Mustaqillik Yillarida Ozbekistonning Iqtisodiy O’zbekiston, 1999, 6 bet.) mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zulum, mutelikdan ozod etdi, o’z yeri, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zahiralariga to’la egalik qilish huquqini berdi. barcha mulk, korxonalar o’zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish, o’z iqtisodiy. Mustaqillik insoniyatning azaldan orzu umidi boʻlib kelgan. ana shu gʻoya asosida aqsh, fransiya, lotin amerikasi mamlakatlarida inqiloblar yuz berdi. 20 asrning 90 yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi.
Mehnat natijalari
Iqtisodiyot fanlari nomzodi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali direktor o‘rinbosari Farxod Axrorov aytishicha, 1996-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi yilma-yil pasaygan.
«Masalan, 1995-yilda 1991-yilga nisbatan real yalpi ichki mahsulot hajmi 18%ga pasayib ketgan edi. 1996-yildan boshlab mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan «O‘zbek modeli» ga o‘tilishi YAIMda ham o‘z aksini topdi va 91-yilga nisbatan 1,7% o‘sishga erishildi. 2001-yildan boshlab esa sobiq SSSR davlatlaridan birinchi bo‘lib O‘zbekiston 80-yillardagi ko‘rsatkichlarga chiqdi. 2001-2005- yillarda yillik yalpi ichki mahsulotning o‘sish surʼati yiliga o‘rtacha 5,4%ni, 2006-2010 yilgacha o‘sish surʼati 8,5%ni tashkil etgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi barqaror o‘sishda davom etmoqda va 80 mlrd AQSH dollardan ko‘proqni tashkil etadi»,– dedi Farxod Axrorov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2000-yillargacha O‘zbekistonda ishlab chiqarish sanoatining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi pasayib borgan. Ammo 2000-yillardan boshlab ishlab chiqarish hajmi ham o‘sib bordi. Masalan, 2022-yilda 2021-yilga nisbatan sanoat ishlab chiqarish hajmi 3.8%ga oshgan. Iqtisodiyotimizga investitsiyalar hajmi 2022-yilda 1996-yilga nisbatan 20 barobarga ko‘p bo‘ldi. Shunga qaramasdan inflyatsiya surʼati ham yuqoriligicha saqlanmoqda. Inflyatsiyaning asosiy manbai bu isteʼmol tovarlari narxlari hisoblanadi. Misol, 2022-yil birinchi choraklikda o‘tgan yilga xuddi davrga nisbatan isteʼmol tovarlari narxi o‘rtacha 2.7%ga oshgan, dedi Axrorov.