Oʼzbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo Ulugʼbek nomidagi samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti


-rasm. Klassik usulda geodezik tarmoqni optimallashtirish modeli



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə20/41
tarix13.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#140113
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Порядок получения топографической и картографической информации с помощью программ SASPlanet и Google Earth Pro.

1.4.1-rasm. Klassik usulda geodezik tarmoqni optimallashtirish modeli
1.4.1 – rasmdan koʻrinib turibdiki, geodezik tarmoqni optimallashtirishda asosan tarmoqda oʻrnatiladigan punktlarning barqarorligi, konfiguratsiyasi, aniqligi va punktlarning bir – biriga koʻrinishi juda katta ahamiyatga ega boʻlgan [26, 27, 33, 43, 129, 137, 139].
Muruntov karyeri atrofidagi geodezik tarmoqni loyihalashtirishning yakuniy maqsadi aniqlik, ishonchlilik va tejamkorlik maʼnosida maqbul – optimal tarmoqni olishdir. Bu har bir geodezik tarmogʻida oldindan belgilangan omil va loyihalashtirilgan tarmoq ushbu talablarni bajara olishi kerak.
Hozirgi zamonaviy GNSS texnologiyalarining yutuqlarini inobatga olib, Muruntov karyeri atrofidagi geodezik tarmoqning maqsadidan kelib chiqqan holda 1.4.1 – rasmda keltirilgan sxemaga qoʻshimcha parametrlarni qoʻshish mumkin (1.4.2 – rasm). Bunda, sunʼiy yoʻldosh texnologiyalari orqali Muruntov karyeri atrofidagi geodezik tarmoqni optimallashtirish parametrlarining sxemasi quyidagicha boʻladi:
- deformatsiyalarni kuzatish tarmoqlarida aniqlik, sezgirlik (barqaror – mustahkamlik) va ishonchlilik parametrlari;
- konfiguratsiyani loyihalash uchun zichlashtirish va dinamik modellashtirish parametrlari;
- iqtisodiy omillarni optimallashda vaqt, loyihalash va qurish xarajatlari parametrlari;
- punktlarning bir-biriga koʻrinishi (zarur boʻlsa) va zamonaviy talab boʻyicha.
Tarmoqning optimal shakli bilan biz tarmoq maʼlumotlari, konfiguratsiyasi va kuzatuvlari tarmoq sifatiga qanday taʼsir qilishi mumkinligini hal qilishimiz mumkin. Masalan, nazorat punktlari tarmogʻining talab qilinadigan sifatini bajarishda ahamiyatga ega boʻlsa, kuzatishni tarmoqning kuzatuv rejasidan chiqarib tashlash mumkin.
Muruntov karyeri atrofidagi geodezik tarmogʻining asosiy sifat talablari va loyihalash muammosining turli bosqichlari batafsil tavsiflanadi.
Muruntov karyeri atrofidagi geodezik tayanch tarmoqlarini optimallashtirish muammolarini hal qilishda quyidagi omillar hisobga olinishi kerak:
- relyef sharoitlari (relyef, oʻsimlik qoplami, togʻ-kon obyektlari, shahar va qishloq aholi punktlari koʻchalarining konfiguratsiyasi);
- geodezik tayanch tarmoqning boshlangʻich punktlarining joylashuv sxemasi;
- yaratilayotgan geodezik tarmoqning geometriyasini oldindan belgilash imkonini beradigan aerofoto va kosmik, topografik karta materiallari.
Muruntov karyeri atrofidagi geodezik tarmoqni loyihalashtirish va optimallashtirishning mohiyati tarmoqning dastlabki belgilangan sifat talablarini bajarishiga imkon berishdir. 1.4.2 – rasmda Sunʼiy yoʻldosh texnologiyalari orqali Muruntov karyeri atrofidagi geodezik tarmoqni optimallashtirish parametrlari sxemasi berilgan. Shuningdek geodezik tarmoqni optimallashtirishning asosiy parametrlari aniqlik, ishonchlilik va tejamkorlikdan iborat boʻlib, u quyidagicha [138:221b, 144: 19-23b, 151:11-16b]:
- aniqlik – bu tarmoq tasodifiy xatolarni tarqoqligi (dispersiyasi);
- ishonchlilik – bu model xatolarini aniqlashda ortiqcha oʻlchashlar soni bilan bogʻliq;
- tejamkorlik – bu tarmoq narxini, yaʼni boshlangʻich bazaviy tayanch punktlarini qurish, oʻlchashlarni amalga oshirish, narxini va boshqa xarajatlarni ifodalaydi.
Optimal ishlab chiqilgan tarmoq – bu geodezik tarmoqning oldindan belgilangan talablarini bajarish uchun yetarlicha aniq va ishonchli boʻlishi kerak. Shu bilan birga, ushbu tarmoq amalda qurilishi uchun moliyaviy va iqtisodiy maqsadga muvofiq boʻlishi kerak. Shu bilan birga, ushbu omillarning barchasini bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish tartibida koʻrib chiqish va ular oʻrtasida baʼzi bir xatoliklarga olib kelishi mumkin boʻlgan sabablarni aniqlash zarur. Ushbu muammoning mumkin boʻlgan yechimi keyingi boblarda muhokama qilinadi. Loyihalash bosqichida hali oʻlchashlarga ehtiyoj boʻlmaganligi sababli, koʻrsatilgan sifat omillari har qanday geodezik oʻlchashlardan mustaqil boʻlishi va aksincha tarmoq konfiguratsiyasi boʻyicha vaznlariga bogʻliq boʻlishi kerak.


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin