O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 50,13 Kb.
səhifə3/3
tarix02.12.2023
ölçüsü50,13 Kb.
#137302
1   2   3
Azamjonov A

«Tashqi savdo aylanmasi 2022-yilda $50 mlrd tashkil etdi. Bunda eksport hajmi $19 mlrd hamda import hajmi $30 mlrd tashkil etgan. Bugungi kunda O‘zbekiston asosan Janubiy Osiyo davlatlari: Koreya, Xitoy, Yaponiya hamda hamdo‘stlik davlatlaridan Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Mamlakatimizda 2021-yilga nisbatan tashqi savdo aylanmasi 18,7%ga o‘sgan. Shu jumladan, MDH davlatlari bilan eksport hajmi 44,8%, import hajmi esa 15.3%ga oshgan», – dedi iqtisodiyot fanlari nomzodi.

Ko‘rishimiz mumkinki, respublikamiz tashqi dunyo bilan savdo aloqalari kengayib bormoqda. Farxod Axrorovning aytishicha, eksport tarkibi 2022-yilda 2000-yillarga nisbatan diversifikatsiyalashgan va sanoat mahsulotlarining umumiy eksport hajmidagi ulushining 10% dan 20%ga chiqishi ishlab chiqarish sanoatining rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi.

O‘zbekiston iqtisodiyotining bugungi jozibadorligi investitsiyalar hajmida ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, O‘zbekistonda 2022-yilda 13,66 mingta korxonaning faoliyatida xorijiy sarmoyalar jalb etilgan. Bunda 17,5% jami xorijiy kapital Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan.


Ma’lumki, XX asrning 80-yillarida O‘zbekiston sovet davrining “qayta qurish” davrlarini boshidan kechirdi, jumladan, bu davrga kelib, sobiq Ittifoqning qurollanish poygasi sohasida AQSHga tenglashish, lekin mamlakatda inson huquq va erkinliklarining mavjud emasligi, fuqarolarni qonunlar o‘rniga yakkahokim partiya qarorlari boshqarishi, qayta qurish davrida esa e’lon qilingan demokratik qadriyatlarning qog‘ozlarda qolib ketganligi, millatlararo to‘qnashuv va qirg‘inlarning avj olishi, oziq-ovqat taqchilligi va ekologik halokatlarning boshlanganligi kabi muammolar kelib chiqdi. Sovetlar davrida respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida etilgan ziddiyatlar va muammolarni hozirgi kunda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarini erkinlashtirish bilan qiyosiy taqqoslash yaqin o‘tmishda xalqimiz boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklar mohiyatini ochib berishga yordam beradi.


O‘zbekistonda “qayta qurish” davrida ham Markaz tomonidan uyushtirilgan “paxta ishi” va “o‘zbek ishi” kabi korrupsiyaga qarshi kurash bahonasida qatag‘onlik siyosati davom etdi. Bu davrda minglab xo‘jalik rahbarlari va partiya xodimlari uyushtirilgan ayblovlar bilan mansablaridan olindi, aksariyati ustidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Mustaqillikning birinchi yilida ulardan 3000 dan ortig‘ining avf etilishi bu ishlarning noqonuniy bo‘lganini ko‘rsatdi. “Paxta ishi” kampaniyasi yuzasidan o‘tkazilgan tergovlarda 20 mingdan ortiq kadrlar aybdor deb topildi.
1985 yil aprelda bo‘lib o‘tgan Markaziy Komitet Plenumida “sotsializm” va “kommunizm” to‘g‘risidagi safsata va yolg‘ondan iborat “nazariya” va “g‘oyalar”ning turg‘unlik holatiga kirib qolganligini, kommunistik partiya strategiyaviy faoliyatining pirovard yakuniy inqirozi ekanligi ta’kidlandi. Bu jarayonning sabablari quyidagilarda namoyon bo‘ldi:
Birinchidan, 70 yildan ortiq vaqt mobaynida sovetlar davrida amal qilib kelgan kommunistik partiyaning yakkahokimlikka asoslangan ma’muriy-buyruqbozlik ish yuritish uslubi hayot sinoviga bardosh bera olmadi. Davlatning asosiy siyosiy negizini tashkil etuvchi “sovetlar” endi amalda ikkinchi darajali qo‘g‘irchoq rasmiy bir tashkilotga aylanib qolgandi. Davlatning taqdirini hal etuvchi kuch KPSS, uning Markaziy qo‘mitasi, Siyosiy byurosi edi. Ichki va tashqi siyosatga oid barcha masalalar, yillik va besh yillik rejalar, kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yishlargacha dastlab KPSS MK Siyosiy Byurosida hal bo‘lardi va so‘ng sovetlarning mas’ul organlari uni shunchaki tasdiqlar edi. Ish shu darajaga borib etgandiki, partiya safidan chiqarilgan xodim o‘z ish vazifasidan ketishi u yoqda tursin, u albatta jazolanar edi. Kommunistik partiyaning yakkahokimlikdan iborat ish uslubi shaxsga sig‘inishidan iborat ijtimoiy-siyosiy hodisalarni keltirib chiqarib qolmasdan, ayni paytda sovetlar jamiyatining ichdan emirilishini tezlashtirgan omillardan bo‘ldi.
XX asrning 80-yillari o‘rtalarida respublikada o‘zboshimchalik va qatag‘onlarning yangi davri aniq-ravshan ko‘rinib qoldi. Endi ijodiy ziyolilargina emas, balki asosan ilmiy ishlab chiqarish va siyosat bilan band bo‘lgan kadrlar, respublikaning milliy manfaatlarini bo‘g‘ib kelayotgan, mavjud ijtimoiy-itisodiy tizimning yaramas va umidsizligini tobora tushunib borgan milliy ziyolilar ham ta’qib ostiga olindi.
O‘zbek xalqining istiqloli va mustaqilligi to‘g‘risidagi fikr hech qachon, hatto totalitar tizim “gullab yashnagan” davrda ham O‘zbekiston milliy ziyolilarining miyasidan nari ketmagan o‘zbek xalqi istiqlol va mustaqillikka erishish uchun garchi oshkora ravishda bo‘lmasa ham, doimo kurash olib borgan.
Tish-tirnog‘i, joni va qoni zo‘ravonlikdan iborat bo‘lgan tizim yangi narsalarning hammasiga, xalq orzu qilib, dilida saqlab kelgan narsalarning barchasiga jon-jahdi bilan qarshilik ko‘rsatar edi. Bu tizimning mafkurachilari o‘zlarining tamomila nochorligi va mahkumligini sezib, “gaykalarni qattiqroq burashdek” necha qayta sinab ko‘rilgan yo‘lga kirdilar va O‘zbekistonni yangi qatag‘onlar maydoniga aylantirdilar.
Markaziy partiya-sovet apparati cheklanmagan oliy hokimiyatni saqlab qolishga urinib, xalqning taqdirini bundan keyin ham hal qilib borish uchun O‘zbekiston rahbariyatining mavjud ijtimoiy-siyosiy tartibotini o‘zgartirish va respublikaning milliy mustaqilligini qaror toptirish zarurligini tushungan muxolif kayfiyatdagi qismini shu respublika oliy partiya organlarining qo‘li bilan badnom qilishga, ularga tuhmat toshlarini yog‘dirishga urindi. Respublikaga har xil yugurdaklar yuborildi, ular partiya, sovet va sud organlarida muhim o‘rinlarni egallab, chinakam terrorni avj oldirdilar. “Paxta ishi” degan ish to‘qilib, maydonga olib chiqildi. Bu ish biroz vaqt o‘tib, ayniqsa markaziy matbuotda kishining izzat-nafsiga teguvchi “o‘zbek ishi” degan nom bilan ataldi. YUqoridan maxfiy topshiriq bilan yuborilgan Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi guruh bir necha yuz minglab halol kishilarni va umuman respublikani badnom qila boshladi. CHunonchi, o‘zbek xalqining baxti-saodati yo‘lida samarali faoliyat ko‘rsatgan, o‘sha yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Birinchi sekretari bo‘lgan SH.R.Rashidovning nomi bilan badnom qilindi, u bilan birgalikda esa butun respublikaning sha’ni-shavkati va qadr-qimmati qoralandi. Markazda g‘ayri tabiiy ravishda tug‘ilgan fikr respublikada uning itoatkor ijrochilari bo‘lgan SH.R.Rashidovdan “ranjigan” kishilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ular markazdan kelgan jazo komandasi bilan mahkam aloqada bo‘lib, ko‘pgina halol va vijdonli kishilarni “fosh qilish” bilan shug‘ullandilar va ularning qamoqqa olinishiga erishdilar. Buning natijasida talaygina insonlar taqdirining qaddi bukildi.
O’zbekiston mustaqillikka erishish yo’lida (1989-1991 yy.) Ma’lumki «qayta qurish» yillarida respublika aholisining asosiy qismini tashkil etgan dehqonlarning hayoti yanada yomonlashdi. Natijada qishloqlarda va bunga monand ravishda shaharlarda hayot juda og‘irlashib ketdi. Bundan holi bo‘lishning yagona yo‘li yerga nisbatan bo‘lgan siyosatni o‘zgartirishdan iborat edi. Shu bois Islom Karimov partiyaning agrar siyosatiga qarshi o‘laroq dehqonlarni yer bilan ta’minlashni boshlab yubordi. Vaholanki barcha yer va suvlar davlatniki hisoblanib faqat markazning ruxsati ila unga munosabatni o‘zgartirish mumkin edi.
«Avvalo, – deb yozadi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov fuqarolarni ijtimoiy jihatdan himoyalash borasida aniq ishlar qilish lozim. Biz 1989 yilni iyulidan beri ta’minlab kelayotgan barqarorlik esa ushshg kafolatidir. O‘shanda, 1989 yilda dahshatli davr edi. O‘sha paytda biz qilgan birinchi ish shu bo‘ldiki, odamlarga yer bera boshladik. Men janob Gorbachevning davlat kengashi majlisidaga so‘zlarni eslayman… Unga tan berish kerak, gapirishni biladi, ammo boshlagan nutqini nima bilan tugatishni hamisha ham tushunib bo‘lmaydi. Mana bunga qaranglar, degan edi u meni ko‘rsatib, hozir uni boshi shuhratga cho‘lg‘anib turibdi, u yer bera boshladi, endi uni ilohiylashtirishadi… Biz qat’iy turib tartib o‘rnatdik – yerga muhtoj bo‘lgan va, albatta, dehqonchilik qo‘lidan keladigan, yerdan mo‘l hosil ola biladigan har bir kishiga chorak gektar yer berdik. Kolxozsovxoz sharoitida bu jarayon yengil ko‘chmadi».
Ko‘rinib turibdiki, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov markazning noroziligiga qaramay mustaqil iqtisodiy siyosatga qaratilgan dastlabki qadamni tashlagan. Hech kimga sir emaski, paxta o‘zbek xalqining kundalik hayoti va taqdirini hal etuvchi muhim omillardan biridir. Tinimsiz va mashaqqatli mehnat evaziga yetishtirilgan paxta juda arzon narxda majburan davlatga topshirilgan. Mehnatiga yarasha haq ololmagan dehqonlar hamisha yetishmovchilik va muhtojlikda hayot kechirgan. Islom Karimov buni yaxshi anglagan holda paxta narxini oshirish masalasini ochiqdanochiq talab qildi. Xususan, u respublika kompartiyasi Markaziy qo‘mitasining 1989 yil 19 avgustda bo‘lib o‘tgan XVI plenumida shunday degan:
«Biz 1990 yil plani loyihasi bilan Ittifoq organlariga ikki marta uchrashdik. KPSS Markaziy Komiteti, mamlakat ministrlar Soveti va Gosplani rahbariyati bilan uchrashdik. Butun mas’uliyatni zimmamga olib, shuni ayta olamanki, paxta narxi masalasi yaqin oylar ichida kurib chiqiladi. Bu muammoni hal qilishimiz uchun hisobkitoblarga ko‘ra, kamida bir yarim milliard sum talab qilinadi…
Hozir, ochig‘ini aytish kerak… Moskvada o‘rtaga qo‘ygan masalalarni hal qilish qiyin bo‘lyapti. Biz rahbarlar bu masalalarni qatiyat bilan, bilimdonlik bilan o‘rtaga quyishimiz, ularning hal etilishiga izchillik bilan erishishimiz har qanday holda ham aybni birovlarga tunkamay va birovlarning orqasiga yashirinmay, mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishimiz kerak». Sirtdan qaraganda paxtani narxini oshirish shunchaki bir oldiy iqtisodiy masala bo‘lib ko‘rinishi mumkin.
Ammo, uning zaminida juda muhim siyosiy masala yetibdi. Chunonchi paxtani arzon narhsa davlatga topshirilishi nafaqat kundalik turmushga, balki respublikaning ijtimoiy va madaniy jihatdan rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda edi. Narxni oshirishga erishish sovet davlatining mustamlakachilik siyosatiga zarba berilishiga olib kelardi. Shubhasiz, ochko‘zlik va to‘ymaslikda nom chiqargan sovet davlatining paxta narxini oshirishga rozilik bildirishi juda qiyin edi. Shunga qaramay Islom Karimovning hukumatning siyosatiga qarshi bosh ko‘tarishi vatanparvarlikning yorqin namunalaridan biridir.
1989 yil 29 oktabrda o‘zbek tilini Davlat tili sifatida qonunlashtirilishi ham alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu tarixiy hujjatning ahamiyati shu darajada kattaki, ta’riflashga qalam ojizlik qiladi. Shuni unutmaslik kerakki, ona tilining Davlat tili bo‘lishi xalqning milliyligi va taqdirini kafolatlaydi hamda u mustaqillikning eng muhim belgilaridandir.
1990 yil 20 iyunda O‘zbekistonda «Mustaqillik deklarasiyasi» e’lon qilinishi katta ahamiyat kasb etdi. U qizil imperiyani qattiq larzaga va tashvishga soldi. Chunki demokratiyada O‘zbekiston Ittifoq tarkibida suveren va teng huquqli mamlakat deb e’lon qilinib, o‘z davlat belgilari (gerb, bayroq va madhiya)ni ta’sis etish va yangi konstitusiyani ishlab chiqish vazifasi quyildi.
Respublikada mustaqil iqtisodiy siyosatni ta’minlashga qaratilgan choralarni ko‘rish davom etdi. Chunonchi, 1990 yil 30 oktabrda O‘zbekiston mulkchilikning hamma shakllari uchun teng sharoitni ta’minlashga qaratilgan qonun qabul qilindi. Respublika Oliy Kengashi 1991 yil 14 iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar» to‘g‘risidagi qonuni ma’naviy hayotda tub o‘zgarishlarni yasadi. Ma’lumki yuz yillar davomida kipshlarning e’tiqodi, hurmatini qozonib kelgan islom dini taqiqlanib «dinsiz jamiyat» bunyod etildi. Bu ma’naviy qashshoqlikni yuzaga keltirib taraqqiyotga salbiy ta’sir etdi. Shu bois o‘sha qonunning qabul qilinishi xalq tomonidan zo‘r xursandchilik va mamnuniyat bilan qabul qilindi. «Ushbu qonun, – deyiladi unda, – fuqarolarning dinga o‘z munosabatini ixtiyoriy ravishda belgilash va ifodalash, hech qanday to‘sqinliksiz, dinga e’tiqod qilish va diniy rasmrusumlarni bajarish huquqlarini ta’minlaydi».
