O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va


II-BOB. TAJRIBA O‘TKAZISH JOYINING MUHITNING IQLIM SHAROITI VA TAJRIBA USLUBI TAXLILI



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə4/18
tarix09.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#127974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
dildora xurramova

II-BOB. TAJRIBA O‘TKAZISH JOYINING MUHITNING IQLIM SHAROITI VA TAJRIBA USLUBI TAXLILI


Surhondaryo viloyati tuproq iqlim sharoitining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Viloyatning shimoliy sharqiy qismida Qumqurg’on,Uzun, Denov va boshqa mayda tog‘ tizmalari joylashgan bo‘lib, ularning balandligi dengiz sathidan 5000 metr balandlikkacha yetadi. G‘arbga qarab tog‘larning balandligi ko’tarilib boradi va o‘rmon bilan qoplangan qir-adirlar bilan tugaydi. Tog‘larga Boysun va Uzun daryolari vohalari va o‘rmon bilan qoplangan tog‘ oldi tekisliklari borib tutashadi. Bu iqlim provinsiyasining xarakterli tomoni shundaki, bu hududlarda o‘zgaruvchan iqlim va yog‘ingarchilik miqdorining bir xil bo‘lmasligidir. Yog‘ingarchilik miqdorining bir xilda bo‘lmasligi va yoz yaqinlashishi bilan haroratning tez ko‘tarilishi mavsum davomida noto‘g‘ri gidrotermik rejimning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Iqlimi sernam bahor oylari quruq va issiq yoz bilan almashinadi. Viloyatning janubiy va janubiy g‘arbiy tumanlari shimoliy sharqiy hududida joylashgan tumanlarga qaraganda nisbatan qurg‘oqchilroqdir.
Viloyatning tog‘ oldi rayonlarida yog‘ingarchilik miqdori 300-500 mm. gacha yetsa, tog‘li hududlarda 500-1000 mm. gacha bo‘ladi. Viloyatda dekabr oyining birinchi yarmidan boshlab qish boshlanadi. Yozning noqulay iqlim sharoiti yuqori havo harorati, past nisbiy namlik va qurg‘oqchil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Kuz odatda sernam bo‘lib, sentabrning yarmidan boshlanadi.
Tog‘ oldi va tekislik hududlarning barchasi qishloq xo‘jalik ekinlari ekishga moslashtirilgan. Bu ekin maydonlari Amudaryo va Surxondaryo daryolaridan sug‘oriladi. Bu tumanlar azaldan sug‘oriladigan dehqonchilikka moslashgan bo‘lib, paxta va g‘alla ekinlaridan tashqari viloyatda sabzavot-poliz ekinlari, bog‘dorchilik-uzumchilik va boshqa turli xil qishloq va xalq xo‘jaligida foydalaniladigan ekinlar eqiladi.
Tadqiqotlarni o‘tkazish (2022-2023 yy.) davrida havo harorati va nisbiy namlikni kuzatib bordik, hamda «Hazar bog’ » meteostansiyasi ma’lumotlaridan foydalandik. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rtacha havo haroratining 100S dan yuqori bo‘lishi 2022-2023 yillarda mart oyining uchinchi dekadasidan boshlandi.
Eng yuqori havo harorati iyun oyining birinchi va avgust oyining ikkinchi dekadalariga to‘g‘ri keldi. Keyinchalik haroratning pasayishi kuzatildi.
Havo harorati 2022-2023 yillar davomida sezilarli farq qilmadi, lekin yog‘ingarchilik miqdori 2023 yili asosan yilning birinchi yarmida ko‘proq kuzatildi. Ikkinchi yarmi esa dekabr oyigacha yog‘ingarchiliksiz o‘tdi. Tadqiqot olib borgan yillarimiz havoning nisbiy namligi yilning boshida va oxirida yuqori bo‘ldi. Mevali daraxtlarning gullash fazasigacha namlik va harorat yuqori bo‘lsa sharq mevaxo‘rining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaraladi. Bu esa o‘z navbatida mevali daraxtlar hosilining miqdori va sifatiga katta zarar yetkazishi mumkin.
2022-2023 yillardagi havoning nisbiy namligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, havoning nisbiy namligi 2 yil ichida mutanosib ravishda bir bo‘lgan. Odatdagidek iyun, iyul oylarida namlik eng past bo‘lgan 48-45%.
Qayd etish joizki, viloyat sharoitida ekinlardan hosil yetishtirish, ekinlar agrotsenozidagi zararli jonzotlar tur tarkibi hamda miqdorining shakllanishi va ularga qarshi samarali kurash tadbirlarini tashqil etish ishlari bevosita gidrotermik ko‘rsatkichlarga bog‘liqdir.
2022 yil
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12


9

50


5

30


1



Namlik. Mm

o S
10 0



Harorat,
0 1

10


5

30


9

50



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin