Turistik faoliyatni nazorat qilishda xalqaro tajriba.11.2.Turizmda davlatning bosh islohatchi bo„lishini ta‟minlash11.3.Turistikfirmalargadavlattomonidanberqiladiganyengilliklar.
Turistik faoliyatni nazorat qilishda xalqaro tajriba.
Turizm sohasiga sarmoyalarni jalb qilish va umuman, sarmoyalar to‗g‗risida fikr yuritishdan avval xorijiy sarmoyalar nima ekanligi to‗g‗risida tasavvurga ega bo‗lish kerak.
O‗zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan
―Xorijiy sarmoyalar va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari to‗g‗risidagi qonuniga muvofiq quyidagilar xorijiy sarmoyadorlar bo‗lishlari mumkin:
-xorijiy davlatlar;
-xorijiy yuridik shaxslar;
-xalqaro tashkilotlar;
-xorijiy fuqarolar, birlashmalar;
-xorijda doimiy ravishda istiqomat qiluvchi O‗zbekiston Respublikasining fuqarolari.
Ushbu qonunga ko‗ra xorijiy sarmoyadorlar tomonidan ishbilarmonlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga foyda olish maqsadida jalb etilayotgan moddiy boyliklar va ularga egalik huquqlari, shuningdek, xorijiy mulkka egalik huquqlarining barcha shakllari xorijiy sarmoyalar hisoblanadi.
Uzoq muddatli hususiy sarmoyalar kelishining asosiy sharti erkin valyutada istiqbolli foyda, keyingi o‗rinda foydaning barqarorligi va qonuniy ko‗payishini ta‘minlovchi mamlakatning ma‘lum darajadagi ichki va tashqi siyosiy barqarorligi turadi. Mamlakat iqtisodiyoti uchun sarmoyalarning ahamiyatini baholash qiyin. Masalan, aynan xorijiy sarmoyalar Janubin Koreyaning iqtisodiy o‗sishiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatdi. Xorijiy sarmoyalarni ustuvor tarmoqlar bo‗yicha taqsimlashning to‗nlov uslubi, shuningdek, xorijiy sarmoyadorlarni jalb
qilishning turli shakllari tufayli sarmoyalardan samarali foydalanildi. Misol uchun mamlakatni industrlashtirishning dastlabki bosqichlarida qarzlar va kreditlar shaklidagi xorijiy sarmoyalar ichki sarmoyalarning yarmini ta‘minlagan bo‗lsa, keyinchalik to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy sarmoyalarning ahamiyati o‗sib bordi.
Hozirgi kunda, jahon postindustrial jamiyatning ostonasida turgan bir paytda, O‗zbekiston uchun ma‘lumotlar banki, turli komputer tarmoqlari vatelekommunikatsiyalarning mavjudligi hayotiy zarurdir, chunki, o‗zimiz shohidi bo‗lganimizdek, kommunikasiya (aloqa) tarmoqlarining rivojlanishi sarmoyadarlar ahamiyat beradigan eng asosiy omildir.