Shu tariqa sovet davrida oyoqosti qilingan va quvg‘inga solingan dinning barcha xillariga jon kirgizildi. 1991 yil 22 iyunda sanoat korxonalarini, tashkilotlarni va muassasalarni O‘zbekiston ixtiyoriga o‘tkazish xususida qonun chiqarildi. Asrimizning 80-yillarida qizil imperiya ichichidan chirib, inqirozni boshidan kechirmoqda edi. Uning belgilari 60yillardayoq boshlanib qanchalik vaqtlarning o‘tishi bilan shunchalik ko‘p chuqurlashib bordi. «80-yillarda, – deb yozadi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov, – iqtisodiy inqirozning kuchayib borish sabablarini ochish, uni bartaraf etish yo‘llarini topish borasidagi o‘rinishlar ham muvaffaqiyatsizlikkauchradi. Ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi sabablari rivojlanishning ekstensiv omillari tugaganligidadir, deb yuzaki tushunilganligi ustuvor tarmoqlarni alohida ajratmasdan, xalq xo‘jaligining barcha sohalarini bir vaqtning o‘zida rivojlantirish to‘grisida noto‘g‘ri qaror qabul qilinishiga sabab bo‘ldi. Bu hol, pirovard natijada, cheklangan mablag‘larning parokanda bo‘lib ketishiga, moliya va ta’minot tizimining batamom izdan chiqishiga olib keldi, inqirozni chuqurlashtirdi, qayta qurish siyosati davrida iqtisodiyetda juda kuchli bo‘zilishlar ruy berdi». Shu tariqa «sosializm» tuzumi o‘zining g‘ayritabiiyligi va samarasizligini namoyish etib, mamlakatni halokat yoqasiga keltirdi.
Odatdagidek kompartiya qatag‘onlar o‘tkazish yo‘li bilan chetdan «aybdorlar»ni topib va xalqni chalg‘itib inqirozni xaspo‘shlash va niqoblashga o‘tdi. Ma’lumki 30yillardagi ocharchilik va umuman inqirozning sabablari «xalq dushman»lari va «imperialistlarning ayg‘oqchilari»ga to‘nkalib, ommaviy qatag‘onlar vahshiylarcha o‘tkazilgan. Qayta qurish yillarida ham xuddi mana shunday siyosat qaytarildi, chunonchi O‘zbekistonda «paxta ishi» yoki «o‘zbek ishi» nomida qatag‘on o‘tkazildi. Bu yerda shuni hisobga olish kerakki, «o‘zbek ishi» aslida niqoblangan siyosiy kurash bo‘lib, maqsad mustamlakachilik va ulug‘millatchilik siyosatini yanada avjiga mindirish, xalqni og‘ir ahvoldan chalg‘itishdan iborat edi.
Bu siyosiy nayrangning iqtisodiy tomoni ham bor edi. Markazga O‘zbekistondan daryo kabi oqib borayettan turlituman boyliklarni yanada ko‘paytirish va ularni zarrachasini ham tub aholiga yuqtirmaslik ko‘zlangan. Bundan tashqari, «o‘zbek ishi» vositasida mamlakatda O‘zbekistonni ishonchni yo‘qottan xavfli zona sifatida gavdalantirib Rossiyadan kadrlarni – o‘z odamlarini keltirishni va respublika hokimiyat tarmoqlarini tamomila egallashni maqsad qilib quyildi. Ayni paytda bir chemodan bilan keladigan o‘sha «ustoz»larning katta boylik to‘plashlari uchun sharoit yaratish nazarda tutildi.
Bu respublika boyliklarini navbatdagi uzlashtirishning bir turi edi. Umr bo‘yi dahshatli fojealarni uyushtirishga, qirg‘inbarotlarga va tusto‘polonlarga tuymagan markaz «o‘zbek ishi» bo‘yicha 4,5 ming kishini qamoqqa tashladi, xurladi va mol-mulkini taladi. Bundan tashqari minglab kishilar «guvoh» sifatida qattiq qiynoqlar ostiga olinib, qipqizil tuhmatdan iborat aybnomalarni to‘qidi. Hatto «o‘zbek ishi»dan keyin ziyelilarning va rahbarlarning ilg‘or vakillari ham ommaviy ravishda qatag‘on qilinar emish degan ovozlar eshitilib turdi.
Butun millat boshiga dahshatli ofat kelib turgan paytda, unga qarshi qalqon bo‘ladigan birorta rahbar chiqmadi. Aksincha, ular sotqinlik qilib olovga kerosin qo‘yib turdilar.
Islom Karimov davlat tepasiga kelishi arafasida ahvolni quyidagicha ta’riflagan edi: «Bor gapni aytadigan bo‘lsam, kuz o‘ngimda dahshatli, qurqinchli manzaralar paydo bo‘ldi». Islom Karimov bu g‘oyatda og‘ir ahvoldan cho‘chimay va tislanmay, mazlum xalq manfaati uchun kurashdi. U «o‘zbek ishi»ning soxtaligini fosh etib, millatni ofat va navbatdagi ommaviy qatag‘ondan qutqardi. U bu xususdagi markazning ko‘rsatmasini bajarishdan ochiqdanochiq bosh tortib, mustaqil siyosat yurgizdi.

Xulosa
Bugungi kunda O‘zbekistonning iqtisodiyotni isloh qilish, barqaror va mutanosib iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish borasida erishgan yutuqlari nufuzli xalqaro moliya va iqtisodiy institutlar, jumladan, Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va dunyodagi boshqa bir qator yetakchi moliyaviy tashkilotlar tomonidan haqli ravishda e’tirof etilayotgani, hech shubhasiz, barchamizni quvontiradi.
Mustaqil taraqqiyotimizning o‘tgan davrida amalga oshirgan ana shunday g’oyat keng ko‘lamli ishlarimiz haqida fikr yuritar ekanmiz, mamlakatimiz oldida iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish va erkinlashtirish, butun jamiyatimizni yangilash bo‘yicha yanada ulug’vor vazifalar turganini ham o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz.
Bizning pirovard maqsadimiz – dunyoning taraqqiy topgan demokratik mamlakatlari qatoridan mustahkam joy egallash, xalqimiz uchun munosib hayot darajasini ta’minlashdan iborat ekan, erishgan barcha yutuq va marralarimizni mustahkamlab, bu yo‘lda belni yanada qattiqroq bog’lab mehnat qilishimiz talab etilishi tabiiydir.
O‘zining 19 yillik mustaqil taraqqiyoti davomida qanchadan-qancha sinov va mashaqqatlardan yorug’ yuz bilan o‘tgan, beqiyos bunyodkorlik salohiyati bilan o‘z yurtini obod va farovon etib kelayotgan mard va mehnatkash xalqimiz bunga har tomonlama qodir ekani barchamizga kuch-g’ayrat va g’urur, ertangi kunimizga mustahkam ishonch bag’ishlaydi.
Yurtimizda o‘tgan yillar davomida davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi va boshqa institutsional tizimlari aynan ana shu tamoyillar negizida shakllanib, faoliyat olib bordi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor dastur va rejalari, jumladan, Inqirozga qarshi choralar dasturi ham shu asosda ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Shuning hisobidan biz bugungi kunda sobiq sovet tuzumidan qolgan og’ir illatlarning xatarli tahdidlarini yengib o‘tish, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siridan saqlanish uchun ishonchli to‘siq va mustahkam poydevor yaratish bilan birga, milliy iqtisodiyotimizning barqaror va jadal rivojlanishini, aholimizning hayot darajasi va farovonligi uzluksiz oshib borishini ta’minlashga erishmoqdamiz.
Istiqlolimizning eng buyuk yutuqlaridan biri – yurtimizda tarixan qisqa muddatda milliy davlatchiligimiz poydevori yaratilgani bilan bugun har qancha faxrlansak arziydi. Milliy davlatchiligimizning eng muhim qadriyatlarini belgilab beradigan Asosiy qonunimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari o‘zining aniq ifodasini topgan bo‘lib, ular orasida davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi hal qiluvchi qoida sifatida muhrlab qo‘yilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Azizxo’jayev A.A. Chin O’zbek ishi Toshkent- 2003.


2. Ahmedov E. O’zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. Toshkent Abu Ali Ibn Sino nashriyoti 2002.
3. Qoraqolpog’iston tarixi (1917-1994) O’zbekiston 2019.
4. Sharifxo’jaev M., Davronov Z. Ma’naviyat asoslari. T.: 2005.
5. A.Abdulayev. Ma`naviyat va iqtisodiy tafakkur: T: “Ma`naviyat”, 1999.
6. M.Imomnazarov. Milliy ma`naviyatimiz nazariyasiga chizgilar. T.: “Sharq”, 1998
7. A.Qodirov. Ma`naviyatning iqtisodiy tamoyillari. T.: “O`qituvchi”, 1999
8. S.Otamurodov va boshqalar. “Ma`naviyat asoslari” T.: “Meros”, 2002.
Yüklə 50,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin