5
Natijada "etnomadaniy jarayonlar", "etnik va madaniy identiklik muammolari",
"zamonaviy jamiyatda milliy-etnik jarayonlar", “etnopsixologiya", "etnoslararo
kommunikatsiya" kabi chnologiyaning yangi yo‘nalishlarida qator
tadqiqotlar bajarildi.
Ma’lumki, so‘nggi yillarda etnologiya fanida etnik mansublikni urug‘, qabila,
elat, el kabi tarixiy-ijtimoiy birliklar tarzida talqin qilinishi biroz munozaralarga
sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, ular ma’lum bir tarixiy taraqqiyot davomida u yoki bu
xalqning etnogenetik jarayonida faol ishtirok etgan va uning tarkibiy qismiga
aylangan etnik guruhlar anchagina. Tarixda har qanday ijtimoiy tuzilma u etnik
birlik, urug‘, qabila, elat, millat deb atalishidan qat’iy nazar, bu davrda O‘rta Osiyo
xalqlari ko‘plab katta-kichik etnik va etnografik guruhlardan tashkil topgan edi.
Tadqiqotlarda etnoslararo aloqalar o‘ziga xos tarixiy «etnomuloqot
hududlar»dan biri bo‘lgan Farg‘ona vodiysi va o‘ziga xos tarixiy-etnografik
ko‘riqxona» hisoblangan Surxondaryo xamda Qashqadaryo viloyatlari misolida
o‘rganilgan. Unda etnomadaniy aloqalar an’anaviy xo‘jalik va savdo – sotiq
aloqalari misolida tahlil qilingan. Shuningdek, bu davrda O‘zbekiston aholisining
etnomadaniy aloqalarini moddiy madaniyatda, xususan, turarjoylar, kiyimlar va
taomlarda namoyon bo‘lishini etnografik materiallar asosida ko‘rsatib berishga
alohida e’tibor qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: