TurizmServis Kaf 07.TURIZM IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI
Turistik transport sayohatini turkumlash
Turistlarga transport xizmatini ko‗rsatish - bu turizm industriyasining eng asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. 1990-yillargacha ham ichki ham xalqaro turizmga xizmat qiluvchi avtomobil, daryo, dengiz, temir yo‗l va aviatsiya transportini o‗z ichiga oluvchi yagona transport tizimi mavjud edi. Barcha turistik xizmatlar tizimidagi transport xizmatining hissasi 40% dan ortiq qismini tashkil qilar edi. Transport sayohatlari turizmning mustaqil ko‗rinishi sifatida qaraladi.
Transport sayohati - bu turli xil transport vositalaridan foydalanib ishlab chiqilgan yo‗nalishlar bo‗yicha turistlar guruhlarining sayohatidir. Transport sayohatlari quyidagicha tasniflanadi, ya‘ni:53
53 Оценка стоимости транспортных средств: Учебник. метод. Пособие / Под ред. Улицкого М.П. – М.: Финансы и статистика, 2005. 123 c.
harakatlanish yo‗nalishi (marshruti) bo‗yicha;
foydalanilayotgan transport turi bo‗yicha;
yo‗nalish trassasining qurilishi bo‗yicha;
sayohatning muddati bo‗yicha;
mavsumiylik bo‗yicha va h.k.
Hozirgi davrda avtobus, havo yo‗li va temir yo‗li vositasidagi sayohatlar keng tarqalgan. Turistik transport sayohatlari bir necha transport turlari orqali ya‘ni: temir yo‗ldan avtobus (yengil avtomobil); havo yo‗lidan avtobus va h.k. amalga oshiriladi. Mobil transporti turi sifatida avtobus va yengil avtomobildan mustaqil yo‘nalishlardagi kabi turistlarni aeroportdan (vokzaldan) mehmonxonaga yoki aksincha olib borib qo‘yishda keng foydalaniladi. Har qanday turist o‘z sayohatini rejalashtirayotganda manzilga olib borish (yetkazish) tezligi, sayohat qulayligi (komforti), qiymati, yuklarini olib borish (ularning og‗irligini hisobga olgan holda) imkoniyati, to‘xtash joylari, ovqatlanish sharoitlari, shovqin darajasi, vibratsiya, dam olish va (tunash) uxlash jarayonlari, ekologik va albatta xavfsizlik kabi omillarni hisobga oladi. Ijobiy omillar qancha ko‗p bo‘lsa, shunchalik transport sayohatining qiymati oshadi.