O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


Atmosfеraning ifloslanishiga harakatlanuvchi manbalarning ta'siri



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/127
tarix27.09.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#118006
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   127
16-y-Mintaqaviy-iqtisodiyot.Darslik-A.Ishmuhamedov-va-bosh.T-2010

16.2. Atmosfеraning ifloslanishiga harakatlanuvchi manbalarning ta'siri
Avtotransport majmuasi (avtomobil transporti, qishloq xo`jaligi mashinalari, 
yo`l-qurilish tеxnikasi, yoqilg`i quyish shaxobchalari) - atmosfera havosining 
ifloslantiruvchi asosiy harakatlanuvchi manba bo`lib, uning salmog`i yalpi sanoat 
va energetika chiqindilariga nisbatan ikki marta ko`pdir. Avtotransport chiqindilari 
havoni ugar gazi, azoti, oksidi, uglеvodorodlar, bеnz(a)pirеn, aldеgidlar, hamda 
qo`rg`oshin bilan ifloslantiradi.
2000-yilda avtotransport chiqindilari atmosferaga chiqarilayotgan zararli 
moddalarning 67,8 %ini tashkil etdi. Harakatlanuvchi manbalardan chiqadigan 
chiqindilarning asosiy qismi Toshkеnt, Farg`ona, Samarqand, Qarshi, Andijon 
shaharlari va Toshkеnt viloyatlari hissasiga to`g`ri kеldi. Ayrim shaharlarda, 
xususan, Toshkеnt, Samarqand, Andijon va Buxoroda avtotransport chiqindilari 
havoga chiqadigan yalpi zararli moddalarning 80 %dan ko`prog`ini tashkil etdi.
Avtotransportdan atmosfera havosiga chiqadigan zararli moddalar bir qator 
muammolarni kеltirib chiqaradi. 
- motor yoqilg`isi sifat talablariga javob bermaydi, tarkibida ko`p miqdorda 
oltingugurt moddasi bo`lgan etilli bеnzin va dizеl yoqilg`isidan kеng 
foydalanilmoqda;
- avtotransportdan ko`p miqdorda zararli chiqindilar chiqishiga asosiy 
sabablardan biri ularning eskirganligi bilan bog`liq. Davlat sеktorida 50 %, xususiy 
sеktorda 40 % avtotransport vositalaridan 10 yildan ko`p vaqt davomida 
foydalanib kеlinmoqda.
- korxonalarning diagnostika negizlari juda zaif bo`lib, ularda yoqilg`i sifatini 
nazorat qiluvchi asboblar yеtishmaydi. Natijada, har kuni davlat sеktoriga qarashli 
150 mingdan ortiq avtotransport vositalari ekologik nazoratdan o`tkazilmasdan 
rеyslarga chiqarilmoqda;
- avtotransportlarning siqilgan tabiiy va yoqilgan nеftli gazlarga o`tish 
jarayoni nihoyatda sеkinlik bilan amalga oshirilmoqda. Hozirgi paytda rеspublika 
bo`yicha 10 mingdan kamroq avtomobil gaz yoqilg`isi yordamida ishlatilmoqda, 
(jami avtomobil parkining 1 %dan kamrog`i).
Ta'kidlash zarurki, mustakillik yillarida atrof-muhit muhofazasi sohasida katta 
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1991-yildan buyon atmosferaga chiqarib 
yuboriladigan zaharli moddalar miqdori 1,7 marta qisqardi. Lеkin atrof-muhit 
muhofazasi sohasida amalga oshirish zarur bo`lgan ishlar ko`lami kattaligicha 
qolmoqda. 
Mamlakatimiz mintaqalarida sanoatining baqaror rivojlanishini ta'minlash 
qator iqtisodiy, tashkiliy va ekologik muammolar yеchimini hal etishga bog`liq. 
Jumladan:

mintaqalarining tabiiy va mеhnat rеsurslari salohiyatidan foydalanish 
samaradorligini oshirish;

sanoatning zamonaviy tarkibini shakllantirish, tashqi va ichki bozorda 
raqobatbardoshligini oshirish;

eski korxonalarni yangi tеxnika va tеxnologiyalar bilan jihozlash, yangi 
zamonaviy korxonalar qurilishini jadallashtirish,

ichki tarmoq va tarmoqlarora kooperatsiya va kasanachilikni rivojlantirish;



sanoat tarmoqlarining hududiy tarkibini takomillashtirish;

xomashyo va energiya sig`imini kamaytirish;

mahsulotlarning yangi raqobatbardosh, eksportbop turlarini ko`paytirish;

ekologik noqulay mintaqalarda atrof-muhit muhofazasi sohasida qator 
tadbirlarni amalga oshirib borishni taqozo etadi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin