O'zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti real vaqt tizimlari


QNX operatsion tizimini o’rnatish



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə2/3
tarix10.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#138871
1   2   3
QNX operatsion tizimini o’rnatish

1-rasm. VirtualBox orqali QNX ni o’rnatish jarayoni

2-rasm. QNX ni install qilish jarayoni

3-rasm. Mamlakatingizni tanlash jarayoni

4-rasm. Litzensiya shartlarini qabul qilish jarayoni

5-rasm. Qo’shimcha litzenziya qo’shish jarayoni

6-rasm. Yakuniy o’rnatilish jarayoni

7-rasm. O’rnatish jarayoni yakunlandi

8-rasm. QNX foydalanuvchi oynasi

Real vaqt operatsion tizimlarining sanoat standartlari.
Real vaqt operatsion tizimlarning (RTOS) bir nechta ta'riflari mavjud bo'lib, ularning aksariyati bir-biriga zid keladi. RVT ning maqsadi va asosiy vazifalari bo'yicha turli xil ta’riflarni keltirish uchun ulardan ba'zilari keltiramiz: Real vaqt tizimi - bu har qanday dasturning muvaffaqiyati nafaqat uning mantiqiy to'g'riligiga, balki natijani olish uchun ketadigan vaqtga ham bog'liq bo'lgan tizimdir. Vaqt chegaralari qoniqtirilmasa, tizimlarning ishlashidagi nosozlik qayd etiladi.
Shunday qilib, vaqt cheklovlarini qondirish kafolatlanishi kerak. Bu tizimni oldindan aytish mumkin bo'lishini, ya'ni hozirgi holati va ish hajmidan qat'i nazar, kerakli vaqt ichida kerakli natijani chiqarishni talab qiladi. Shu bilan birga, tizim mavjud resurslardan maksimal darajada foydalanishimaqsadga muvofiqdir. Real vaqtda qattiq (hard) va yumshoq (soft) talablar o'rtasida farqlanadi. Agar dasturning kechikishi boshqariladigan tizimning to'liq buzilishiga olib keladigan bo'lsa, unda qattiq real vaqt (qattiq RTS) haqida gapiriladi. Agar kechikish faqat samaradorlikning, xizmat ko’rsatish sifatini yo'qolishiga olib keladigan bo'lsa, unda yumshoq real vaqt (yumshoq real vaqt) haqida gapiriladi. Aksariyat dasturiy ta'minot yumshoq real vaqtga yo'naltirilgan va yaxshi RTSning vazifasi tizimning xavfsiz ishlash darajasini ta'minlashdir, hatto boshqaruv dasturi hech qachon o'z ishini tugatmasa ham.
Мuгаkkаb jаrауоn yoki obektlaгni boshqarish uchun obektlar haqida ma'lumotlar katta oqimining markazlashgan yig'ilishi va matematik qayta ishlanishi,shuningdek foydalanuvchi yoki boshqaruv tizimining bajaruvchi elementlariga qayta ishlash natijalari berilishi lozim. Kоmруutеr va mikroprotsessor texnikalarining rivojlanishi tezligi obekt harakati dinamikasi yoki boshqariladigan jаrауоnlаr bo'lish tezligiga mos keluvchi dinamik jаrауоn va obektlarni avtomatik boshqarish tizimlarini yaratish imkonini beradi.
Bunday avtomatizatsiyaning yakuniy maqsadi - bеrilgаn vaqt cheklanishlarida boshqaruvning optimal rejimi bilan ta'minlashdir.

  • Bunday avtomatlashtirilgan tizimlaming asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi: Birlamchi avtomatika vositalari (uzatgichlar, boshqaruvchilar, fizik kattaliklarni elektr signallariga o'zgatirgichlar);

  • Birlamchi avtomatika elementlarini kompyuter qurilmasi bilan birlashtirish vositasi (kiritish/chiqarish modullari, ma'lumotlami yuborish kanallari, axborot shakllarini analoglidan raqamliga o'zgartirgichlar);

  • kompyuter boshqaruvi vositalari (mikroprotsessor va mikrokontroller tizimlari, signal рrоtsеssоrlаri, dinamik jаrауопlаr kechishini monitoring qilish tizimlari).

Avtomatlashtirilgan boshqaruvning asosiy vazifasi obektlaming atrof-muhitga qo'llanilishiga mos ravishda funksiyalanishining optimal rejimlarini topish va qo'llash hisoblanadi. Boshqaruvning qiyin vazifalaridan biri boshqaruv obektining matematik qonuniyatini topish hisoblanadi, ya'ni uning dinamik harakat modelini tuzishdir. Jаrауоnlаr yoki obektning olingan modeli avtomatlashtirilgan tizimlarning asosiy elementlari funksiyalanish qoidalarini shakllantirish uchun asos hisoblanadi: o'lchov vositalari, ulash vositalari va boshqaruv vositalari. Obektning dinamik modeli asosida kompyuter dasturi ko'rinishida xotiraga yoziladigan boshqaruv algoritmi ishlab chiqiladi.
Boshqaruv tizimlarining murakkab ko'rinishlaridan biri ma'lumotlarni qayta ishlash rejimi boshqarilayotgan obekt dinamik jaгayonlarini borishi tezligi bilan teng mаrоmdа amalga oshirilishi kerak bo'lgan real vaqt tizimlari (RVТ) hisoblanadi, аgаr uning tezligi nazorat yoki boshqaruv obektlarida fizik jаrауопlаr kechish tezligi bilan mos bо'lsа tizim rеаl vaqt rejimida ishlaydi. Boshqaruv tizimla'ri real vaqt tizimlari. Bunday avtomatlashtirilgan tizimlar tarkibiga analogli, raqamli va holati bilan bog'liq uzatgichlar, analog-raqamli va rqamli-analogli o’zgartirgichlar, mikroprotsessor va mikrokontrollerlar, signal protssesorlari, ulash va ko’rsatish qurilmalari kiradi. Bоshqaruv obekti ob’ekt haqida axborotni birlamchi qayta ishlanishi uchun zаrur tаsпiflаr to'plamini shakllantiradigan uzatgichga еgа. Bu axborotni yig'ish, o’zgartirish va hisoblash bo’limiga kiritish (mikroprotsessor) tizimli interfeys orqali hisoblash bo'limi yadrosi bilan o'zaro ta'sirlashadigan o'zgartirish kichik tizimi vositasida amalga oshiriladi. Ob’ekt ko'rsatgichlari bo’yicha zarur hisoblash operatsiyalarini bajargandan so'ng operatsion bo'lim yoki уаdrо chiqarish bolimi va o’zgartirish orqali boshqaruv va qo’llash jarayonlarining talab qilinadigan xarakteristikalarini ta'miniash uchun obektga yuboradigan boshqaruv ta'sirini shakllantiradi.
Hisoblash bo'limining yadrosi bilan qayta ishlash natijalari monitor ekraniga aks ettirishning standart tizimlari yoki boshqa visual qurilmalar уоrdаmidа chiqariladi, yoki aloqa kanali orqali ахbоrоtni ikkilamchi qayta ishlanishi uchun, аnсhа yuqori darajadagi tizimlar bilan ta'sirlashish uchun yuboriladi.
Zamonaviy hayot ushbu tipdagi tizimlarga qanchalik bog'liqligini ko'rsatish uсhun RVT qo'llanilish sohalariga misollar keltiramiz:
1.Наrbiу va koinot soha:

  • bort va ichki qurilmalar;

  • o’lchash va boshqaruv tizimlari, rаdаrlаr;

  • raqamli videotizimlar, simulyatorlar va modellar;

  • raketalar, holat va joyga bog'langanlikni aniqlash tizimlari.

2. Sanoat:

  • ishlab chiqarish (ATBL) va texnologik jarayonlarni (ATBTL) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari;

  • avtomobilsozlik: simulyatorlar,motomiboshqarishtizimlari,avtomatik ulagich tizimlari;

  • Energetika: ахbоrоt yig'ish, ma'lumot va qurilmalami boshqarish;

  • telekommunikatsiyalar: kommunikatsion qurilmalar, tarmoq, kommutatorlari, telefon stansiyalari, bank qurilmalari.

3. Keng iste'mol tovarlari:

  • mobil telefonlar;

  • rаqаmli televizion dekoderlar;

  • raqamli televideniya (multimediya, videoresiverlar);

  • kompyuter va ofis qurilmalari (printerlar, kopirlar).


Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin