va unga erishish bo`yicha ish harakatlari tajribasi bilan bog`liq ekanligi inson faoliyatining o`ziga xos belgisi bo`lishini tasdiqlaydi. Shuning uchun shaxs faoliyatining jismoniy (tashqi) va psixik (ichki) tuzilmalari bir-biri bilan uyg`unlashganligi ko`zga tashlanadi. Inson faoliyatining tashqi jabhasi uning atrof-muhitga ta`sir ko`rsatishga mo`ljallangan sa`y-harakatlar ichki (psixik) jihatiga bog`liq bo`lib, ularni motivlashtiradi, bilishga undaydi va boshqaradi. Shuningdek, tashqi jabha o`z navbatida: a) psixik faoliyat buyumlar va jarayonlar xususiyatlarini o`zida namoyon qiladi; b) ularning maqsadga muvofiq tarzda qayta o`zgartirilishini amalga oshiradi; v) psixik andozalar o`xshashligini, natijalar va harakatlarning kutilmalariga muvofiqligini ko`rsatadi; g) ularni uzluksiz ravishda yo`naltirib va nazorat qilib turadi. Shunga muvofiq ravishda tashqi, yaqqol faoliyatni ham ichki (psixik) faoliyatning eksteriorizatsiyalashuvi (tashqi tarzga aylanishi) deb baholash maqsadga muvofiq. Psixologiya fanida harakat tushunchasi tahlil qilinganida u motor (jismoniy) harakat, sensor (hissiy) harakat va markaziy qismga ajratiladi. Shunga muvofiq ravishda ajratilgan tarkiblar harakatni amalga oshirish jarayonida bajaradigan ishlarni ijro etish, nazorat qilish va boshqarish bilan shug`ullanadi. Faoliyat harakatlarining ijro etish, nazorat qilish va boshqarishda qo`llaniladigan yo`lyo`riqlar uning usullari deyiladi. Odatda, harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshirilishi kuzatiladi. Harakatni bajarishda ong borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ishni amalga oshirish avtomatlasha boshlaydi, ayrim mayda-chuyda qismlarga nisbatan e`tibor (nazorat) kamayadi. Shuning uchun inson faoliyatida maqsadga yo`naltirilgan sa`y-harakatlarni ijro etish va boshqarishning muayyan darajada avtomatlashuvi malaka deyiladi. Xuddi shu boisdan harakatlarni boshqarish bilan sa`y-harakatlarni boshqarish aynan bir narsa emas, albatta. Chunki sa`yharakatlarning yuksak darajada avtomatlashuvi uning o`z tarkibidagi harakatni ongli ravishda idora qilish bilan uyg`unlashib ketadi. Patologik holatlardan tashqari, barcha faoliyat turlari ong bilan boshqarilib turadi. Harakat tarkiblarining avtomatlashuvi: Birinchidan, ongli ravishda yo`naltirilgan obyektni almashtiradi, Ikkinchidan, harakatning umumiy maqsadlarini, uning ijro etilishi shart-sharoitlarini, natijalarini nazorat qilishni, uchinchidan, ularni baholashni ong uning tasarrufi doirasiga kiritadi. Harakatning qisman avtomatlashuvi tufayli uning tuzilishida ayrim sifat o`zgarishlari yuz beradi va ular quyidagilardan tashkil topgandir: Birinchidan, sa`y-harakatlarning ijro etilishi usullari o`zgaradi. Bunda bir qator sodda sa`y-harakatlar yagona jarayonga (tarkibga) kiruvchi ba`zi sodda sa`yharakatlar o`rtasida to`siq va uzilish ro`y bermagan murakkab sa`y-harakat o`zaro bir-biriga qo`shilib ketadi, ortiqchalari esa bartaraf etiladi. Masalan, bola velosipedni uchishga o`rganayotgan paytida bir qancha ortiqcha harakatlarni amalga oshiradi: o`zini bir tekis tuta olmaydi, pedalni birini bosib, ikkinchisini bosmaydi, rulni qattiq tutadi, yo`lga diqqatini taqsimlay olmaydi, o`rindiqqa noqulay o`tiradi, birovning yordamiga tayanadi. Malakali velosiped haydovchisi harakatni silliq bajaradi, ortiqcha urinishlarga yo`l qo`ymaydi. Harakatlarni o`zlashtirish jarayonida: a) sa`y-harakatlar tarkibi; b) sa`y-harakatlar izchilligi; v) sa`y-harakatlar uyg`unligi; g) ularning tezligi rejali kechishiga sharoit yuzaga keladi. Ikkinchidan, harakatni sensor (hissiy) nazorat qilish usullari o`zgaradi. Dastavval, sa`y-harakatlar amalga oshishini ko`rish organi orqali nazorat qilish kinestetik (mushaklar yordamida harakat) nazorat bilan almashadi. Chunonchi, charxchi asbobning tezligiga emas, balki ko`proq pichoq tig`iga e`tibor qaratadi. Sa`y-harakatlarning xususiyatini aniqlovchi har xil o`lchamlarining nisbatini baholash imkonini vujudga keltiradigan sensor sintezlar (yunoncha - uyushma demakdir) hosil bo`ladi. Harakat mahsullarini nazorat qilishga alohida ahamiyat kasb etadigan mo`ljallarni farqlash va ajratish uquvchanligi insonda rivojlanadi. Uchinchidan, harakatni markazdan turib boshqarish usullari o`zgarib boradi. Harakat usullarini idrok etishdan diqqat xoli bo`lib, u uning vaziyati va mahsulasiga qaratilgandir. Topshiriq yechimlari, aqliy faoliyat jarayonlari tezkorlikda, hamkorlikda bajarila boshlaydi. Jumladan, uchuvchi samolyot dvigatelining ortiqcha kuch bilan ishlayotganini tovushidan fahmlaydi. Narsalarni aniqlashga sarflanadigan vaqt kamaya boradi. Qo`llanishga mo`ljallangan usullarning turkum tarzda ong yordamida oldindan payqash (sezish, fahmlash, bilish) jarayoni antitsipatsiya (lotincha, oldindan fahmlash, sezish ma`nosini anglatadi) deyiladi. Shuning uchun, harakat usullaridagi mazkur o`zgarishning siri nimada va ular qanday psixologik mexanizmiga ega, degan savolning tug`ilishi tabiiydir. Psixologik mexanizm (ta`minlash) o`z ichiga izlanish urinishlarini va tanlashni oladi. Shaxs u yoki bu harakatni bajarishga urinib ko`radi, hatto ushbu jarayonni nazorat qilib ham turadi. Bu o`z navbatida muvaffaqiyatli urinishlar (sa`yharakatlar), o`zini oqlagan chamalashlar, mo`ljallar inson tomonidan tanlanadi va asta-sekin mustahkamlanadi. Qo`llanganda foyda (naf) bermagan harakatlar samara beruvchilari bilan almashtiriladi. Bu holat muayyan davr davomida takrorlanadi yoki mashq qilinadi. Ana shundan kelib chiqqan holda muayyan harakatlarini o`zlashtirish maqsadida ularni ongli ravishda nazorat qilishga va o`zgartirishga harakat qilinadi. Amaliy ish harakatlarini takrorlamasdan turib, turli xususiyatli malakalarni shakllantirib bo`lmaydi. Malakani shakllantirishda bajarilayotgan harakatlarning nutq faoliyatida so`z bilan ifodalanishi va harakatning timsolini xayolda mujassamlashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu yo`sinda insonning malakasi anglashinilgan tarzda avtomatlashgan xatti-harakat sifatida shakllanadi. Malakalarni shakllantirish mexanizmiga, printsipiga muayyan odatiy jabhalarga, usul va vositalar tanlash xususiyatiga alohida e`tibor qilish uning muvaffaqiyatli hosil bo`lishini ta`minlaydi. Buning uchun quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq: a) usullarni tanlash, b) harakatda ong nazorat funksiyasini kamaytirish, v) maqsadni oydinlashtirish, g) shart-sharoitni tasavvur etish, d) malakani shakllantirish modelini xayolda yaratish va hokazo.
XULOSA Maktab psixologi balki barcha psixologlar insonlar va o’quvchilar bilan kirisha oladigan pedagogic hamda ijtimoiy jamoa tomonidan tan olingan, ota-onalar, o’quvchilar va jamiyat orasida kasbiy obro’ga ega bo’lgan psixolog amaliyotchidir. Unga maktab va ijtimoiy hayot tushunarli, u ko’pgina psixologik-pedagogik jamoalar bilan shug’ullanishga psixodiagnostik va psixokorrekstion ish metodlarini egallashga tayyor. Boshqacha so’zlar bilan aytganda, psixolog bu har tomonlama etuk, bilimli, universal inson.
Agar psixolog nazariyotchi - psixologlarning seminarlariga doimo qatnashib, turli xil psixologik assostiastiyalarga a’zo bo’lsa, bularning bari uning mutaxassis sifatida o’sishiga, maktab hayotidagi odatiy faktlarga yangicha qarashning shakllanishiga olib keladi. Psixolog nashr qilingan ishlarni o’qib, eksperimental tadqiqot natijalari bilan qiziqib tanishishi mumkin. Hayotiy amaliyotga yaqin faktlarni bilish dunyoqarashni kengaytiradi, faoliyatidagi ishlarni va o’z muvaffaqiyatlarini to’g’ri baholash imkoniyatini beradi. Albatta shuniham ta’kidlash joizki psixologlarning tajribasini ortishi va ularning yuksak malakaga ega bo’lishlariga asosiy omil bo’ladigan sabab bu uning bosib o’tgan kasbiy yo’lining uzoqligiga ya’ni qancha muddat va qanday ish olib borganiga bog’liqdir.
Barcha kasblar singari psixologlarham qancha ko’p muammoli vaziyatlarga duch kelgan bo’lsa, ularni yechimini topishda o’z kuchidan foydalangan bo’lsa albatta uning malakasi, tajribasi, professionalliligi shuncha ortgan bo’ladi.