8.5-rasm. Bozor tizimida xizmatlarni ishlab chiqarish
strukturasi.
Bozor xizmatlari tarkibiga, bozorda iqtisodiy ahamiyatli baholar bo‘yicha sotiladigan xizmatlar kiritiladi. Ular jumlasiga transport va savdo xizmatlari, pullik madaniyat, sog‘liqni saqlash, maishiy xizmatlar, moliya, kredit, sug‘urta, axborot – hisoblash kabi xizmatlar kiradi.
Moliya vositachilik bilvosita o‘lchanadigan xizmatlar odatda shartli ravishda tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanadi va o‘rtadagi iste‘molga qo‘shiladi.
Xizmatlarning qiziqarli talqinini Lovelok taklif etdi. Uning tasnifida asosiy bo‘lib, xizmatlar kimga yo‘naltirilgan va ularni anglash (his qilish) mumkinligidir.
2.1-jadval.
Xizmatlarning his qilish darajasi bo‟yicha chegaralanishi
Xizmatlarning asosiy klasslari
|
Xizmatlar sohasi
|
1. Inson ta‘nasiga yo‘naltirilgan xis qilinadigan harakatlar
|
Sog‘liqni saqlash, yo‘lovchi transporti,
go‘zallik salonlari va sartoroshxonalar, sport inshoatlari, restoranlar va kafelar
|
2. Tovarlar va boshqa fizik obyektlarga yo‘naltirilgan his qiladigan harakatlar
|
Yuk transporti, asbob uskunani ta‘mirlar va saqlash, qo‘riqlash, tozalikni va tartibni saqlash, kir yuvish xonalari, kimyoviy tozalash, veterinariya
xizmatlari
|
3. Inson ongiga yo‘naltirilgan his qilib
bo‘lmaydigan harakatlar
|
Ta‘lim, radio va televidenie, axborot
xizmatlari, teatrlar, muzeylar
|
4. His qilib bo‘lmaydigan aktivlar bilan
his qilib bo‘lmaydigan harakatlar
|
Banklar, yuridik va maslahat xizmatlari,
sug‘urtalash, qimmatbaho qog‘ozlar bilan operastiyalar
|
Keltirilgan tasniflashtirish nomoddiy ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Masalan xizmatlar iste‘molchi bilan aloqa darajasi, qonuniy va me‘yoriy aktlar bilan tartibga solish darajasi, mehnat talabchanligi, iste‘molchilar segmentlari bo‘yicha (ishchan, shaxsiy xizmatlar va hokazolar) tasniflashtiriladi.
Moddiy tavsifdagi xizmatlar bevosita ishlab chiqarish strukturasiga qo‘shiladi. Ular alohida har bir korxonaning ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratadi. Odatda ishlab chiqarish xizmatlariga ta‘mirlash- xizmat ko‘rsatish faoliyati, texnik, transport – ombor, muxandis – maslahat xizmatlari kiradi. Texnik xizmatlar tarkibida ikki asosiy guruhni ajratish mumkin: birinchisi – maslahat xizmatlari. Ularga buyurtmachiga texnik hujjatlashtirish, tadqiqotlar natijalari, qurilish uchun dastlabki ma‘lumotlar, smetalar va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruhga injiniring tipidagi xizmatlar kiradi.
Xizmatlar tarmoqlarini moddiy ishlab chiqarishga kiritish shartlari bo‘lib, natijalarni olishda qatnashish yoki ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalari faoliyatida qatnashishi hisoblanadi. Unda tovar ayrboshlashi asosidagi xizmatlarni sotish amalga oshiriladi. Xizmatlar tarmoqlarini bunday ajratishning me‘zoni bo‘lib, ularning yaratilgan tovardagi hissasi hisoblanadi.
Tabiiyki, xizmatlarning tovar mahsulotini yaratuvchi xizmatlarning ushbu tarmoqlari YaIM va MD ni yaratishda bevosita ishtirok etadilar. Ammo uzoq yillar mobaynidagi hisoblash metodikasi ushbu haqiqatni aks ettirmagan. Tovar xizmatlari va aholiga pullik xizmatlarning bir qismi YaIM yaratuvchi moddiy ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tarkibida inobatga olinmagan. Daromadning to‘liq hisobi olinmagan. Bu takror ishlab chiqarish jarayonini, yaratilgan ne‘matlar hajmini buzib ko‘rsatgan. Natijada xizmatlarning alohida tarmoqlari rivojlanishiga imkon
bermagan. Milliy hisoblar tizimiga o‘tish ushbu kamchilikni yo‘qotadi, lekin xozircha to‘liq emas.
Nomoddiy ishlab chiqarish ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga bevosita aloqador xizmat tarmoqlarini birlashtiradi. Bu ularning birinchi tavsifli xususiyati; ikkinchi xususiyat – bu bepul, ayrim holatlarda o‘z tannarxidan ancha past narxlardagi ular mahsulotlarini sotishdir.
Nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari tarkibiga ta‘lim, madaniyat, san‘at va sport, sog‘liqni saqlash va boshqalar kiradi. Ushbu sohadagi ishlab chiqarish munosabatlari ijtimoiy, iste‘mol tavsifiga ega bo‘ladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasidagi xizmat sohalari yuqori malakali ishchi kuchini shakllantirish va o‘qitishni talab etadi. Chunki bozor xo‘jalik yuritish sharoitida ishchi kuchi tovar xususiyatlariga ega bo‘ladi va doimiy ravishda mehnat bozorini to‘ldiradi. Ushbu xizmatlar jamiyat a‘zosi sifatida alohida shaxsning ehtiyojini qondiradi. Shu sababli ularni alohida shaxslarga (shaxsiy va yakka tartibdagi) yoki shaxslar guruhlariga (jamoa) va umumijtimoiylarga bo‘lish mumkin.
Nomoddiy ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlari ishchi kuchini shakllantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir ko‘rsatadi. Ularga ta‘lim va sog‘liqni saqlash kiradi.
Avvalgidek bepul xizmatlar yoki past narxlardagi haq to‘lash amaliyotini bozor munosabatlari sharoitida ustuvor deb bo‘lmaydi. Chunki davlat byudjetidan dotastiyalashtirish yo‘qolib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: |