O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə11/18
tarix09.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#127974
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
dildora xurramova

3.2.3-rasm.Uch bo‘lakli ambroziya- Ambrosia trifida L.:
1- o‘simlikning yuqori kismi; 2-maysa; 3-otalik gulining savatchasi; 4-onalik guli; 5- meva; 6-mevaning tabiiy kattaligi.


Kiprikli kungaboqar-Helianthus ciliris DC turi Asteraceae oilasiga mansub ko‘p yillik, poyasi tik o‘suvchi, 60 sm balandlikdagi o‘simlik. Bargi juft, o‘troq,qalami, uzunligi 2- 6 sm. Gullari savatchasimon to‘pgullarda joylashib, naysimon va tilsimon gullari sariq rangda bo‘lib, kattaligi 1,2 sm. Ildiz sistemasi ildizpoya, stolon va asosiy ildizdan iborat. Bu begona o‘t Polsha, Fransiya, Shvesiya, Kanada, AQSh, Meksika, Argentina , Afg‘onistonda tarqalgan. Kiprikli kungaboqar ildizpoyali begona o‘t. Urug‘lari va stalonlar vositasida ko‘payadi. Urug‘lari shamol va urug‘lik materiallar vositasida tarqaladi. Bu begona o‘tga qarshi karantin tadbirlari qatoriga urug‘lik materiallarni qat’iy nazorat qilishdan iborat.
Ko‘p yillik ambroziya- Ambrosia psilostachya DC. Asteraceae oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib tashqi ko‘rinishidan shuvoqga o‘xshaydi. Bu poyasi shoxlangan, tik o‘suvchi, 1 m balandlikdagi o‘simlik. Ildizpoyali, yaxshi
rivojlangan bo‘ladi. Barg bandlari yaxshi ifodalangan, patsimon tomirlangan, yaprog‘i chuqur qirqilgan, 5- 12 sm uzunlikda. Gullari ikki jinsli, 5 a’zoli, sariq rangdagi boshoqsimon to‘pgullar savatchasimon to‘pgullarda joylashib, novdaning uchida xosil bo‘ladi. Onalik to‘pgullari savatcha xosil qilib, uchki barg qo‘ltig‘ida joylashadi. Urug‘i teskarituxumsimon, uchlari ponasimon qisqarib boradigan, sohta mevaning ichida 2- 5 mm uzunlikdagi 1- 2 mm uzunlikda xosil bo‘ladi. O‘simlik urug‘lari 13- 15 S haroratda may oyida unib chiqadi, iyul oyidan boshlanib yon ildizlarni xosil qilib dalalarni ifloslantira boshlaydi.
Bu begona o‘tning kelib chiqish markazi Shimoliy Amerika hisoblansada, u Osiyo, Yevropa, Markaziy, Janubiy Amerikada, Avstraliya, Ruminiya, Kanada, Meksika va Rossiyada uchraydi. Ko‘p yillik ambroziya ildizpoyalari va urug‘lari vositasida ko‘payadi. Vegetatsiya davri 80- 150 kun. Urug‘lari shamol va urug‘lik materiallari, suv vositasida daryo, ariqlar orqali tarqaladi. Barcha ekinzorlarni ifloslantirib katta zarar keltiradi. Bu begona o‘tga qarshi karantin tadbirlari qatoriga urug‘lik material larni qat’iy nazorat qilish, almashlab ekish qoidalariga amal qilish, begona o‘t tarqalgan dalalar ikkinchi yil shudgor qilib qoldirilishi kerak, daladan yig‘ishtirib olib tashlash kerak. Ekinzorlar gerbitsidlar bilan ishlov berilishidan iborat.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin