TurizmServis Kaf 07.TURIZM IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI
.1 – rasm 2018-yilda kelgan sayyohlarni yosh kategoriyalari boʻyicha tasniflanishi58
Sarmoyalarning xalqaro harakati hususiy yoki davlat sarmoyasi ko‗rinishida: pul yoki tovar; qisqa muddatli yoki uzoq muddatli shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
58www.stat.uz sayti ma‘lumotlari.
To‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy sarmoyalar shunday sarmoyalar turiki, unda sarmoyadorning vazifasi sarmoyador mamlakatdan boshqa mamlakatning rezidenti bo‗lmish iqtisodiy faoliyatning subyektidan uzoq muddatli manfaat ko‗rishdan iborat. To‗g‗ridan-to‗g‗ri sarmoyadorning
―uzoq muddatli manfaati‖ning talqini uning xorijiy sarmoyali korxonadagi mulkning unga tegishli ulushi bilan bog‗liq bo‗lib, bu ulush 10%dan kam bo‗lmasligi lozim.
Portfel ko‗rinishidagi sarmoyalar to‗g‗ri sarmoyalardan farqli o‗laroq kompaniyani boshqarishdagi nazorat huquqini bermaydi. Ular odatda, korxonaning o‗z sarmoyasining 10-20% ini tashkil qiluvchi hissalar (aksiyalar) paketi ko‗rinishida, shuningdek, qarz qog‗ozlari va boshqa qimmatbaho qog‗ozlar shaklida bo‗ladi.
O‗tish davridagi mamlakatlar, shuningdek, O‗zbekistonda ham bozor islohotlarini amalga oshirish tarixan muhim iqtisodiy va ijtimoiy- siyosiy ta‘sirga ega institutlarni qayta ko‗rish zarurati tufayli sekinlashdi. Ishlab chiqarish bazasi eksirgan, chunki avvallari sifat ko‗rsatkichlarini e‘tiborga olmagan holda asosan miqdoriy ko‗rsatkichlarga erishishga ko‗proq urg‗u berilardi. Xususiy tarmoqdan farqli o‗laroq, davlat korxonalari uchun bozor islohotlariga moslashish qiyin kechmoqda.
Buning sababi shundaki, o‗tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda samaradorlikdan ko‗ra ko‗proq moliyaviy ahvolni yaxshilashga, boshqaruvni takomillashtirishdan ko‗ra davlat korxonalari tarmog‗ining qisqartirishga ustuvor ahamiyat beriladi. To‗g‗ri xorijiy sarmoyalar va hamkorlikning boshqa shakllari O‗zbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ko‗tarishga yordam berishi mumkin.
Mamlakatimizda olib borilayotgan chora tadbirlar natijasida 2025- yilgacha boʻlgan davrda mobaynida Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlanish pragnozlari ko‗rib chiqilgan (11.2 rasm).