TurizmServis Kaf 07.TURIZM IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI
11.2.- rasm 2025-yilgacha boʻlgan davrda mobaynida Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlanish pragnozlari59
Turistik firmalarga davlat tomonidan berqiladiganyengilliklar..
O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitlarida turizm sohasida investitsiya siyosatidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday siyosatning maqsadi O‗zbekistonda turizmni rivojlantirish, turizm tizimini bozor sharoitlariga moslashtirishdan iborat. O‗zbekistonda xalqaro turizm xalq xo‗jaligining eng istiqbolli tarmoqlaridan biridir. Bu soha YaMM(yalpi milliy mahsulot) va valyuta daromadlarining o‗sishining asosiy manbaiga aylanishi mumkin. BTT ning ma‘lumotlariga ko‗ra Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini ziyorat qilishni xohlovchilar soni har yili 10 mln.dan kam bo‗lmaydi. Bu son faqat Yevropa mamlakatlari bo‗yicha ko‗rsatkichdir.
Agar har bir turist Respublikada unga ko‗rsatilgan xizmatlar uchun kuniga 100 AQSh dollari sarf qilsa, valyuta daromadlarining yillik hajmi 5 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilishi mumkin. Bu yerda asosiy masala
59www.Uzbekturizm.uz sayti ma‘lumotlari
kadrlarni tayyorlash, oliy darajadagi mehmonxonalar, restoranlarni ko‗rish va u yerdagi xizmat sifatini ko‗tarishdan iborat.
O‗zbekistonning tarixiy merosi bu yerga turistlarni jalb qilishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Sayoramizda qadimiy, lekin uncha mashhur bo‗lmagan tarixga va tarixiy obidalarga boy joylar juda kam qolgan. O‗zbekiston boy madaniy meros va toza tabiiy hudularni o‗zida uyg‗unlashtiruvchi mamlakat bo‗lib, bu yerda Iskandar Zulqarnayn, Chingizxon, Amir Temur davrlariga mansub 4000 dan ortiq tarixiy yodgorliklar joylashgan. Fargona vodiysi, Toshkentning tog‗li joylari mamlakatning qorli tog‗lar bilan o‗ralgan eng so‗lim hududidir. Biroq, Respublikada zamonaviy turizm ahvolining tahlili shuni ko‗rsatadiki, mamlaktning o‗ziga xos salohiyati va imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanilmayapti. Buning uchun katta miqdorda sarmoyalar kerak va eng muhim vazifalardan biri ko‗proq xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilishdan iborat.
Hozirgi kunda xorij sarmoyalarini jalb etmasdan investitsion faollikni oshirish va sarmoya resurslarini ko‗paytirishning sira iloji yo‗q. Xorijiy sarmoyaning faol ahamiyatini nafaqat AQSh, Germaniya, Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlarda, balki Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur, Gonkong singari Osiyoning tezlikda rivojlangan mamlakatlari hamda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ham ko‗rish mumkin. Qo‗shma korxonalarni tashkil qilish, qo‗shma ishlab chiqarish va turistik majmualarni hamkorlikda qurish uchun to‗g‗ri xorij sarmoyalarini jalb etish, amaldagi obyektlarni ta‘mirlash va yangilash investitsion siyosatning eng muhim yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi.