O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə14/18
tarix09.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#127974
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
dildora xurramova

3.3.2-rasm. Sudraluvchi kakra.


IV-BOB. IChKI KARANTIN BEGONA O‘TLARIGA QARShI UYG‘UNLAShGAN KURASh
    1. Ichki karantin begona o‘tlar vakillariga agrotexnik kurash choralari


Agrotexnik va mexanik tadbirlarni olib borishda shudgorlash ishlarini o‘tkazishda ikki yarusli pluglarning yetishmasligi va texnikalarning ma’naviy eskirganligi oqibatida dalalar ko‘p yillik begona o‘tlar bilan yuqori darajada zararlanmoqda. Hozirda Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarining deyarli barcha tumanlarida, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining 70–80 % maydonlarida ko‘p yillik begona o‘tlardan ajriq keng tarqalgani kuzatilmoqda. Afsuski, boshqa mintaqalarda ham bunday dalalarni ko‘plab uchratish mumkin. Bu esa ishlab chiqarish xarajatlarini, ya’ni qo‘l mehnati 2–2,5 barobargacha (chopiq ishlari 4–5 martagacha o‘tkaziladi), yonilg‘i-moylash materiallari xarajati 10–15 % (15–17 l/ga) oshishiga, ishchilarga qo‘shimcha haq to‘lashning 8–10 % ko‘payishiga va paxta hosilining 7–8 s/ga. ga kamayishiga, oqibatda esa mahsulot tannarxining ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda. Begona o‘tlarga qarshi kurashda tuproqni qo‘sh yarusli plug bilan chuqur haydash, kuzgi shudgorlash, bahorda haydash, chizel yordamida yumshatish, begona o‘t ildizpoyalarini terib-yig‘ib olish, boronalash, diskalash, rotatsion yulduzchalar bilan ishlash, kultivatsiyani o‘tkazishda ishchi organlar to‘liq o‘rnatilishini ta’minlash, chopiq qilish va begona o‘tlarni o‘tash kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Tuprog‘i sho‘rlanib turadigan sharoitda, ya’ni chigit ekish oldidan, albatta tuproq sho‘ri yuviladigan yoki sholi ekish uchun ajratilib, dastlab suv to‘ldiriladigan dalalarda o‘t bosishi keskin kamayadi. Ayniqsa, bunda ekish oldidan qo‘ypechak, semizo‘t va ituzumlarga qarshi suv bostirish yaxshi samara beradi.
Begona o‘tlarga qarshi kurashishda shudgorlash juda muhim omillardan biri hisoblanadi. Akademik V.R.Vilyams (1949), «kuzgi shudgor tuproq unumdorligini oshirish bilan birga, begona o‘tlar tarqalishini oldini olish va ularni butunlay qirib tashlashning eng muhim tadbirlaridan biridir» degan edi. Shuning uchun ham agrotexnikaviy tadbirlar begona o‘tlarga qarshi kurashishda eng ishonchli va samarali usullardan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi (Kott, 1969).
V.M.Garmashov (1996) tajribalarida, tuproq yuzasi ag‘darib tashlanmasdan ishlov berilgan yerlarda kuzgi bug‘doy bir va ko‘p yillik begona o‘tlar bilan ifloslanib, begona o‘tlar quruq massasi tuproq yuzasi ag‘darib tashlab ishlov berilgan variantdagiga nisbatan 55-122%, shu jumladan ko‘p yillik begona o‘tlar 2-4 marta ko‘p bo‘lganligi kuzatilgan.
Ko‘p yillik tajribalar asosida, (Muhammadjonov, 1986) shu narsa aniqlanganki, tuproqqa asosiy ishlov berish kuz oyida bir marta chuqur shudgor o‘tkazilib, tuproqning ustki qatlami pastga ag‘darilib tashlanishi kerak. Natijada tuproqlarni yuza qismini g‘ovakligi ortadi, uni suv-fizik xossalari va oziqa rejimi yaxshilanadi, o‘g‘itlar, begona o‘tlarning urug‘lari, har xil zararkunanda va kasallik tarqatuvchilar tuproq yuzasidan uning chuqur pastki qatlamlariga ag‘darib tashlanadi. Pastki qatlamlaridan esa, strukturasi bo‘zilmagan, oziqa moddalar va suv-fizik xossalari yaxshi bo‘lgan tuproq yuzaga olib chiqiladi (Nazarov, Hasanova, 2002).
B.B.Rustamov (2004) tajribalarida, eng kam miqdordagi begona o‘tlar 216 - 273 dona/m2 20-22 sm chuqurlikda plug bilan ishlov berilganda kuzatilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 5-8 sm chuqurlikda og‘ir borona (BDT-3) bilan diskalangan maydonda -67% , yuza yumshatgich bilan 16-18 sm chuqurlikda ishlov berilgan variantda esa 47% ko‘p bo‘lgan. Ma’lumki, begona o‘tlarga qarshi kurashishning asosi - agrotexnikaviy choralardir. Bu borada B.Bahramov (2004) tadqiqotlarini ilmiy isbotlashicha, tuproqqa asosiy ishlov berish, ya’ni 25-30 sm chuqurlikda qo‘sh qavatli haydov o‘tkazish, dalalarning begona o‘t bosishini 2,5 marta, A.A.Borin (2003) tajribalarida kuzgi bug‘doy dalalarda asosiy ishlov berish otvalli, otvalsiz va otvalli + otvalsiz pluglar yordamida o‘tkazilganda 1m2 maydonda mos ravishda 58, 105, 69 dona begona o‘t borligi aniqlangan va 24,8; 24,0 va 28,0 s/ga don hosili yetishtirilgan.
Yu.B.Logachev (1992) tajribalarida, shudgorlash 20-22 sm chuqurlikda o‘tkazilganda kuzgi bug‘doyning tuplanish davrida 1m2 da 94,9 dona yoki 350,3 g/m2 begona o‘t massasi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan chuqurlikda yumshatish o‘tkazilgan variantda esa 116,7 dona/m2 va 417,7 g/m2 , yumshatish
10-12 sm chuqurlikda o‘tkazilgan variantda 133,6 dona/m2 yoki 458,3 g/m2 , shudgorlash (28-30 sm) ni chuqur yumshatish (25-27 sm) bilan birgalikda o‘tkazilganda 84,0 dona/m2 yoki 318,0 g/m2 da begona o‘tni quruq massasi aniqlangan. Begona o‘tlar miqdorini gerbisid qo‘llamasdan bunday kamayishiga, faqatgina asosiy ishlov berish usuli va chuqurligini to‘g‘ri tanlash orqali yerishilgan.
Qator oralariga ishlov beriladigan ekinlar ning begona o‘tlariga qarshi kurashishda hamda tuproqqa sifatli ishlov berishda ikki yarusli pluglar bilan shudgorlash eng samarali usul hisoblanadi. Bunday shudgorlash vegetasiya davrida qator oralariga ishlov berish sonini 2-3 marta kamaytirishga imkon yaratib, begona o‘tlar miqdorini 30-80% kamaytiradi (Mirzajonov, Xasanova, 2001).
D.Abdukarimov, N.O‘razmatov (2004) tajribalarida tuproq 14-16 sm chuqurlikda chizel qilinib, takroriy ekin eqilganda, begona o‘tlar eng ko‘p bo‘lib, 1m2 da o‘rtacha uch yilda 115,6 donani tashqil etgan. Tuproqqa asosiy ishlov berish chuqurligi ortib borishi hamda chizellash o‘rniga ag‘darib haydash hisobiga begona o‘tlar soni kamayib borgan va takroriy ekin yekish oldidan 28- 30 sm chuqurlikda ag‘darib haydalganda, begona o‘tlar soni keskin kamayib, o‘rtacha 1m2 da 22,4 donani tashqil etgan.
Xulosa qilib aytganda, tuproqqa asosiy ishlov berish usullari va chuqurligi kuzgi bug‘doy begona o‘tlariga qarshi kurashishning eng muhim vositasi bo‘lib, ularni to‘g‘ri tanlash orqali, g‘allazorlarda tarqalgan bir, ikki va ayniqsa, ko‘p yillik begona o‘tlarning 40-60% ni yo‘qotish imkoniyati paydo bo‘ladi, tuproqni suv, oziqa, havo va issiqlik rejimlarini mutanosibligi yaxshilanib, mikrobiologik aktivligi ortadi, pirovard natijasida kuzgi bug‘doy don hosili gektariga 20-40 % ortishini ta’minlaydi.
Chigit ekish oldidan dalalarga disk yoki tishli boronalar yordamida ishlov berish yaxshi samara beradi. O‘rtachirchiq tumanidagi «Oq ota» fermer xo‘jaligining ajriq bilan 100 foiz zararlangan dalasida 2 yil davomida tajriba o‘tkazdik. Tajriba dalasi kuzda 40–45 sm chuqurlikda shudgorlanib, chigit ekish
oldidan 3 marta boronalandi. Borona paytida ajriq ildizlari daladan tashqariga chiqarib tashlandi. Chigit ekish oldidan «Kotoran» (1,2 kg/ga), «Stomp» (2,0 l/ga)
«Intera» (2,0 l/ga) preparatlari qo‘llanildi. Natijada bir yillik begona o‘tlarning soni 90–95, ko‘pyillik o‘tlar, jumladan, ajriq soni 55–63 foizgacha kamaydi.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin