Sudraluvchi kakraga qarshi karantin tadbirlari qatoriga urug‘lik materiallarni qattiy nazorat qilish, almashlab ekish qoidalariga amal qilish, begona o‘t tarqalgan dalalar ikkinchi yil shudgor qilib qoldirilishi kerak. Sudraluvchi kakraga qarshi umumlashgan kurash chora tadbirlari bilan birgalikda, keng aholi ommasi orasida ham targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borish, ularni ham sudraluvchi kakraga qarshi kurash tadbirlariga jalb etish maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirgan taqdirdagina sudraluvchi kakraga qarshi samarali kurash olib borilishini taminlagan bo‘lamiz.
Yangi toza yerlarning kakra bilan ifloslanishini oldini olish choralari tizimida kishlok xujaligi ekinlarining toza ekish materialidan foydalanish va dalalarga yaxshi chirigan gungnigina keltirish katta axamiyatga ega xisoblanadi. Odatda, kakra urug‘lari bilan beda, bugdoy, arpa, suli va tarik kabi keng tarkalgan kishlok xujalik ekinlarining urug‘lari kuchli ifloslangan buladi. Ularni tozalash turli don tozalovchi mashinalardan (shu jumladan elektromagnit) utkaziladi. Chorva mollari kakra begona uti bilan ifloslangan pichan bilan bokilganda, uning urug‘i gung tarkibiga utadi. Chorva xayvonlarining oshkozon-ichak traktidan utar ekan, butun urug‘lar o‘zining xayotchanligini yukotmaydi. Fakatgina 3-4 oy mobaynida tugri kompostlangandagina, ya’ni urug‘ tarkibidagi asosiy ozuka komponentlari tulik chirib ketganda, kakra urug‘lari o‘zining unuvchanligi ni butunlay yukotadi. Kakra bilan ifloslangan yem-xashaklarni tayyorlashga xam aloxida e’tibor karatish talab etiladi, Don chikindilarini chorva mollariga fakat maydalangan yoki buglatilgan xoldagina berish lozim. Ishlov berilmaydigan yerlardagi kakra uchoklarini gullashga yul kuymagan xolda muntazam urib turish tavsiya etiladi, bu esa usimlik savatchalarining erigan kor va yomgir suvlari bilan toza maydonlarga tarkalib ketishining oldini oladi. Kishlok xujalik ekinlari xosilini yigib olishdan avval kakraning kichik uchoklarini 1-2 m zararlanmagan polosa bilan birgalikda aloxida urib olish tavsiya etiladi. Urilgan massa daladan olib chikiladi, kuritiladi va yokib yuboriladi. Bu tadbir asosiy don massasiga kakra urug‘larining tushib kolishini bartaraf etadi.
Begona o‘tlarga qarshi turli tadbirlar: agrotexnik, biologik (almashlab ekish, oraliq va takroriy ekin ekish, shudgorlash va boshq.), mexanik (chopiq, o‘toq) va kimyoviy (gerbitsidlar sepish) kurash choralari qo‘llaniladi. Biologik usullar. Tadqiqotlarga qaraganda, almashlab ekish dalalarni begona o‘tlardan tozalashda katta ahamiyatga ega. Ilmiy izlanishlar asosida beda ekilgan dalalarda beda- boshoqli va qoplovchi ekinlar hisobiga maysalarning muayyan qalinligini hosil qilish va saqlab turish, begona o‘tlarni izchil kamaytirish imkonini beradi. Hozir har xil tuproqlarda jadallashtirilgan almashlab ekishning 2:1 va 1:2:1 tizimlari qabul qilingan. Beda ekilgandan so‘ng begona o‘tlar 56, oraliq ekin sifatida kuzgi
javdar, silos uchun ekilgan makkajo‘xoridan keyin esa 50 foizgacha kamaygan. Ekinlarni navbatlash ko‘p yillik begona o‘tlarni, ayniqsa, qo‘ypechak va salomalaykumni kamaytiradi. Oraliq ekinlar ham dalalarda begona o‘t tarqalishini ancha kamaytiradi. Masalan, oraliq ekinlar ekilmagan paytda 1 m2 maydonda 14,5 ta bir yillik va 411 ta ko‘p yillik begona o‘t bo‘lsa, ko‘kpoya uchun ekilgan kuzgi javdardan so‘ng begona o‘tlar soni mos ravishda 1,3 va 108 taga to‘g‘ri kelgan. Beda bilan g‘allani qo‘shib ekish ham begona o‘tlarni yo‘qotishda yaxshi samara beradi