2017 yilda O„zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va ketgan fuqarolari soni
2017 yilda O‗zbekistonga tashrif buyurgan xorij fuqarolarining safar maqsadlari bo‗yicha taxlil qilinganda: 2272,3 ming kishi (84,7%) qarindoshlarni yo‗qlash maqsadida, 203,7 ming kishi (7,6 %) turistik maqsadda, 159,9 ming kishi (5,9 %) xizmat yuzasidan, 28,7 ming kishi (1,1 %) davolanish maqsadida, 18,5 ming kishi (0,7 %) tijorat maqsadida, 6,9 ming kishi (0,3 %) o‗qish maqsadida tashrif buyurganini ko‗rishimiz mumkin.
2017 yilda O„zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari sonining safar maqsadlari bo„yicha taqsimlanishi, ming kishi
Xorijlik tashrif buyuruvchilarning asosiy qismi MDH davlatlari orasida Qozog‗iston Respublikasiga to‗g‗ri keladi - 1783,8 ming kishi (yoki MDH davlatlaridan kelganlarning 67,7 %), Tojigiston 261,9 ming kishi (9,9 %), Rossiya 143,9 ming kishi (5,5 %), qolgan davlatlar 16,9 % (bular Turkmaniston (62,5 ming kishi), Ozarbayjon (4,3 ming kishi), Belarus (3,0 ming kishi), Ukraina (0,7 ming kishi)
Turistlarni avtobuslarda tashish tasnifi va qoidalari
Ommaviy turistik transport sifatida asosan avtobusdan foydalaniladi. Yuqori komfortabelli turistik avtobuslardan shuningdek, uzoq yo‘nalishlarda ham foydalaniladi (Toshkent-Moskva-Minsk-
Varshava, Berlin-Parij). Bunday yo‘nalishlarda turistlar uchun tungi dam olish otel yoki motellarda tashkil etiladi. Bir reys muddatidagi turistlar (Nr) soniga qarab avtobusning (avtomobil) reysdagi unumdorligini topishimiz mumkin. (Wp):
Np
Wp қ yo‗lovchi (1);
Dcp | (Vt*Z)+tp
bu yerda: Dcp - turning o‗rtacha uzoqligi, km; Vt - tekislik tezlik, km.s, Z - (yo‘ldan unumli foydalanish koeffitsienti (0,90-0,90)), Tp-reys vaqti (harakat vaqti. h to‘xtash vaqti (yo‘lovcqilarni chiqazish uchun) - tushirish vaqti h yo‘nalishning oxirgi punktida to‘xtab turish vaqti). Zarur ma‘lumotlarni bilgan holda soatlik, kunlik, oylik va yillik unumdorlikni hisoblash mumkin.
Ichki yo‘nalishlarda turistik sayohatlarni tashkil etish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Agar turistik kompaniyaning avtobusi yoki umuman shaxsiy transport vositalari bo‘lmasa, ular avtotransport korxonalari bilan shartnoma tuzadilar. Shartnomada ijaraga beruvchi va ijarachining majburiyatlari; transportdan foydalanish predmeti; ijara muddati, ijara to‘lovi tizimi (vaqtbay, unumdorlik km. uchun kelishilgan va b.); o‗zaro hisob-kitob tartibi; haydovchi va sayoxat olib boruvchi yoki shu bilan o‘zaro munosabati; shartnomani amalga oshirishda tomonlarning javobgarligi; shu jumladan fors-major shartlari va h.klar (ko‘zda tutiladi) belgilab qo‘yiladi. Yo‘nalish pasporti yoki transport, turistik yo‘nalishning kartochkasi yuqoridagi shartnomaning ajralmas muhim qismi hisoblanadi.
Uzoq muddatli sayohatlar uchun yumshoq o‘rindiqli, boshqariladigan kreslali, past shovqin va vibratsiya darajasi, iloji boricha ekonomik toza yoqilg‗i va h.klarga ega bo‘lgan yuqori komfortabelli avtobuslardan foydalanish kerak, shuningdek yana garderob, hojatxona, bar, xolodilnik, oshxona va h.klarga ega bo‘lishi kerak. Avtobus mikro iqlimiga talablar Davlat Standarti, sanitariya-gigienik normalar va xalqaro standartlarga muvofiq qo‘yiladi. Infratovush darajasi samoning istalgan nuqtasida 96 dB dan oshmasligi lozim. Avtobus o‘rindiqlari orasidagi masofa 80-85 sm bo‗lishi lozim.
Avtobus yon oynalari 2 qavatli, determal qoplamali, tashqi muhit bilan salonning issiqlik almashuvini kamaytiruvchi bo‗lishi kerak. Bulardan tashqari avtobus salonlarida individual yorug‗lik, chuchuk suvni termos, hojatxona, yuvinish xonasi, garderob va h.klarga esa alohida qism, bir necha monitorli televizor, videomagnitafon, radiotelefon va boshqa aloqa qulayliklari mavjud bo‗lishi kerak. Ichki yo‘nalishlarda marshrutning uzoqligi, turistlar soni, yo‘nalish kategoriyasi, komfort darajasi va h.klarga ko‗ra turli avtobuslardan foydalanishadi. 35-40 kishilik turistik guruhlar uchun LAZ, IKARUS, TAM, MERSEDES va boshqa avtobuslarda xizmat ko‗rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: |