TurizmServis Kaf 07.TURIZM IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI
Xalqaro turizm va davlatning to„lov balansi
Davlatning to‗lov balansida davlatning barcha xalqaro operatsiyalari mujassamlashgan. Turistik oqimlar va ularga bog‗liq bo‗lgan barcha valyuta tushumlari to‗lov balansida o‗z aksini topadi. Davlatlararo xalqaro turizm xizmati almashinuvi mahsulot ayirboshlash kabi xalqaro savdoning bir qismi hisoblanadi va davlatning eksport va importiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Turist kelgan davlatda tibbiy xizmat ko‗rsatish qabul qiluvchi davlat uchun eksport bo‗lib, turistlarning ovqatlanishi ega kelgan davlatga import hisoblanadi. Xalqaro turizm iqtisodiyotning boshqa bo‗limlaridagi xalqaro mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatishga turtki bo‗lib xizmat qiladi.
Ko‗pgina davlatlar chet ellik mehmonlar ehtiyojlarini import qilingan mahsulotlar yordamida qondiradi. Turistik infratuzilmaning rivojlanishi ega qurilish mollari, homashyo, texnologiyalar importiga o‗ziga xos yordam bo‗ladi.
Turistik mahsulotlarning chet elda tanilishi uchun reklama, kiyim- kechak va risolalar eksporti yo‗lga qo‗yiladi. Xalqaro Savdo Tashkiloti
ma‘lumotlariga qaraganda Karib havzasi davlatlarining turizm sohasidagi importi umumiy importning 50% tashkil etadi. Xalqaro turizmdan kelayotgan tushum ega, dunyo eksportidan kelayotgan tushumning 9% ini tashkil etadi.
Xalqaro turizm davlatning to‗lov balansiga qo‗shgan ulushi chet ellik turistlarning mezbon davlatdagi xarajatlari va mezbon turistlarning xorijda qilgan xarajatlari o‗rtasidagi farq bilan aniqlanadi. Bundan quyidagicha xulosalarni keltirish mumkin:37 -xalqaro savdo xalqaro ish taqsimoti mahsulidir;
-xalqaro turizm sohasida strategik hamkorlarni tanlash davlatlar o‗rtasidagi ijtimoiy-madaniy aloqalarning rivojlanishi, ya‘ni turizmning rivojlanishiga asos yaratadi;
-ichki talab xalqaro turizm rivojlanishiga sharoit yaratib berganligi tufayli uning rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi;
-barcha xalqaro munosabatlar davlatning to‗lov balansida o‗z aksini topadi;
-xalqaro turizm xizmatlarining almashinuvi mahsulotlar ayirboshlash kabi xalqaro savdoning bir qismi bo‗lib, u davlatning eksporti va importiga ta‘sir ko‗rsatadi;
-xalqaro turizmning davlatning to‗lov balansiga qo‗shgan ulushi xorijiy turistlarning mezbon davlatdagi xarajatlari va mezbon davlat turistlarining chet elda qilgan xarajatlari o‗rtasidagi farq bilan aniqlanadi.