O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va


-rasm. Ermon bargli ambroziyaning urug‘lari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə13/18
tarix09.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#127974
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
dildora xurramova

3.3.1-rasm. Ermon bargli ambroziyaning urug‘lari.


U urug‘idan, ildiz bachqilaridan va ildizpoyalaridan ko‘payadi. Aksariyat ko‘p yillik o‘simliklar singari urug‘idan ko‘payish kakra uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Kakra urug‘larining unuvchanligi 3-4 yil mobaynida saqlanadi. Ularning unishi uchun tuproqning yuqori namligi va harorati talab etiladi. Sug‘orilmaydigan maydonlarda tuproqning yuqorigi qatlamida bunday sharoit kam yuzaga keladi, shu bois uning unuvchanligi bu yerda past bo‘ladi. Urug‘larning eng jadal unishi xaydalma qatlamda kuzatiladi, ammo ularning ko‘pchiligi tuproq yuzasiga chiqa olmay nobud bo‘ladi. Kakra o‘simligi urug‘idan unib chiqqandan so‘ng dastlabki oy sekin o‘sib rivojlanadi: 2,3,5 - oylarda atiga 5-7 bargdan iborat poya shakllanadi. Kakraning rivojlanishida uning ildizi va ildizpoyalaridan o‘suvchi novdalar katta ahamiyatga ega bo‘lib, ularni yukotish katta qiyinchilik tugdiradi. Ularning zaxirasi tuproqda juda ham ko‘pdir. Adabiy ma’lumotlarga kura, tuproqning 65 sm lik qatlamida 1 ga dagi barcha ildiz va ildizpoyalarning uzunligi qariyb 25 km ga yetadi (shu jumladan ildizi 80% ildizpoyasi 20%). Kakraning iddizlarida uglevodlarning ko‘plab zaxirasi to‘planadi, shu bois ular novda xosil qiluvchanlik energiyasining kattaligi bilan ajralib turadi va ko‘p karra kesilganda ham kukarish xususiyatiga egadir. So‘ngisi, uz navbatida, gorizontal va vertikal uchinchi tartib ildizlarini shakllantiradi va xokazo. Gorizontal ildizlarning egilgan joylarida vertikal ildizlarning yuqorigi kismida ko‘p sonli kurtaklar xosil bo‘ladi, ulardan yer ustki poyalar rivojlanadi. Shu tarzda, kakra onalik o‘simlik atrofida tarkalib, bachqilar uchogini xosil qiladi Ayrim uchoklar kushilib ketib, o‘simlik kalinligi 1 m2 da 400 donagacha poya bo‘lgan yaxlit ifloslangan maydonlarni yuzaga keltiradi. Kakra ildizi va ildiz poyalarining kesmalari ko‘pgina boshka ildiz bachqilaridan ko‘payuvchi o‘simliklardan farkli ravishda, kuchsiz xayotchanligi bilan ajralib turadi va namlik ko‘p bo‘lgan sharoitlardagina kamdan-kam kukarib ketadi, Nokulay sharoitlarda, xususan namlik yetishmaganda, kakra ildizlari tinim davriga ketadi va u bir necha yil saqlanadi. Adabiy ma’lumotlarga kura, yoruglik va namlikdan maxrum etilgan kakrada xayotchanlik
5-6 yil saqlangan. Novdalarning rivojlanishi va paydo bo‘lishi erta baxordan boshlanadi va kech kuzgacha davom etadi. Kakra may - iyun oylarida gullaydi, mevalari iyun - iyul oylarida pishib yetiladi. Bu davr odatda boshokli galla ekinlarining xosilini yigish paytiga tugri keladi.






Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin