10.3- rasm. Avtomatlashtirish ob’ektining tarkibiy ko’rinishi (a) va
boshqarish ob’ektiga ko’rsatiluvchi ta’sirlar (b)
Х= Хr-Х
t.t.
shart bajarilashi mavjudligi bo’lsa, ob’ektni berilgan turg’un
rejimga qaytarish mumkin.
Ob’ektga beriluvchi Хr rostlovchi ta’sir bir vaqtni o’zida rostlovchi
organning chiqish kattaligi hisoblanadi (elektr energiyasining berilishi,
turli
qopqoq, to’sqichlarning ochilishi).
Тexnologik jarayonlar boshqarish ob’ektlari sifatida ko’rilganda ular
to’g’risida boshlang’ich axborotga ega bo’lish kerak.
Buning uchun quyidagi
ma’lumotlarni bilish talab qilinadi.
- avtomatlashtirish ob’ektlarining sig’imi va ularning o’zaro aloqasi (bir
sig’imli, ko’p sig’imli ob’ektlar);
- texnologik jarayonning sifat ko’rsatkichlariga bo’lgan talablar;
- tashqi ta’sirlarning ahamiyati, vaqt davomida o’zgarishi, ta’sir qilish joyi;
- rostlovchi ta’sirlarning ahamiyati va rostlovchi organlarning uzatish
funksiyalari.
10.1. Avtomatlashtirish ob’ektlarining asosiy xossalari
Har
qanday ishlab chiqarish, shu jumladan qishloq suv xo’jaligi ishlab
chiqarishi ham rostlash ob’ektlarining xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Shunda
alohida mashina, turli qurilmalar va hokazolar kompleksi ham ob’ekt sifatida
qaralishi mumkin. Eng ko’p tarqalgan ob’ektlarga quyidagilar kiradi: 1) turli
issiqlik qurilmalari (issiqlik generatorlari, suv isitkichlar, kaloriferli uskunalar,
elektr pechlar,
qozonxona qurilmalari, turli isitkichlar va hokazolar) bunday
ob’ektlarda, odatda, haroratni, beradigan havo, yoqilg’i
yoki energiya miqdorini
rostlash talab etiladi;
2) Gidromeliorativ tizimlari texnologik jarayonlarida qo’llanuvchi argegat va
uskunalar (sug’orish tizimlari qurilmalari, suv tarqatish jarayonlarida qo’llanuvchi
nasoslar va nazorat o’lchovlari);
3) Gidrotexnik inshootlarining mashina va mexanizmlari (tuskichlar,
surgichlar, maxkamlovchi armatura va x.k.);
Ob’ektlarning xossalari rostlash jarayonining boshidan oxirigacha ta’sir etadi,
shuning uchun avtomatik rostlash tizimining ishini analiz qilishda shu xossalarni
hisobga olish kerak.
Avtomatlashtirish ob’ektlarini tavsiyalovchi asosiy xossalarga quyidagilar
kiradi: ob’ektning
statik tavsifnomasi, dinamik tavsifnomasi, o’zida to’plash
(akkumulyatorlik) qobiliyati, yoki tekislash, ob’ektning o’tish vaqti va ob’ektning
vaqt konstantasi.
Ob’ektning statik va dinamik tavsifnomalari. Ob’ektning statik
tavsifnomasi rostlanuvchi miqdor u (chiqish miqdori) ning topshiruvchi ta’sir x
(kirish miqdori)ga o’zgarmas g’alayon F(t)=const li barqaror rejimda bog’liqligini
ko’rsatadi. Statik tavsifnomaning matematik ko’rinishi
u=f(t)
(10.4)
Тurli ob’ektlarning statik tavsifnomalari har xil shaklda bo’ladi; agar ular
chiziqli tenglamalar bilan yozilib, grafik to’g’ri
chiziq bilan ifodalansa, bunday
ob’ektlar chiziqli ob’ektlar deb ataladi.
Ko’pchilik ob’ektlar nochiziqli statik tavsifnomaga ega bo’ladi, shu sababli
avtomatika tizimlarini ham barqaror (statik), ham o’tkinchi (dinamik) rejimlarda
tadqiq etish ancha qiyin.
Chiziqli ob’ekt 1 va nochiziqli ob’ekt 2 uchun statik tavsifnomalar 10.4-
rasm, a da ko’rsatilgan.
10.4-rasm. Statik rostlash sxemasi (a) va rostlash tavsifnomasi (b)
Nochiziqli tavsifnomali tizimlarni tahlil qilish oson bo’lishi uchun statik
tavsifnoma chiziqlantiriladi, ya’ni nochiziqli tavsifnomaning ayrim bo’lagi, yoki
to’liq (3 egri chizik) chiziqli tavsifnomaga almashtiriladi.
Bunday almashish
ma’lum xatolikka keltiradi. Hisoblarda noto’g’ri natijalar olmaslik yoki katta
xatolarga yo’l qo’ymaslik uchun har qaysi alohida holda chiziqlantirishni qo’llash
imkonini, shuningdek, nochiziqli tavsifnomani aniqlash zarur.
Ob’ektning dinamik tavsifnomasi vaqtning istalgan payti uchun
rostlanuvchi miqdor u(t) ning o’tkinchi jarayonda topshiruvchi ta’sir x(t) ga
bog’liqligini ko’rsatadi. Bu kattaliklar orasidagi bog’lanish differensial
tenglamalar
bilan ifodalanadi.
Ob’ektning dinamik xossalari to’g’risidagi to’liq tasavvurni uzatish
funksiyalari va chastota tavsifnomalari beradi.
Dostları ilə paylaş: